Xotiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. Bunday nazariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya – G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o‘rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi.
Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.
Xotira hodisalarining shaxsga bog‘liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo‘lganlar saqlanib qoladi. Bu bog‘liqlik tajribada o‘z tasdig‘ini topmadi. SHu bilan birga, Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va unutish xotira jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning ahamiyatinin aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi.
XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi.
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs faoliyatini uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog‘lovchi omil sifatida o‘rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo‘lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo‘lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalarning ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi.Inson xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan, P. Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. Jahon psixologiyasida bu konsepsiya L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson oliy psixik vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlantirildi. So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi.Xotira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: esda olib qolish, esda saqlash va unutish.Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan, barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. SHuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir. Matarialni esda olib qolish usulariga yod olish kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini to‘liq va xatosiz yod olmagunicha ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida, ta’rif, qonunlar, formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish.Ixtiyoriy esda oib qolishning asosiy xususiyati – bu esda olib qolish ko‘rinishidagi yuklatilgan vazifada iroda kuchlarini namoyon qilish. Hayotdagi ko‘pchilik idrok qilinuvchilar esda olib qolish vazifasi yuklatilmagan bo‘lsa, esimizda saqlanib qolmaydi.
Yod olishda umumiy vazifa bilan birgalikda, xususiy, maxsus vazifalarning yuklatilishi ham katta ahamiyatga ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Ba’zi vaziyatlarda, masalan, idrok qilinayotgan ma’lumotning faqat asosiy mohiyati, faqat asosiy fikr va ahamiyatga molik bo‘lgan dalillarni esda olib qolish, boshqalarida esa – so‘zma-so‘z esda olib qolish, uchinchilarida – dalillar izchilligi va h.k.larni aniq esda olib qolish vazifasi yuklatiladi.
S.L.Rubinshteynning fikriga ko‘ra, esda olib qolish amalga oshirilayotgan faoliyatning borishi xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, uning fikricha, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning yuqori samaradorligi haqida bir ma’noli xulosa chiqarish mumkin emas. P.I. Zinchenko, A.A. Smirnovlarning olib borgan tadqiqotlari ma’lum sharoitlarda ixtiyorsiz esda olib qolishning ixtiyoriy esda olib qolishdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi.
Tizimli bilimlarning katta qismi, maqsadi ma’lum materialni xotirada saqlab qolish uchun esda olib qolish bo‘lgan maxsus faoliyat natijasida orttirilganligini hisobga olish zarur. Materialni esda olib qolish va eslashga qaratilgan bunday faoliyat mnemik faoliyat deb ataladi.
Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra anglangan va mexanik esda olib qolish ajratiladi. Mexanik esda olib qolish – bu idrok qilinayotgan materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani anglamasdan turib esda olib qolish. Bunga misol tariqasida statistik ma’lumotlar, tarixiy sanalar va h.k.larni esda olib qolishni keltirish mumkin. Mexanik esda olib qolishining asosini bog‘langanlik bo‘yicha assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchisi bilan vaqt bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash lozim.
Bundan farqli o‘laroq, anglangan holda esda olib qolish materialning alohida qismlari o‘rtasidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushunishga asoslangan. Anglangan holda esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosan, material qismlari o‘rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim darajasidagi umulashtirilgan aloqalarga tayanadi.
Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko‘ra samaraliroq ekanligi isbotlangan. Xuddi shunday, mexanik esda olib qolishda xotirada 1 soatdan so‘ng materialning faqat 40%, yana bir necha soatdan keyin esa – atigi 20%, angalangan holda esda olib qolishda esa 30 kundan keyin ham materialning 40% saqlanib qoladi.
Materialni anglash bir necha xil usullar yordamida erishiladi. Birinchidan, o‘rganilayotgan materialning asosiy fikrlarini ajratish va ularni reja ko‘rinishida guruhlash zarur. Ikkinchidan, ma’nodosh tayanch so‘zlarni ajratish. Ushbu usulning mohiyati mazmunga ega bo‘lgan har bir qismni esda olib qolish zarur bo‘lgan materialning bosh g‘oyasini aks ettiruvchi qaysidir so‘z yoki tushuncha bilan bog‘lashimizdan iborat. Uchinchidan, taqqoslash, ya’ni, jismlar, hodisa va voqealar o‘rtasida o‘xshashlik va farqlarni aniqlash. Ushbu usulning ko‘rinishlaridan biri o‘rganilayotgan materialni avval orttirilgan ma’lumotlar bilan solishtirish. Va, nihoyat, anglangan tarzda esda olib qolish va uning esda saqlanishining yuqori ko‘rsatkichiga erishish metodi takrorlash metodi hisoblanadi.
Takrorlashni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash juda muhimdir. Psixologiyada takrorlashning konsentratsiyalash va taqsimlash usullari mavjud. Birinchi usulda materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi. Masalan, she’rni yodlash uchun 12 marta takrorlash talab etilsa, o‘quvchi uni yod olmagunicha ketma-ket 12 marta o‘qiydi. Taqsimlangan takrorlashda har bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig‘i bilan ajratilgan bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, taqsimlangan takrorlash konsetratsiyalangan takrorlashdan samaraliroqdir.
Samarali esda olib qolishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va qonuniyatlari aniqlangan.
Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli tabiiy seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu odam uchun ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar); alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘langanlari; faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning ahamiyatliligi va mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash; so‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish; materialning mazmundorligi va hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi; materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning ma’lum sharoitlarda eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda qo‘llash imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish, masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi.
Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta bo‘g‘inli qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar oson esda qoladi, o‘rtadagilari esa unchalik esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V. Zeygarnik samarasi – tekshiriluvchilarga vazifalarni bajarish taklif etilib, ularga bir xillarini oxirigacha echishga imkon berilsa, boshqalari yakuniga etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar tugallanmagan vazifalarni to‘liq echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq eslay oladilar.
Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega. Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan. Dinamik esda saqlab qolish operativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli xotirada namoyon bo‘ladi. Dinamik esda saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda, aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi. Qayta tiklanish turli sharoitlarda, masalan, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi va ularning boshqa qismlar bilan almashtirilishi, material izchilligining o‘zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi.
Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga oshiriladi.
Eslash – bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv aloqalarini tiklash tashkil etadi. Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘qigan maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o‘qituvchi yoki maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin.
Ixtiyoriy eslashda ongli ravishda maqsadga ega bo‘lgan holda eslaymiz. Bunday maqsad bo‘lib o‘tmish tajribamizdan biror voqeani yodga tushirishga intilish, masalan, yaxshi yod olgan she’rni esga tushirish maqsadini ko‘zlaganimizdagi vaziyat hisoblanadi.
Shuningdek, eslashning turli xillari: haqiqiy eslash, yodga tushirish, tanish mavjud. Alohida o‘rinni xotiralar – shaxsning tarixiy esdaliklari egallaydilar. Esga tushirishda ko‘zlangan maqsad – biror narsani eslash – asosiy masalani hal qilish imkonini beruvchi oraliq maqsadlarga erishish yordamida amalga oshiriladi. Masalan, qandaydir voqeani eslash uchun bu bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan dalillarni eslashga harakat qilamiz. Bunda oraliq zanjirlardan foydalanish ongli xususiyatga ega bo‘ladi. Esga tushirish, shuningdek, irodaviy jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Biror ob’ektni tanish uni idrok qilishda sodir bo‘ladi va insonda ob’ekt haqida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, uning shaxsiy taassurotlari (xotira tasavvurlari) yoki so‘z bilan ta’riflash (xayol tasavvurlari) asosida shakllangan ob’ektni idrok qilish sodir bo‘layotganin bildiradi. Masalan, tanishimiz yashaydigan, lekin o‘zimiz hech qachon u erda bo‘lmagan uyni taniymiz, tanish esa, tasavvurimizda aks etgan, bizga avval ta’rifi keltirilgan izlab topish mumkin belgilar asosida sodir bo‘ladi. Tanish jarayonlari bir-biridan ta’riflanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Biz ob’ektga nisbatan tanish hissini tuyganimizda, lekin o‘tmish tajribadagilarga o‘xshata olmaganimizda tanish darajasi kamroq bo‘ladi. Masalan, yuz tuzilishi tanishdek tuyulgan odamning kimligini va u bilan qanday vaziyatlarda uchrashishimiz mumkinligini eslay olmaymiz. Bunga o‘xshash vaziyatlar tanishning belgilanmaganligi xususiyatiga ega bo‘ladi. Boshqa vaziyatlarda tanish to‘liq belgilanmaganligi bilan farqlanadi: biz odamni ma’lum shaxs sifatida darhol taniymiz. SHuning uchun ushbu vaziyatlar to‘liq tanish xususiyatiga ega bo‘ladi.
To‘g‘ri tanishning turli xillari bilan bir qatorda tanishdagi xatoliklar ham mavjud bo‘ladi. Masalan, birinchi marta idrok qilinayotganlar, ba’zida tanishdek, avval xuddi shu ko‘rinishda sodir bo‘lgandek tuyuladi.
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab o‘tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz eslay olmasligimiz mumkin. Bunga teskari vaziyatlar ham bo‘ladi: bizda paydo bo‘lgan tasavvurlarning nima bilan bog‘liqligini tushuntirib bera olmaymiz. masalan, bizni doimo qandaydir kuy ohangi «kuzatib yuradi», lekin uning qaerdan paydo bo‘lganini aytib berolmaymiz.
Unutish – avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining mavjud emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik asosini vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi po‘stloqdagi tormozlanishning ba’zi turlari tashkil etadi. Ko‘pincha bu mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so‘nuvchi tormozlanishdan iborat bo‘ladi. Unutish ikki asosiy shakl: a) eslash yoki bilish imkoniyatining mavjud emasligida; b) noto‘g‘ri eslash yoki tanishda namoyon bo‘ladi. To‘liq eslash va to‘liq yoddan chiqarish o‘rtasida eslash va tanishning turli darajalari mavjud bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ularni «xotira darajalari» deb ataydilar. bunday darajalarga quyidagilar kiradi: a) eslash xotirasi; b) tanuvchi xotira; v) engillashtiruvchi xotira. Masalan, o‘quvchi she’rni yod oldi. Agar biroz vaqtdan so‘ng uni bexato aytib bera olsa, – bu xotiraning eng yuqori, birinchi darajasi, agar o‘quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’rni kitob bo‘yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, – bu xotiraning ikkinchi darajasi; agar o‘quvchi mustaqil holda she’rni eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin takroriy yod olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida erisha olsa,- bu uchinchi daraja. SHunday qilib, ifodalanish darajasi o‘zgarib turishi mumkin. Unutish materialni chizmalashtirishda alohida, ba’zan ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini olib tashlashda, yangi tasavvurlarni odatdagi, avvalgi tasavvurlarga keltirishda ifodalanadi.
Unutish ifodalarning bir qancha turli xil ko‘rinishlarini o‘rganib, insonning ayni damda eslay olmasdan, bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng esga tushirishi yoki tanishi kabi vaziyatlar haqida ham aytib o‘tish lozim. Vaqt o‘tgandan so‘ng xotiradan ko‘tarilgan materialni eslash reminissensiya (xira esga keltirish) deb ataladi. Reminissensiyaning mohiyati, biz to‘liq eslay olmagan material idrok qilinganidan bir-ikki kun o‘tgandan so‘ng materialni birinchi marta eslashda kuzatilmagan dalillar va tushunchalar bilan to‘ldirilishidan iborat. Bu hodisa ko‘pincha katta hajmli materialni so‘zlab berish orqali eslashda kuzatiladi, bunga nerv hujayralarining charchashi sabab bo‘ladi. Reminissensiya ko‘pincha maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda, va ayrim holatlarda kattalarda ham kuzatiladi.
Unutishning boshqa shakllari xatolik bilan eslash va tanishdir. Barchaga ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o‘z yorqinligi va aniqligini yo‘qotib, rangsizlanib, noaniq bo‘lib qoladi. Lekin avval idrok qilingan materialning o‘zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin, bunda unutish aniqlikni yo‘qotishdan emas, esga tushirilganlarning haqiqatda idrok qilinganlarga muvofiq kelmasligidan iborat bo‘ladi. Bunda biz voqelikda mavjud bo‘lganlarni emas, boshqa narsalarni eslaymiz, chunki unutish jarayonida u yoki bu darajada idrok qilingan materialning chuqur qayta tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir bo‘lishi mumkin. Qayta ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo‘yicha noto‘g‘ri eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ma’lumdir. Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib etmagan bo‘lsa, unutish tezroq ro‘y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli bo‘lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar darajasiga bog‘liq: material hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yoki uni idrok qilish qiyinchilik tug‘dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. Unutish jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri – proaktiv tormozlanish, va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri – retroaktiv tormozlanishdir. Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga oshirilsa yoki keyingi faoliyat avvalgi faoliyat bilan o‘xshash bo‘lsa, shuningdek, keyingi faoliyat avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qonuniyatni maktabdagi o‘quv ishlarini tashkil etishda hisobga olish zarur.
Unutish jarayonini tezlashtiruvchi boshqa muhim omil yosh ko‘rsatkichidir. Yosh o‘tishi bilan xotira ko‘pchilik vazifalarining izdan chiqishi kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va mexanik shikastlanishlarda, aqliy va jismoniy toliqishda, tashqi seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo‘ladi. Xotira buzilishlariga: amneziya (xotiraning yo‘qolishi), retrograd amneziya (kasallikdan avvalgi voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi) va anterograd amneziya (kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O‘ta toliqishda paramneziya – xotira aldanishi hodisasi ro‘y beradi. So‘zlarni eslashda xatolikka yo‘l qo‘yish kontaminatsiya («ahamiyatga ega») deyiladi.
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko‘ra, harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy xotiralarga bo‘linadi;
- faoliyat maqsadiga ko‘ra – ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo‘linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko‘ra – qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo‘linadi.
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko‘ra tasniflanishini birinchi marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu faoliyatlarning har biri harakatlar va ularning mahsuloti bo‘lgan faoliyat, sezgi, obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.
Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarni uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo‘ladi.