Kirish
Xozirgi kunda suv xojaligini rivojlantirish maqsadida zamonaviy
texnologiyalarni takomillashtirish va ularni qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi tarmoqlariga joriy etish, irrigatsiya tizimlarini boshqarishning
ma’muriy-xududiy prinsipidan xavza prinsipiga o‘tishni ko’zda tutuvchi suv
resurslarini boshqarish, shuningdek sug‘orma suvdan foydalanishda bozor
tamoyillarini barcha darajada tadbiq qilish, yer-suv resurelaridan oqilona
foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yer unumdorligini oshirish kabi
konsepsiyalarni ishlab chiqish masalalari ko‘zda tutilgan.
O’zbekistonning irrigasiya tizimlarida 1960-1990 yillarda 1604 nasos
stansiyalari qurilgan bo’lib, ular 2 mln ga dan ortiqroq ya`ni 60 foizga yaqin
sug’oriladigan yerlarga 6,4 ming m3 /s ya`ni yiliga 50 mlrd m3 miqdordagi suvni
chiqarib beradi. Yer osti suvlari sathini pasaytirish va sug’orish maqsadlarida 11,5
ming dona vertikal quduq nasos qurilmalari ham barpo etilgan. Bulardan tashqari
tashqari aholini ichimlik suv bilan ta`minlash, chiqindi suvlarni chiqarib tashlash va
qishloq xo’jalik korxonalarining ekinlarni sug’orish ichki nasos qurilmalari
mavjud.[ N S FOYDALANISH VA DIAGNOSTIKASI Mamajonov M., Bazarov
D.R., Tursunov T.N., Uralov B.R.,Xidirov S.Q., Rajabov N.Q., Norqulov B.E.]
Sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsenti 1960 yil 0,40 ni
tashkil etgan bo‘lsa, Respublika suv xo‘jaligida amalga oshirilgan qator
tadbirlar evaziga bu ko‘rsatkich hozirga kelib 0,60 – 0,64 ga yetkazildi.
Respublika bo‘yicha har gektar ekin maydonining ehtiyoji 8 – 10 ming m3
bo‘lsada, amalda 13 – 14 ming m3 suv sarflanmoqda. Regionda mavjud suv
resurslaridan tejab – tergab foydalanish sharoitida ham yaqin kelajakda halq
xo‘jaligini suv bilan ta’minlanish masalasining yanada murakkablashuvi
kutilmoqda. [Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida
2020 yil 16-sentyabr kuni suv xoʻjaligida tejamkor texnologiyalarni joriy etish va
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan
videoselektor yigʻilishidan.]
Mintaqamizda suv tanqisligi bilan bogʻliq vaziyat yildan-yilga
murakkablashib bormoqda. Oxirgi 10 yilda, misol uchun, Oʻzbekistonda suv hajmi
12 foizga, oʻtgan yilgiga nisbatan esa bu yil 15 foizga kamaygan.
Paxta va gʻalla yetishtirish uchun sarflanayotgan elektr energiyasi hamda
suvni yetkazib berish xarajatlari ham koʻp. Xususan, 2,5 million gektar maydonni
sugʻorish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 8 milliard kilovatt soat
energiya va 2,4 trillion soʻm byudjet mablagʻlari sarflanmoqda. Bir gektar
maydonga suvni nasoslar orqali yetkazib berish uchun byudjetdan oʻrtacha 800 ming
soʻm xarajat qilinyapti. [Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
raisligida 2020 yil 16-sentyabr kuni suv xoʻjaligida tejamkor texnologiyalarni joriy
etish va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari
yuzasidan videoselektor yigʻilishidan.] Hozirgi kunda «jahon miqiyosida ishlab
chiqarilayotgan elektr energiyaning 20 foizidan ortig’ini nasos qurilmalari iste’mol
qiladi, 2030 yilga borib esa, nasos qurilmalarida elektr energiyasini iste’moli
o’rtacha 1,8 foizga ortishi kutilmoqda» [ Global energy Transformation: A
Roadmapto 2050 – IRENA]
Bu ko’rsatgichlar O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
tasarrufidagi nasos stansiyalarning umumiy energiya iste’moli yiliga 8 mlrd kVt
soatga teng bo’lib, bu respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 20
foizini yoki qishloq xo’jaligi sohasida foydalaniladigan elektr energiyani 70 foizini
tashkil etadi. [- Данг Саун Хоа. Совершенствование режимов эксплуатации
крупных насосных станций: Автореф.дис... докт.техн.наук.-Ташкент:
САНИИРИ, 1996.-28 с. - Кондахаров Б.К. Совершенствование управления
ремонтными работами на крупных каскадах насосных станций. Перевод
водохозяйственнных
эксплуатационных
организаций
на
рыночные
отношения: Матер.Респ.науч. конф.-Ташкент.2002.-с.56].
Hisob-kitoblar shuni ko’rsatdiki, sug’orish tizimlaridagi nasos stansiyalarning
foydali ish koeffisiyenti (FIK) 1 foizga pasayishi yiliga 4,5…5 mlrd so’m ortiqcha
xarajatlarni sarflanishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda sug’orish tizimidagi nasos
stansiyalariga o’rnatilgan agregatlarning ishlash resursi me’yoriy darajadan o’tib
ketganligi sababli ular FIK ning 8…20 foizgacha kamaygan ish ko’rsatkichlari bilan
foydalanilmoqda [Мамажонов М. Повышение эффективности эксплуатации
центробежных и осевых насосов насосных станции оросительных систем.
Автореферат дис...докт.техн.наук.- Ташкент: ТИМИ, 2006.- 30 с.].
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev takidlaganiday davlatimizni asosiy
muammolaridan yana biri bu har bir tur energiyadan, ayniqsa elektr energiyasidan
samarali foydalanish va elektr qurilmalaridan samarali foydalanishni tashkil etishdir.
Elektr energiya bu o’ziga xos mahsulotdir. Elektr energiya iste’molchilariga ta’sir
qiluvchi turli omillaridan elektr energiya sifati kelib chiqadi. Keyingi yillar
davomida elektr energiyani sifatini oshirishga va iste’molchilar elektr energiyasidan
samarali foydalanishini tashkil etishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu muommoni
ijobiy hal etish uchun energetika va sanoatda suvdan qayta foydalanish tizimi, suv
ishlatilmaydigan va chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish, suvni behuda
isrofgarchiligini kamaytirish, texnik jihatdan mukammal sug‘orish tizimlarini barpo
etish, mavjud sug‘orish tizimlarini qayta qurish va jihozlash, sug‘orish texnikasini
takomillashtirish. Ekinlarni sug‘orish rejimini tabaqalashtirish, sho‘rlanishga va
botqoqlanishga moyil bo‘lgan
erlarning barchasida kollektor – zovur tarmoqlari barpo etish, sug‘orish
tarmoqlarini filtratsiyaga qarshi to‘shamalar bilan ta’minlash, ekinlarni
parvarishi bo‘yicha jadal texnologiyalarni qo‘llash, sug‘orish tizimlaridan
foydalanishni yaxshilash talab etiladi.
Respublikamiz suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarida 10145 dona nasos
agregatlari ishlab kelmoqda. Ularning 5158 tasi esa dizel agregatlari yordamida
harakatga keltiriladi. Xozirgi kunda shu soxa bo‘yicha faoliyat qo‘rsatayotgan
tashkilotlar yangi va zamonaviy texnika jixozlari va texnologiyalari bilan
ta’minlanishi talab etmoqda.
Bu esa o‘z navbatida qishloq va suv xo‘jaligida arzon va sifatli maxsulotlar
yetishtirishga energiya va suv resurslarini iqtisod qilishga xamda og‘ir qo‘l
mexnatini yengillashtirishga olib keladi.
Suv ta’minoti masalasini olib ko‘raylik. Bu masalani biz
mintaqamizdagi fojia bilan, ya’ni Orol fojiasi bilan bevosita
bog‘lamoqdamizki, bu fojia Chernobil fojiasidan qolishmaydi. O’rta Osiyo
mintaqasining demografik xususiyatlarini hisobga olganda uning aholisi
2005 yilga borib ikki barobar ko‘payadi va 60 million kishidan oshib ketdi.
Ularni qanday qilib ish bilan ta’minlash va turmush darajasini oshirish
mumkin?
Aholining ana shu tariqa o‘sishi munosabati bilan biz, avvalo,
mintaqadagi imkoniyatlarni o‘zlashtirishimiz kerak. O’zbekistonning o‘zida
sug‘oriladigan yerlarni 4 million gektardan 10 million gektarga yetkazish
mumkin». Bu o‘z navbatida qushimcha suv ta’minot korxonalar va elektir
energiyasiga extiyoj tug‘iladi. Extiyojni kondirish uchun elektir energiya ishlab
chiqarish korxonalar barpo qilish va energiya tejamkor qurulmadan foydalanish
talab qiladi.
Suv ta‘minot korxonalarini loyihalash jarayonida, elektr tarmoqidag’idan
este’mol qilinadigan rektiv hamda aktib quvvatlarni kamaytirish, reaktiv quvvatni
kompensatsiyalash, chastota o’zgartirgichlardan foydalanish, elektr energiyani
sifatiga tasir qilmaslik uchun filtirlardan foydalanish zarur.
Ishning dolzarbligi: Suv ta’minot korxonalarni uziga xos bo’lgan
xususiyatlarni hisobga olgan holda nasos stansiyatlarni reaktiv iste’mol sarfini
kamaytirish maqsadida reaktiv quvvatni konpensatsiyalash, suv sarfini boshqarishda
chastota o’zgatirgichdan foydalnib 20-30% elektr energiyasi sarfini kamaytirish.
Nasos agregatlarni ishlash vaqtini uzaytirish imkoniyatini beradi. Nasos
agregatlarini ishini takomillashtirish ichki xo’jalik tarmog’i tizimlari ob’ektlari
uchun muhim ahamiyatga ega. Ularning avtomatik ravishda ishlashi ta’minlash
yuqori iqtisodiy samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |