Katta hajmdagi ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoj kompyuterdan bu ma’lumotlarni tezkorlik bilan o‘qishni talab qiladi. Buning uchun esa RAM ( Random Access Memory), ya’ni bosh tezkor xotira qurilmasining imkoniyati ham keng bo‘lishi kerak.
Kompyuterga biror dastur yuklanganida, internet sahifasi ochilganida dastlab tezkor xotiraga yozilib, u yerdan ishga tushadi. Misol uchun, siz biror internet sahifasini 1 marta ochsangiz va uni yopib, kompyuterni o‘chirmasdan ikkinchi marotaba yana ochsangiz, kompyuterda bir xil sahifa ikkinchi martada tezroq ochiladi. Boisi Tezkor xotira qurilmasida saqlanadigan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki bu xotira ma’lumotga to‘lganida o‘chib ketadi.
Yangi tezkor xotira tizimlari Ayniqsa bugungi rang-tasvir va harakatga boy o‘yinlar operativ xotiraning kattaroq bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ xotira talab darajasida bo‘lmasa, ilovalarning ochilish jarayoni sekinlashadi. Hozir birgalashib sizning kompyuteringizga qanday turdagi tezkor xotira zarurligi, DDR3 va DDR4 kabi yangi tezkor xotira tizimlari bilan tanishamiz.
2005 yildan 2009 yilgacha kompyuterlar DDR2 tizimidagi tezkor xotiraga ega bo‘lishgan. Bugun esa aksariyat qurilmalarda DDR3 tizimidagi RAM’dan foydalaniladi. 2007 yilda taqdim qilingan DDR3 zamonaviy, yangi operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash chastotasi 1800 MGS gacha.
Operativ xotira chastotasi kompyuterning ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu – vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100 MB ma’lumotni 10 soniyada yuklasa, 1000 MGS operativ xotira bu jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
Sizga qancha axborot hajmiga ega operativ xotira zarurligini kompyuterdan nima maqsadda foydalanishingizga qarab aniqlash mumkin. So‘nggi yillarda ishlab chiqaruvchilar noutbuk qurilmalarida foydalanuvchi tomonidan yangilash mumkin bo‘lgan tezkor xotira tizimlarini yaratmoqdalar.
Apple’ning MacBook Air noutbukining RAM tizimi 4 GB. Biroq Dell, HP kabi ishlab chiqaruvchilar kamida 8 GB tizimda ishlaydigan tezkor xotirali qurilmalarni taklif qilmoqdalar.
Noutbuklarda 2 GB.dan 16 GB.gacha tezkor xotira bo‘ladi, ba’zida 32 gigabaytli noutbuklar ham uchraydi. Operativ xotirasi 8 gigabaytdan yuqori noutbuklar faqatgina videolar bilan ishlaydigan yoki o‘ta zamonaviy o‘yinlarni o‘ynaydiganlar uchungina kerak bo‘ladi. Xotirasi 4 gigabaytdan past noutbuklarni esa hech kimga tavsiya qilmaymiz. Eng yaxshi variant 4 GB operativ xotiraga ega noutbuk hisoblanadi, lekin zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash niyatida bo‘lsangiz, kamida 8 GB xotirali noutbukni tanlang.
1990-2000 yillarda Photoshop ilovasini o‘rnatish uchun zarur RAM tizimi 2MBdan 64MBgacha, ya’ni 10 yilda 32 barobarga o‘sgan bo‘lsa, keyingi 10 yillikda, ya’ni 2016 yilga kelib bu dasturni kamida 16 GB tezkor xotiraga ega qurilmalarga o‘rnatish mumkin.
Bugungi deyarli barcha dastur-ilovalar uchun 4 GB tezkor xotira hajmi kifoya qiladi. 16 GB tezkor xotira esa kelajak uchun juda qulay texnologiya. Bu video va audio tahriri uchun ayni muddao.