Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash


Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasida opa-singillarimiz, yoshlarimiz ham faol bo‘ladi



Download 63,22 Kb.
bet5/9
Sana24.03.2022
Hajmi63,22 Kb.
#508360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5325520097102534517

Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasida opa-singillarimiz, yoshlarimiz ham faol bo‘ladi.
Gender masalalari yuzasidan O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida ancha ilg‘or siyosat yuritmoqda. Shu bois BMT Markaziy Osiyodagi gender platformasini O‘zbekistonda tuzish bo‘yicha amaliy takliflarni ko‘rib chiqyapti. Hozirgi kunda mazkur masala yuzasidan BMT bilan muloqotlar olib borilmoqda. Yaqinda yurtimizga BMTning martabali vakilalaridan biri Natalya Germanning tashrif buyurishi kutilayotir. Aynan u bilan ham shu masalada muloqotlar olib boriladi.
Natijada ushbu nufuzli xalqaro tashkilot va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda gender tenglikni faol ilgari surayotgan mamlakat sifatida Markaziy Osiyo platformasini yaratish ishlari yangi bosqichga ko‘tariladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘ylab gender masalasida olib borayotgan saʼy-harakatlarimizni taqdim etish hamda qardoshlar bilan o‘zaro bilim, fikr va tajriba almashishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida ham xotin-qizlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish, ularni oliy taʼlimga yana-da ko‘proq qamrab olishga alohida eʼtibor qaratilgani ham bejiz emas.
Mana shunday g‘amxo‘rlik mevasi ham shirin bo‘ladi. Qizlarimiz, ertaga ishlagan yoki ishlamagan taqdirda ham, oliy maʼlumotli bo‘lsa, oqilalik libosini kiyadi, qo‘pol gapirmaydi, bir qo‘lida qaynonasi, bir qo‘lida turmush o‘rtog‘ini ko‘tarib yuradi, chiroyli oilaning dilbar va dono bekasiga, o‘zaro munosabatlarda mohir diplomatga aylanadi. Mustahkam oila qurishda aynan shu jihatlar nihoyatda muhim ekanligini yigitlar ham yaxshi tushunadi, ular ham, o‘z navbatida, o‘ziga yaqin bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va onasini hurmat qiladi, eʼzozlaydi.
Ham uy bekasi, ham mohir dasturchi
Davlatimiz rahbari yil nomini bejiz ilm, maʼrifat, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘lab qo‘ymadilar. Buning zamirida ham xalqimiz farzandlarini ilmli qilish, ularning tafakkurini, dunyoqarashini yuksaltirish maqsadi yotibdi. Shundagina raqamli iqtisodiyot ham rivojlanadi. Odamlarda, ayniqsa, bo‘lajak onalarda kelajak taqdiriga bo‘lgan ishonch mustahkamlanadi.
Boisi intellekt va innovatsiya birlashgan joyda ayollar uchun ham yangidan-yangi imkoniyatlar yaratiladi. U hatto uyda o‘tirib ilg‘or AKT yordamida ishlay oladi, o‘qib-o‘rganib, yangi kasblarni egallaydi.
Shuning uchun ham ayni paytda amalga oshirilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasida qizlarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilyapti. Natijada axborot texnologiyalari sohasida nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlarning salohiyatini kashf etish eshiklari keng ochiladi. Boz ustiga, qizlarda nozik barmoqlar, nafis tasavvurdan suv ichadigan fantaziya, ijodkorlik bor. Faqatgina ularni yuzaga chiqarish kerak, xolos. Bunday ishlarni nafaqat dasturiy taʼminot, balki zargarlik, telefonlarni sozlash kabi yo‘nalishlarda ham amalga oshirish mumkin.
Bir martalik ishlar masalasi ham dolzarb. Bu borada yangicha qarashlar, tuzilmalarga ehtiyoj bor. Shunday agentliklar, monomarkazlar tashkil qilish kerakki, xotin-qizlarga ham ularning xizmatlaridan birdek foydalanish imkoniyati yaratilsin. Shunda ayollar mardikorligi, ularning zo‘ravonlik qurboniga aylanishlari, aldanishlari, turli salbiy yo‘llarga kirib ketishining oldi olinadi.
Shunday ekan, endi muammolarning oqibati bilan ishlash vaqti o‘tdi. Ularning oldini olishga qatʼiy kirishish vaqti allaqachon kelgan. Buni esa oiladan boshlash kerak va shu bo‘yicha qilinadigan ishlar hali juda ko‘p.
Sababi uzoq yillar davomida mazkur masalaga kompleks yondasha olmadik. Bunday holat hamon mavjud. Har bir davlat idorasi muammo yuzaga kelib, jamiyatimizda ko‘ndalang turganidan keyingina uning oqibatlari bilan kurashishga majbur bo‘lmoqda. Aslida ularning barchasini oiladagi tarbiyani to‘g‘ri tashkil qilish orqali hal etish mumkin. Odamlarning daxldorlik hissini oshirish, davlatga, oilasiga, jamiyatga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, masʼuliyatni his qilishga o‘rgatish esa o‘zaro ahillikni, davlatimizning xalqchil siyosati ostida jipslashishini talab qiladi.
Bunday ezgu ishlarga bag‘rikeng, mehnatkash, zukko, fahm-farosatli, oqila, mehribon onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlariga ishonaman. Ularning go‘zalligi, yuzlaridagi samimiy kulgi, bayramona ruh, ko‘tarinki kayfiyat esa xalqimizning zabardast insonlari kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat, ilhomiga ilhom qo‘shishi, shubhasiz.
O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va deputatlarimiz ham o‘z oldiga aniq maqsadlarni qo‘ygan holda o‘zining uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi.
Taraqqiyot strategiyasi asosida ishlab chiqilgan Partiyamizning Yo‘l xaritasida barcha sohalar qatori Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalasida alohida vazifalarni belgilab oldik.
Haqiqatdan ham ijtimoiy sohani amalga oshirishda ya’ni xotin-qizlar masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biri deb o‘ylayman.
Ushbu vazifalarni partiyamiz va deputatlarimizdan tarkib topgan ishchi guruhimizni shakllantirib, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga astoydil kirishdik.
Bu borada biz nimalarga e’tibor qaratamiz. Oldimizda qanday ezgu maqsadlar turibdi?
Birinchidan, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi. Bu borada respublikamizning barcha hududlarida turli seminarlar, ochiq muloqotlar tashkil qilishni maqsad qilganmiz. Ayniqsa, qonunchilikni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratamiz.
Ikkinchidan, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratamiz. Partiyamiz Ayollar qanoti tomonidan joylarda, ayniqsa eng chekka qishloqlarda “Ishbilarmon ayol”, “Bugunning tadbirkor ayoli”, “Mening biznes g‘oyam”, “Eng namunali tomorqachi”, “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” kabi bir qator partiyaviy loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali biz uyda o‘tirgan ishsiz xotin-qizlarni turli kasb-hunarlarga o‘rgatib, ham ishli qilish, ham tadbirkorligini boshlashishi, ham o‘zi boshqalarni bandligini ta’minlashga erishiladi.
Uchinchidan, hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish ham asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Bu yo‘lda partiyamizning “Sog‘lom oiladan - mustahkam oilaga” loyihasi doirasida turli tadbirlar, ehtiyojmand oilalar va xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilish rejalashtirilgan.
To‘rtinchidan, turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirishga e’tibor qaratamiz. Bu borada gap ketganda, Biz ko‘p hududlarda bo‘lganimizda shu masalada aholidan ko‘plab murojaatlar bildirishadi. Haqiqatdan ham ehtiyojmand oilalar va xotin-qizlarimizga tegishli hokimliklar orqali uy-joy masalasini yechib berish, imtiyozlardan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash bizning asosiy vazifamiz bo‘lib qolishi kerak. Hozirda uyda o‘tirgan xotin-qizlarimiz uchun o‘z tmorqalaridan samarali foydalanishda keng imkoniyatlar yaratib berilyapti. Bu borada ham biz ko‘proq targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borishimiz, bu orqali ularni bandligini ta’minlashga e’tibor qaratamiz.
Beshinchidan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash masalasida ham jiddiy bosh qotirishimiz kerak. Mahallalarda uyma-uy yurganimizda shunday og‘ir sharoitda yashayotgan va tushkunlikka tushib qolgan xotin-qizlarimiz bilan psixoliglarni jalb qilgan holda muammosini yechish va hayotga qaytarish borasida amaliy ishlarni olib boramiz.
Bundan tashqari biz "Ayollar daftari" bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga ham e’tibor qaratamiz. 
Barchamizning maqsadimiz bitta, u ham bo‘lsa xalqimiz bugun o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashi, xotin-qizlarimiz baxtli va farovon turmush kechirishi, oilasida tinchlik va totuvlik bo‘lishligi uchun harakatdamiz. Raisligida 7 fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo'nalishi sifatida belgilangan.
O'tgan yillar mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan. Biroq shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini ro'yobga chiqarish bo'yicha samarali mexanizm yaratilmagan.
Xotin-qizlar qo'mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar mobaynida faqatgina turli tadbir va yig'ilishlar o'tkazish bilan cheklanib, ijtimoiy vaziyati og'ir oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish bo'yicha samarali faoliyat olib bormagan. Buning oqibatida joylarda ko'plab masalalar to'planib qolgan, ularning yechimi bo'yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan.
O'tgan yil jamoatchilik nazorati guruhlari tashkil etilib, xotin-qizlar hayotidagi muammolar o'rganildi. 2017 yil jami 5 milliondan ortiq xonadonga kirib borilib, oilalar tomonidan ko'tarilgan masalalarni hal etish choralari ko'rildi. Jumladan, 22 mingta oilada ajrashib ketishning oldi olindi, 36 ming fuqaro ishga joylashtirildi, 14,5 ming yurtdoshimizga imtiyozli kredit olishda yordam berildi.
Yig'ilishda ta'kidlanganidek, bu oilalar farovonligini ta'minlashga qaratilgan muhim ishlarning bir qismi xolos. Hali bu borada amalga oshirish zarur bo'lgan qator dolzarb vazifalar turibdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni shu maqsadda qabul qilindi.
Xotin-qizlarga e'tibor hamma vaqt barcha sa'y-harakatlarimiz markazida bo'lishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Oilaga e'tibor aslida bu o'zligimizga e'tibordir.
Yig'ilishda xotin-qizlar qo'mitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ko'mak berish, erta nikohlar, ajrashishlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olishga yetarlicha e'tibor berilmagani ta'kidlandi.
Oxirgi yillarda ajrashishlar soni har yili 10-11 foizga oshib borgani tashvishlanarlidir. 2017 yilda 31 mingdan ziyod ajralish holati qayd etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko'rmoqda. Ayollar o'rtasida jinoyatga qo'l urish hollari ko'p uchramoqda.
Bugun O‘zbekiston ayollari har bir jabhada o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotganini barchamiz bevosita amalda ko‘rib, chuqur his etmoqdamiz. O‘tgan yili yurtimiz tarixida birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni bugungi ko‘rsatkichga ko‘tarilgani ham buning yorqin tasdig‘idir. Gap shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda esa bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizga yetdi.
Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham jonkuyar, faol ayollardir. Ana shunday natijalar tufayli O‘zbekiston parlamenti ayol deputatlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-pog‘onaga ko‘tarildi. Holbuki, bundan 5 yil ilgari 128-o‘rinda edik. Bunday keskin ijobiy o‘zgarishlar parlament saylovlari shunchaki o‘tkazilmagani, “Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar” shiori hayotda bevosita o‘z inʼikosini topganini anglatadi.
Kimlardir ayol kishining rahbar bo‘lganining nimasi yaxshi, deyishi mumkin. Bunday savolga javob aniq: nozik hilqat sohibalari ijtimoiy masalalarga ko‘proq yurakdan his qilib yondashadi, dilidan o‘tkazib qarorlar qabul qiladilar. Ijtimoiy masalalar esa, bu — xalqning dardi, xalqning muammosi, shu kecha-kunduzda uning boshidan o‘tayotgan muammolar bilan uzviy bog‘liqdir.
Ayol buni ko‘proq, teranroq tuyishining yana bir sababi u oila bekasi, bolalar tarbiyachisi, ularning sog‘lig‘i uchun qayg‘uradigan shifokordir. Siyosiy hayotda faol bo‘lgan xotin qizlarimiz aynan mana shunday xislatlari tufayli qonunlarning yana-da hayotiy bo‘lishi uchun kurashadilar, ularda aniq masalalar, muammolarning yechimlarini ifodalash uchun jon kuydiradilar.
Binobarin, O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasiga juda katta eʼtibor qaratilyapti. Ularning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari Konstitutsiyamiz, qonunlarimizda mustahkamlab qo‘yilgan.
Tan olish kerak, orada bu boradagi islohotlarning ko‘pi qog‘ozda qolib ketdi. Ayrim holatlarda ayollar o‘zlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar kamlik qildi, stereotiplar to‘siq bo‘ldi. Masalan, ayol tadbirkorlik qilaman, desa, preferensiyalar berish tizimi yo‘q edi. Umuman, ularga imtiyozlar yaratish bo‘yicha huquqiy baza yaratilgan bo‘lsa-da, shularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq “Yo‘l
xaritasi” ishlab chiqilmagan edi. Oqibatda jamiyatning aslida faol bo‘lishi kerak bo‘lgan mazkur qatlami tobora passivlashib ketdi.
Bir tomondan bu mentalitetga ham bog‘liq bo‘lgan, deb o‘ylayman.
Birgina taʼlim sohasini oladigan bo‘lsak, bizda qizlar va o‘g‘il bolalarning bilim olishlari, kasb tanlashlari bo‘yicha kelajaklarini taʼminlashda farqlar bor edi, hali ham bunday dunyoqarash uchrab turibdi. To‘g‘ri, hamma bolalar maktabda o‘qitiladi. Biroq keyinchalik kasb tanlash, oliy o‘quv yurtida tahsil olishga kelganda, ko‘proq eʼtibor va ustunlik o‘g‘il bolaning taʼlim olishiga, uning uchun barcha sharoitni yaratishga qaratiladi. Chunki baʼzi insonlarda faqat o‘g‘il bolaga bilim berish kerak, o‘qitish kerak, chunki u bizning boquvchimiz, degan qarashlar ustunlik qiladi.
Qiz bolaga kelganda, bu boshqacha tus oladi. Maktab taʼlimi majburiy bo‘lgani bois o‘qiydi. Ammo keyin “bu birovning xasmi, kerak bo‘lsa turmush o‘rtog‘i boqib oladi”, degan tushunchaga urg‘u beriladi.
Vaholonki, qiz bola oliy maʼlumotli bo‘lsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni kelgusida farzandlariga ham “yuqtiradi”, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga masʼuliyat bilan yondashadi. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar tomonidan yaratiladi.
O‘z navbatida, bugun jamiyatimizda o‘ta bilimli, qobiliyatli bo‘lsa-da, o‘zini oilasiga, turmush o‘rtog‘i va farzandlariga bag‘ishlagan ko‘plab ayollarni bilaman. Zero, oilaning taʼminoti uchun turmush o‘rtog‘i yetarli mablag‘ni topsa, ayolning o‘zi ham bor vaqtini, mehnatini bolalari uchun sarflasa, nima uchun biz uni majburlab ishga olib chiqishimiz kerak? Bu ham ularning o‘z huquqi, tanlovi aslida.
Demak, xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida, birinchi navbatda, ota-onalarning munosabati katta rol o‘ynasa, ikkinchisi, oliy taʼlimda ularni qamrab olish imkoniyati muhim o‘rin tutadi. Masalan, talaba qiz turmushga chiqsa, o‘qishni qiynalib davom ettirishga majbur bo‘ladi. Qo‘llab-quvvatlaydigan qaynota bilan qaynonaning qo‘liga tushsa-ku yaxshi, ammo “o‘qib nima bo‘larding”, deydigan oilaga kelin bo‘lsa, buyog‘ini tasavvur qilavering. Yillar davomida to‘planib qolgan shu kabi muammolar, oliy o‘quv yurtlariga yoshlarni qamrab olish ko‘rsatkichining to‘qqiz foiz ekanligi oliy maʼlumotli, keng tafakkur va dunyoqarashi bor ayollarni tarbiyalashda katta to‘siq bo‘ldi.
Quvonarlisi, bugungi kunda zamonaviy fikrlaydigan ota-onalar, qaynota-qaynonalar, kuyovlar ko‘payib boryapti. O‘z navbatida, xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasbli bo‘lishi uchun qog‘ozda emas, real hayotda katta qulayliklar, yengilliklar yaratilmoqda. Bugun gender tenglik degan demokratik tamoyil haqida ochiq-oydin gapirilayotgani, bu borada izchil chora-tadbirlar olib borilayotgani fikrimizga misol bo‘la oladi.

Download 63,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish