Xorij va O’zbekiston fuqarolik jamiyati institutlari qiyosiy tahlili Reja
Xorij va O’zbekiston fuqarolik jamiyati institutlari qiyosiy tahlili Reja:
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi
Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatI
Fuqarolik jamiyatini shakllantrish va rivojlantirishida demokratik intitutlarning tutgan urni
Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi, millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o‘zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qonuniy ravishda o‘zlari qondirib boradi. Fuqаrоlik jаmiyati – o’zini o’zi rivоjlаntiruvchi vа o’zini o’zi bоshqаruvchi tizim. Individlаr hаr хil tаshkilоtlаrgа birlаshib, bir-biri bilаn rаng-bаrаng munоsаbаtlаr o’rnаtib, o’zlаrining ba’zаn qаrаmа-qаrshi mаnfааtlаrini ro’yobgа chiqаrib, jаmiyat siyosiy hоkimiyat kuchigа egа bo’lgаn dаvlаtning аrаlаshuvisiz uyg’un vа izchil rivоjlаnishini ta’minlаydilаr. Fuqаrоlik jаmiyati o’zining dаvlаtdаn mustаqil o’zini o’zi rivоjlаntirish ichki mаnbаlаrigа egаdir.
Fuqarolik jamiyati institutlari
Shirkat va ijara birlashmalari
Оilа, mаdаniyat vа ta’lim muаsаsаlаri.
Xususiy korxonalar,
аktsiyadоrlik jаmiyatlаri
Nоdаvlаt оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаri
Ijоdiy vа ilmiy uyushmаlаr
Cherkov, xayriya jamg’armalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar
YAponiyada fuqarolik jamiyatini aniq belgilarini namoyon etuvchi qarashlar asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab ilgari surilgan. YAponiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati asosan 1960 yildan boshlab rivojlangan bo‘lsada aynan 2006 yildan boshlab rivojlangan G‘arb davlatlaridan farq qiladigan o‘ziga xos fuqarolik jamiyati modelini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
YAponiyada rivojlantirilayotgan fuqarolik jamiyati “ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritish” tamoyiliga asoslangan. Shuningdek, “davlat- iqtisod (bozor)-fuqarolik jamiyati” modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi. YAponiyada joylardagi davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan turli dastur va loyihalarni e’lon qilishni ko‘zda tutuvchi tanlovlarni o‘tkazish huquqiga ega.
Rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari zamonaviy fuqarolik jamiyati modelini yaratish, uning davlat boshqaruvidagi samarali ishtirokini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunday zamonaviy model asosida jamiyat va davlat boshqaruvida fuqarolik institutlarining o‘rni hamda ahamiyatini mustahkamlash, jamoatchilik tuzilmalari va davlat organlarining ijtimoiy sheriklik asosidagi hamkorligini yanada rivojlantirish mumkin
. Shu bilan birga, davlatning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga hamda fuqarolik jabhasida yuz berayotgan jarayonlarning chuqur tizimli tahlil qilib borishga keng imkon beradi. Masalan, Fransiyada davlat nohukumat tashkilotlarini hukumat siyosatini shakllantirishga faol jalb qiladi, vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan kengashlar faoliyatning boshqa shakl va usullari orqali fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yadi.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin . Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Bugungi kunda,O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular jumlasiga asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.
Demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan hozirgi sharoitda fuqarolarning jamiyatni boshqarishda ishtirok etishi turli yo‘nalishlarda kengayib bormoqda. Bular, a) mehnat jamoalarida (mulkchilikning shaklidan qat’iy nazar); b) noishlab chiqarish sohalarida; v) ta’limtarbiya maskanlarida; g) mahallalarda; d) mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralariga saylanish va uning kengashlari orqali: e) turli ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar yoki harakatlar; yo) jamiyatda mavjud boshqa turli xil nosiyosiy institutlar orqali jamiyatni boshqarish jarayonlarida ishtirok etadi. Bular bilan fuqarolar umumdavlat, viloyat, tuman yoki qishloq darajasida jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti orqali turli insonlar, ijtimoiy-siyosiy guruhlar faoliyati bilan bog‘lanadilar. Boshqarishda u yoki bu darajada ishtirok etadilar. Bunda ular o‘z shaxsiy huquqlarini boshqa shaxslar huquq va erkinliklari bilan uyg‘un holda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, uni anglab etadilar. SHaxslar jamiyatni boshqarishda ishtirok etar ekan, o‘z huquqlarini boshqa shaxslar huquqlariga zid holda emas, aksincha konsensus holatida bo‘lish muhim ekanligini bu jamiyatni boshqarishning demokratik tamoyillar bilan mos tushushini to‘la hisobga olishga karatilgan siyosiy madaniyatga ega bo‘lib boradilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR; LEX.UZ SAYTI Uzrport.news sayti Hozir.org sayti
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |