Haftadagi dars soatlari
__4___
1.
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil taʼlim (soat)
|
Jami (soat)
|
LINGVISTIKA NAZARIYASI VA AMALIY TILSHUNOSLIK
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqqan holda lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik mazmunini yoritish, nazariyani amaliyotga tatbiq qilish, til birkiklari, til hodisalarining amaliy qiymatini aniqlash, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarni belgilash, nazariy tilshunoslikning muhim xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish, asosiy lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, til birliklarining tizim sifatida mavjudligini asoslash, lingvistik strukturani nazariy muammolar va amaliy tilshunoslik asosida tahlil qilish kommunikatsiya tizimining asosiy vositasi bo‘lgan til mohiyatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Globallashuv jarayonida til funksiyalari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga mutanosib ravishda kengayib bormoqda. Tilning jamiyat rivojidagi ahamiyati yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bugungi kunda til tafakkur rivojining muhim omili ekanligini ta’kidlash joiz.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni belgilovchi ma’naviy omil va millat mavjudligining dastlabki sharti bo‘lgan tilning tabiati, tilni tashkil qiluvchi birliklar tizimi, til birliklari o‘rtasidagi munosabat, tilshunoslik nazariyasiga oid masalalar, nazariy qarashlar, lingvistik ta’limotlarning uzviy taraqqiyot tizimini anglash va amaldagi tatbiqini tahili qilish, nazariy masalalarning innovatsion talqinini yoritish mutaxassislar nazariy qarashlarini takomillashtirishda muhimdir.
“Lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik”moduli ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi.
Modulni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, axborot-kommunikatsiya va zamonaviy pedtexnologiya usullarini qo‘llash nazarda tutilgan:
- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimot va elektron-didaktik texnologiyalardan;
- o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarida texnik vositalardan, blis-so‘rovlar, test savollari, aqliy hujum, kichik guruhlar bilan ishlash, kollokvium va boshqa interaktiv ta’lim usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.
“Lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik” moduli mazmuni o‘quv rejadagi o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan holda magistrantlarning lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik bo‘yicha kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Modulni o‘zlashtirish orqali magistrantlar ta’lim-tarbiya jarayonlarining me’yoriy-huquqiy asoslarini o‘rganish, ularni tahlil etish, amalda qo‘llash va baholashga doir kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar.
“Lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik”moduli tilshunoslikning nazariy masalalarini yoritishga qaratilgan. Modulning maqsadi lingvistikaning tabiati va predmetini belgilash, tilning yaxlit bir butun tizim sifatidagi xususiyatini, til birliklari tavsifi va tasnifi, til birliklari o‘rtasidagi munosabatlarni yoritish, tilning obyektiv borliq hodisalari bilan aloqdorligini o‘rganish, nazariy tilshunoslik masalalarini amaliyot nuqtayi nazaridan tahlil qilishda qo‘llanadigan metodologiya va metodlar haqida mukammal bilim berishdan iborat.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |