Ana shu yanglish, xato, botil aqidalar tufayli ular musulmonlar tomonidan “Kofir” (kufrga ketgan) deb ataldilar. Alloh o'ziga bunday shirk keltirgan nasroniylarning da'volarini Qur'oni Karimda keltirilgan oyatlar bilan qat'iyan rad qiladi va ularni oxiratda qattiq jazoga tortajagi haqida ogohlantiradi. Xristianlikning muhim aqidalaridan biri: Iyso payg'ambarning dunyoga kelishi, uning xalqqa, Xudo saltanatining yaqinlashib qolganligini e'lon qilishi, uning odamlarni gunohdan halos etish uchun qiynoqlarga solinishi va dahshatli tarzda o'ldirilishi, keyin yana tirilib osmonga ko'tarilib ketganligi, zamona oxirida yana qaytib kelishi va adolatli podshohlik o'rnatishi va boshqalar Injilda yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |