Kurs ishini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar
Kurs ishi mavzulari fan masalalari doirasida tuzilgan bo'lib, nazariy ma'lumotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Kurs ishi muayyan reja va mavzuga doir adabiyotlar asosida tayyorlanadi va magistrant tomonidan belgilangan muddatda himoya qilinadi. Kurs ishi mavzularining to‘liq ro'yxati har o'quv yili uchun tasdiqlangan ishchi o'quv dasturida keltiriladi.
Kurs ishi mavzulari:
1. Til va nutq antinomiyasi.
2.Tilning belgili va belgisiz xususiyatlari.
3.Til tizimi va strukturasi.
4.Tilning asosiy va oraliq sathlari.
5. Til va tafakkur.
6.Til va jamiyat.
7. Lisoniy me'yor tiplari.
8. Adabiy til uslublari.
9. Elat va uning tili.
10. Millat va milliy til.
11. Sinxroniya va diaxroniya.
12. Til va tarix.
13. O'zlashmalarning grammatik shakllari.
14. Til rivojlanishining ichki va tashqi qonunlari.
15. Tilshunoslik metodlari va metodologiyasi.
16.Assotsiativ tajriba metodi.
17.Rang bildiruvchi birliklarning assotsiativ tahlili.
18.Individual assotsiatsiyalar.
19.Assotsiativ va semantic maydon.
20.Assotsiativ maydonning statistik tahlili.
21.Lingvistika nazariyasi masalalarining amaliy qiymati.
3.
|
V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o’zlashtirish natijasida har bir nagistr:
1.Fan bo‘yicha magistrant bilimlarning yangi lingvistika yo‘nalishlari, magistrantlarning umumlingvistik bilimini nazariy jihatdan chuqurlashtirish, til qurilishini bir butun tizim sifatida tahlil qilish, tilning struktural qiymatini, til-lison-nutq munosabatini yoritish, til birliklari tavsifi va tasnifidagi yondashuvlarni tahlil qilish, til birliklarini o‘zaro bog‘liqlikda, tizim sifatida o‘rganish, til birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik, iyerarxik munosabat turlari mohiyatini yoritish haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
2. Matnni uslubiy baholay olishni, tilning mantiqiy, psixik tabiatini izohlash, ijtimoiy-iqtisodiy, fiziologik, biologik jarayon sifatidagi murakkab strukturasini tahlil qilish;
- tilshunoslik nazariyasining asosiy masalalari, nazariy qarashlar, lingvistik ta’limotlarning mohiyatini yoritish, amaliy qiymatini belgilash;
- yangi nazariy, amaliy va metodologik materiallar bilan tanishtirish;
-lisoniy tahlil metodikasi va metodologiyasi bilan qurollantirishdan iborat.
3. “Lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik” modulini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistrant:
- tilning semiotik xususiyati;
- semiotika va lingvosemiotika;
- til sistemasining ochiqligi va potensialligi;
- sathlar iyerarxiyasi nazariyasi;
- lisonning gomogen sistema ekanligi va uning qurilishi;
- lisoniy birliklar talqini va undagi muammolar;
- lisoniy struktura;
- lisoniy sistema mikrosistemalari;
- fonetik-fonologik sath va uning struktur tizimi talqini masalalari;
- leksik-semantik sath va uning struktur tizimi talqini masalalari;
- morfemik-morfologik sath va uning struktur tizimi talqini masalalari;
- sintaktik sath va uning struktur tizimi talqini masalalari;
- nutqning geterogen sistema ekanligi;
- nutqiy sistemaning struktur xususiyatlari;
- strukturalizm yo‘nalishlarining umumiy jihatlari;
strukturalizm yo‘nalishlarining xususiy jihatlari haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lishi;
tilni boshqa semiotik sistemalardan farqlash tamoyillarini;
lingvosemiotikaning sohaviy xususiyatlarini;
til, lison va nutqni farqlash tamoyillarini;
til, lison, nutqni farqlash metodologiyasini;
sathlar iyerarxiyasi nazariyasining paradigmatik asoslarini;
lisoniy va nutqiy birliklarni ajratish tamoyillarini;
lisoniy oppozitsiyalar turlari, xususiyatlari va ahamiyatini;
graduallikning til sistemasidagi o‘rni va rolini yoritishga oid amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
|
4.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |