Xorijiy filologiya fakulteti qiyosiy tilshunoslik kafedrasi


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 48,1 Kb.
bet2/9
Sana31.12.2021
Hajmi48,1 Kb.
#249147
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Andre Marua

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 22

Kirish

“O`zbek tilining izohli lug`ati” da hikoya so`zi quyidagicha izohlangan: Hikoya – (a.- gapirib, so`zlab berish; qissa; tarix). Kimsa, narsa va u bilan bog`liq voqyea-hodisalarning og`zaki tafsiliy bayoni. Mulla Fazliddin yosh Boburga Navoiy haqida juda ko`p ajoyib hikoyalar aytib bergan edi. P.Qodirov, Yulduzli tunlar. G`oyib endi. “studentlikning oltin davri” haqida zavq-shavq bilan hikoya boshladi. J.Abdullaxonov, Oriyat. Cholboshlar umrining hikoyasini, bir-bir so`ylab chiqar bor-barchasini. H.Olimjon.

Hikoya qilmoq - Bayon qilmoq, so`zlab bermoq.

2. Epik turga mansub kichik hajmli janr; shu janrda yozilgan asar (syujet va kompozisiyaning nisbatan soddaligi, bayonning bir shaxs tomonidan olib borilishi bilan roman va povestdan farqlanadi; asosan, nasriy ifodaga ega bo`ladi ). Hikoya yozmoq. A.Qahhorning hikoyalari. Hikoyalar to`plami”61.

Hikoya - badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida hikoya qadim an’analarga ega. O`tmishda hikoya folklor asarlari tarkibida bayon unsuri bo`lib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishida italyan yozuvchisi Bokachcho ”Dekameron” asari bilan katta hissa qo`shgan. Asarda 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (fransuz), O`. Genri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Cho`lpon (o`zbek) hikoyachilik janrining asoschisi hisoblanadi. Yevropa adabiyotida hikoya novella ham deb atalgan.

O`zbek adabiyotida hikoya juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar Kultegin va Tunyuquq bitikdoshlarida bayon qilingan voqyealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. N.Rabg`uziyning ”Qissasi Rabg`uziy” asarida ham axloqiy xarakterdagi hikoyaning yaxshi namunalari bor. A.Navoiy ”Hayrat ul- abror” dostonining 5-maqolotidagi ”Hotomi Toy hikoyati”, 20-maqolotidagi ”Ul guli hikoyati”, ”Sab’ai sayyor” dostonidagi yetti musofir hikoyalari ham bu janrning ilk namunalaridir. XIV-asrda yaratilgan Poshsho-xo`janing ”Gulzor” va ”Miftoh ul-adl” asarlari o`zbek hikoyachiligining rivojlanishiga asos bo`lgan.

O`zbek adabiyotida realistik hikoya janri XX-asrning boshlarida shakllandi. 30-yillarda A.Qahhor hikoya ustasi sifatida tanildi. 50-60-yillarda S.Ahmad, 60-70-yillarda O`.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shdilar.

Hikoya atamasi kengroq ma’noda biror voqyeani gapirib berishni ham anglatadi. So`zlab berilgan bunday voqyelik o`z qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos bo`lishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr ma’nosida tushunilmaydi. Masalan, O`.Hoshimovning ”Ikki eshik orasi” romani 9 nafar personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan, Sh.Xolmirzayev ”Olabo`ji” asarini ”romandan katta hikoya” deb ataydi. Hozirgi o`zbek hikoyachiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.A’zamov, N.Eshonqulov, Sh.Bo`tayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.

Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqyeani lo`nda ifodalashga mo`ljallangan. Unda shu voqyeaga qadar personaj hayotida nima bo`lgan, qanday ro`y bergan, kim bilan bular to`g`risida ma’lumot berish shart emas. Juda zarur bo`lsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas., A.Qahhorning ”O`g`ri” hikoyasida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim demaydi. Egamberdi paxtafurushdan kichkina shart evaziga ikkita ho`kiz olgan Qobil boboning ertasi to`g`risida ”Bu shart kuzda ma’lum bo`ladi” deb xabar beradi, xolos. G`.G`ulom esa ”Mening o`g`rigina bolam” hikoyasidagi o`g`rining kechagi kunini lo`nda detallar orqali to`ldiradi. Uydan biror narsa olmay chiqib ketib yigitning ertangi kuni haqida hyech qanaqa ma’lumot bermaydi.


Download 48,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish