- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi; - har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi; - yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi; - doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi. Bizda xotin-qizlarimizning ko‘pchiligi mehnat birjalariga borib, hisobga turmaydi. Bo‘sh ish o‘rinlariga yarmarkalar e’lon qilinsa, borishmaydi. U yerga ko‘proq yigitlar, erkaklar boradi. O‘zbek ayollarida uyatchanlik bor. Shuning uchun uyma-uy yurish tizimi yo‘lga qo‘yildi, ya’ni mahallalarga bizga biriktirilgan va ayollar bilan ishlovchi mutaxassislar joriy qilindi. Ular bilan birgalikda juda ko‘p ishsiz ayollarni aniqladik. Ishsiz deganda aslida ishlash xohishi bo‘lgan, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra ishlamayotgan ayollar tushuniladi. Mana shunday ayollarning ro‘yxati tuzildi (Ba’zi ayollar uyda o‘tirsa ham, ishlashni xohlamaydi, ular ishsizlar toifasiga kirmaydi). Bandlik vazirligi bergan raqamlar bilan uyma-uy yurish orqali aniqlangan raqamlar o‘rtasida juda katta tafovut bor, ya’ni bizda raqamlar 3-4 baravar ko‘proq chiqmoqda. Biz o‘zimiz aniqlagan ayollarni ish bilan ta’minlash ustida ishlaymiz. Bugungi kunda O‘zbekistonda juda ko‘p korxona va muassasalar ochilmoqda. Shu joylarga biz birinchi navbatda xotin-qizlarimizni tavsiya qilyapmiz. Ilgari hatto “ayollar ishlashi mumkin bo‘lmagan kasblar ro‘yxati” ham bo‘lardi, 7 martdagi qaror bilan bunday ro‘yxatlar bekor qilindi. Ta’kidlash joizki, ayol bugun qaysi kasbda ishlashni xohlasa, shu kasbda bemalol ishlashi mumkin. Bu ham teng huquqlilikni ta’minlash sari qo‘yilgan bir qadamdir. Xalqaro mehnat tashkilotining talabi ham shu edi, aslida. - Bizda xotin-qizlarimizning ko‘pchiligi mehnat birjalariga borib, hisobga turmaydi. Bo‘sh ish o‘rinlariga yarmarkalar e’lon qilinsa, borishmaydi. U yerga ko‘proq yigitlar, erkaklar boradi. O‘zbek ayollarida uyatchanlik bor. Shuning uchun uyma-uy yurish tizimi yo‘lga qo‘yildi, ya’ni mahallalarga bizga biriktirilgan va ayollar bilan ishlovchi mutaxassislar joriy qilindi. Ular bilan birgalikda juda ko‘p ishsiz ayollarni aniqladik. Ishsiz deganda aslida ishlash xohishi bo‘lgan, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra ishlamayotgan ayollar tushuniladi. Mana shunday ayollarning ro‘yxati tuzildi (Ba’zi ayollar uyda o‘tirsa ham, ishlashni xohlamaydi, ular ishsizlar toifasiga kirmaydi). Bandlik vazirligi bergan raqamlar bilan uyma-uy yurish orqali aniqlangan raqamlar o‘rtasida juda katta tafovut bor, ya’ni bizda raqamlar 3-4 baravar ko‘proq chiqmoqda. Biz o‘zimiz aniqlagan ayollarni ish bilan ta’minlash ustida ishlaymiz. Bugungi kunda O‘zbekistonda juda ko‘p korxona va muassasalar ochilmoqda. Shu joylarga biz birinchi navbatda xotin-qizlarimizni tavsiya qilyapmiz. Ilgari hatto “ayollar ishlashi mumkin bo‘lmagan kasblar ro‘yxati” ham bo‘lardi, 7 martdagi qaror bilan bunday ro‘yxatlar bekor qilindi. Ta’kidlash joizki, ayol bugun qaysi kasbda ishlashni xohlasa, shu kasbda bemalol ishlashi mumkin. Bu ham teng huquqlilikni ta’minlash sari qo‘yilgan bir qadamdir. Xalqaro mehnat tashkilotining talabi ham shu edi, aslida.
Do'stlaringiz bilan baham: |