246.
Shohmurod tarxon unvonini kimlarga bergan?
Amir Shohmurod mamlakat hayotida savdogar va hunarmand qatlamining qanchalik ahamiyatga
egaligini to‘g‘ri baholay oldi. Shuning uchun ham savdo va hunarmandchilikning o‘sishi uchun
barcha zarur sharoitlarni ta’minlab berdi. Xususan, Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi.
Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to'laydigan boj solig‘idan ozod etildi. Hunarmandlardan pul
yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. Asosiy soliq xiroj miqdori kamaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |