241.
Hoji tarxon qaysi davlat parchalanishi natijasida paydo bo’ldi?
Ashtarxoniylar haqida O‘zaro ichki nizolar oqibatida Jo‘jixon ulusi - Oltin O‘rda amalda bir nechta
mustaqil xonliklarga bo’linib keta boshladi. Ulardan biri XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi
yerlarida tashkil topgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligi edi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasiga
qarashli Astraxon (Ashtarxon) shahri uning poytaxti bo’lgan. Rossiya bu xonlikni 1556-yilda bosib
oldi.
Jo‘jixon ulusi - Oltin O‘rda
242.
Argentinada XIX asr oxiri XX asr boshlarida sotsialistik partiya nima uchun kurash olib bordi?
1895-yilda Sotsialistik partiya tuzildi. Partiya diniy ta’limni bekor qilish, yagona soliq joriy qilish,
kasaba uyushmalarini birlashtirish va namoyishlarga ruxsat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga
to‘lgan erkak fuqarolarga (ruhoniy va harbiylardan tashqari) umumiy saylov huquqini berish
to‘g‘risida qonun chiqarilishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |