Xotin-qizlarning kasb o‘rganishga qilgan xarajatlarini davlat to‘lab beradi. Prezidentning “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi o‘rnatildi: Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi. Xotin-qizlarning kasb o‘rganishga qilgan xarajatlarini davlat to‘lab beradi. Prezidentning “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi o‘rnatildi: Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan beshta tashabbus asosida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, yillar davomida ularni qiynab kelgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, ayollar bandligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Chunki ishsizlik oqibatida ayollar o‘zga yurtlarga ish izlab ketib, farzandlari qarovsiz qolayotgan, o‘zlari chet ellarda og‘ir qiyinchiliklarga duchor bo‘layotgan edi.
Prezidentimiz ilgari surgan beshta tashabbusdan biri mana shu muammoni hal qilish, ayollarning bandligini ta’minlash orqali ularga to‘laqonli turmush sharoiti yaratib berishga qaratilgan. Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun O‘zbekpaxtasanoat aksiyadorlik jamiyati va O‘zbekipaksanoat uyushmasi tomonidan har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalari tashkil etish va ayollarni band etish ko‘zda tutilgan. Ushbu korxonalarga birinchi navbatda boquvchisini yo‘qotgan, turmushi og‘ir, adashib salbiy oqimlarga aralashib qolgan xotin-qizlar, shuningdek, ko‘p bolali ayollar ishga jalb qilinmoqda.
O‘tgan davrda tikuv-trikotaj korxonalariga ishga jalb qilingan ayollar qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitilib, bilim-ko‘nikmasi oshirildi. Ularga o‘qish davomida stipendiyalar berildi, o‘qituvchilar oylik maosh bilan ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |