Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini


zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko’rsatkichlari



Download 30,89 Kb.
bet3/3
Sana30.12.2021
Hajmi30,89 Kb.
#191783
1   2   3
Bog'liq
Moliya kurs ishi

zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko’rsatkichlari53




Yillar


Yalpi investitsiyaning yalpi ichki mahsulotga nisbati, foiz hisobida


YaIMning qo’shimcha o’sish sur’ati, foiz hisobida


ICOR

(YaIM qo’shimcha o’sishining kapital sig’imkorligi)

2003

19,3

4,4

-

2004

20,3

7,7

2,5

2005

19,8

7,0

2,9

2006

22,8

7,3

2,7

2007

23,0

9,5

2,4

2008

25,0

9,0

2,5

2009

23

8,1

3,08

2010

25

8,5

2,7

2011

23,9

8,3

3,01

2012

22,9

8,2

2,9

2013

23

8

2,8

2014

23,3

8,1

2,8

2015

23,4

8,0

2,9


Jahon amaliyotida mamlakatning investitsiya muhitini baholash borasida turli yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar bir-biridan investitsiya muhitini tashkil etuvchi omillarni to’liq yoki qisman qamrab olishi bilan farq qiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Standart & Poor’s», «Moody’s» va «Fitch ibca» jahondagi eng yirik reyting agentliklardan hisoblanib, ular emitentning qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’laqonli bajara olish imkoniyatlari va emitentlarning kredit bera olish qobiliyatiga baho beradilar. Agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan va tuzilgan reytinglar mamlakat investitsiya muhitini ma’lum darajada baholash imkonini beradi

Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish turlari va

shakllari
Ma’lumki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Xorijlik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirishlari mumkin:

1. O’zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish. Bunga misol qilib XIIKlarni (ustav kapitalining kamida 30 foizi xorijlik investorga tegishli bo’lishi kerak) keltirish mumkin, ya’ni qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish eng ommabop shakl hisoblanadi.

2. Xorijlik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish, ya’ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga tegishli bo’ladi

3. Mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

4. Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

5. Kontsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalar olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

6. Savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob’ektlariga, turar-joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij sarmoyasini jalb qilish.

7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

 3 O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borish vazifalari


Bugungi kunda O’zbekistonda qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borishni ta’minlash ustuvor vazifadir. Bunda davlatning asosiy vazifasi kapital jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bilan izohlanadi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi ko’p miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega: kafolat va imtiyozlarni o’zida aks ettiruvchi qonun hujjatlari; iqtisodiyotda xususiy sektor va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ortib borayotganligi, xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitining mavjudligi; zarur investitsiya infratuzilmasining yaratilganligi va rivojlanayotganligi; siyosiy barqarorligi; geografik joylashuvining o’rta darajadaligi; boy tabiiy mineral xom ashyoga egaligi; qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanganligi; arzon va malakali mehnat resurslarining mavjudligi va boshqalar.

O’zbekistonda investitsiya iqlimining muhim omillaridan biri xorijiy investorlar uchun moliyaviy-iqtisodiy rag’batlar va imtiyozlar tizimining holati va amal qilishi hisoblanadi. Bunda mazkur rag’bat va imtiyozlar ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni ko’paytirishga va asosan, eksport salohiyatini oshirishga qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, respublikada muayyan darajada xorij kapitalini qabul qilish tizimi shakllangan. Bunda xorij kapitaliga nisbatan davlat siyosatini ifoda etadigan huquqiy me’yorlar, qoidalar va muassasalar majmui nazarda tutiladi. Xorij kapitalini qabul qilish tizimi investitsiya muhitining tarkibiy qismiga kiradi va ayni paytda mustaqil hisoblanadi, chunki bu tizimni o’zgartirish xususiyatiga ega. Bu tizimning elementlari quyidagilardan iborat; xorij kapitali uchun soliq va bojxona imtiyozlarini berish; foydani boshqa iqtisodiyotga o’tkazishning qulay rejimi; milliylashtirishdan kafolatlar; ro’yxatdan o’tkazishning oddiy tartib qoidalari; kontsessiyalar berish; erkin iqtisodiy zonalar barpo etish; aktsiyadorlik kapitalida hissani cheklash; majburiy eksport kvotasini joriy qilish; narxlarni nazorat qilish; tashqi savdo operatsiyalarini litsenziyalash va boshqalar.

Fikrimizcha, respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhitini rivojlantirish uchun rag’batlantirish omillarini yanada kuchaytirish talab etiladi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarishga investitsiyalarni rag’batlantirish uchun tadbirkorlik tuzilmalariga jadallashgan amortizatsiya usullarini qo’llashda to’la erkinlik berish kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida amortizatsiya korxonalarning investitsiya faoliyatini rag’batlantiruvchi bosh omillardan hisoblanadi. Shu sababli rivojlangan davlatlarda amortizatsiya me’yori, soliqlar stavkasini tasdiqlash bilan bir vaqtda aniqlanadi. Bunday holatda etakchi tarmoqlarga investitsiyalarni qo’yishni rag’batlantirish maqsadida yuqori amortizatsiya me’yorlari belgilanadi. Bu tajribani O’zbekistonda qo’llash muhimdir, chunki mashina va uskunalarga o’rtacha amortizatsiya me’yori bizda 15%ni tashkil etsa, AQShda bu 20-33 %ni, Angliyada 25 %ni tashkil etadi.

Qulay investitsiya muhitini rivojlantirishda soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirish beqiyos ahamiyatga ega. Soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini to’rt jihatdan olib qarash mumkin, ular: soliq to’lashdan vaqtinchalik ozod qilish; soliq stavkasini kamaytirish; soliqqa tortiladigan bazani toraytirish; soliq majburiyatini bajarishni kechiktirish (soliq krediti). Qayd qilingan rag’batlar u yoki bu darajada xorij investitsiyalar ishtirokidagi keng doiradagi korxonalar uchun tatbiq etiladi.

Rag’batlantiruvchi soliq imtiyozlarining amal qilishini, shuningdek, investitsiyalarni inson kapitaliga, texnologik o’sish va texnika bilimlari sohalarini rivojlantirishga, kengaytirishga ham joriy qilish kerak. Bularning barchasi O’zbekistonda investitsiya muhitini modellashtirish masalasini kun tartibiga qo’yadi. Bu model xorijiy investorga ta’sir ko’rsatadigan omillar to’g’risida mukammal ma’lumot to’plash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yaqqol baholash hamda xorijlik sheriklar harakatlari motivatsiyasini anglash, xorij investitsiyalarini tartibga solishning asosiy vositalarini isloh qilish imkoniyatlarini yaratadi.

Shuningdek, XIIKlarning daromadlarini soliqqa tortishda qo’llaniladigan soliq imtiyozlarida, birinchidan, bu soliq imtiyozlarining muddati, hajmi, qo’llanish shart-sharoiti aniq ko’rsatilgan bo’lishi; ikkinchidan, bu engilliklar xorijiy investorlarga yaxshi tanish va tushunarli bo’lib, kamida besh-o’n yilga belgilanishi; uchinchidan, soliq imtiyozlari o’zgarmas va qat’iy bo’lishini ta’minlash lozim. Shundagina bu imtiyozlar o’z samarasini berishi mumkin.

Soliq imtiyozlarini berishda jahon tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir. AQShda korxonalar zarar ko’rib ishlayotgan davriga soliq to’lashdan ozod qilinadi. Bu tajribani O’zbekistonda ham eng kerakli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun qo’llash maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning uchun qat’iy soliq nazoratini o’rnatish zarur bo’ladi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida, davlat ayrim tizimlarning shakllanishiga, yangi hududlar va ishlab chiqarishning o’sishida boshlang’ich manbalarning tashkil etilishiga yoki ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek, davlat hisobidan investitsiyalarni moliyalashtirishda, ularning strategik rivojlanishida ahamiyatga ega bo’lgan, lekin kelajakda tez samara bera olmaydigan tarmoqlar va ilmiy-tadqiqot ishlarini qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.

Butun dunyoda davlat mablag’lari, asosan, yo’l qurilishi, shahar obodonchiligi va ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanishi kabi umumiy miqyosdagi katta ishlarga sarflanadi. Iqtisodiyotning bozor mexanizmiga asoslangan sharoitida davlatning roli asta-sekin torayib borib, uning qo’lida, asosan, davlat miqyosi darajasidagi vazifalar qoladi. Ya’ni, ijtimoiy sohaning boshlang’ich ta’limi, sog’liqni saqlashning tez tibbiy xizmat ko’rsatish sohasi, davlat boshqaruvi va boshqalarni moliyalashtirish byudjet hisobidan amalga oshiriladi.

O’zbekistonda intellektual salohiyatni o’stirish uchun kapital qo’yish kelajakda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning eng asosiy omillaridan bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun bu sohada kapital qo’ygan investorlarga soliq imtiyozlarini berish o’ta muhimdir.

Respublikada investitsiya iqlimi huquqiy islohotlarning bosqichma-bosqichligini, bozor infratuzilmasining shakllanganligini, nodavlat sektorining o’sishini va xususiylashtirish jarayonlarini, sog’lom iqtisodiy muhitni va ijtimoiy-siyosiy holatning barqarorligini tavsiflab beradi.

Har qanday mamlakatning investitsiya iqlimi qator omillarning ta’siridan kelib chiqib belgilanadi va ushbu omillarni, tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, uch asosiy guruhga ajratish mumkin: investitsiya salohiyati; investitsiya shart-sharoiti; investitsiya riski.



O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini quyidagi raqamlar orqali ifodalash mumkin. Agar 1990 yilda mamlakatimizning investitsiya portfelida xorijiy investitsiyalar deyarli mavjud bo’lmagan bo’lsa, 2000 yilda investitsiya va kreditlarning ulushi 23,2 foizni, jumladan, hukumat kafolati bilan jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 19,8 foizni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 3,4 foizni tashkil qildi. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni rag’batlantirishga qaratilgan butun bir chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko’paytirish imkonini berdi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “2015 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2014 yilga nisbatan 9,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir”38.
Download 30,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish