Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi
Xorazmshohlar davlati XIII asrga kelib katta-katta o'lka va viloyatlarni o'z ichiga olgan buyuk saltanatga aylangan edi. Aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi, asosan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Mamlakatda yer egaligi va u bilan bog'liq munosabatlar taraqqiy etgan. Yeiiar ilgarigidek davlatniki hisoblangan, biroq yirik yer egaligi -iqladorlik rivojlanib borgan.
Saltanatni hokimlar, noiblar, vazirlar, lashkar boshliqlaridan iborat kuchli harbiy aristokratiya, mustavfiy (daftardor hisobchilar), qozilar va boshqa ko'pgina saroy mansabdorlaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turardi. Yuqori amaldorlarning ko'pchilik qismi yirik yer-suvlarga ega bo'lgan mulkdor oqsuyaklar tabaqasini tashkil etardi. Ko'pgina mansablar odatda, o'rta asrlar jamiyati sharoitida keng tarqalgan, ota-bobodan meros bo'lib o'tar edi. An'anaviy tusga kirgan bunday hoi davlat mansabdorlariga eng munosib shaxslarni tanlab qo'yish imkoniyatidan mahrum qilar edi. Yuqori mansabdorlik davlatdan iqta yerlarini (umrbod foydalanish uchun ajratilgan katta yer maydoni) olish bilan chambarchas bog'langan edi. Masalan, Nasaviyning . yozishicha, Naso viloyatiga noib qilib tayinlangan Ziyoulmulkka xizmati uchun yiliga o'n ming dinor daromad keltiradigan butun bir viloyat iqta tariqasida taqdim etilgan edi. Iqtadorlik mahalliy hokimlar, noiblar, vazirlar, yirik yer egalari harbiy aristokratiya vakillari va boshqa yuqori mansabdorlarning iqtisodiy mustaqilligini oshirar va ularning markaziy hokimiyatga nisbatan qarshilik kayfiyatlarini rag'batlantirar edi.
Mamlakat holatining eng achinarli tomonlaridan yana biri shunda ediki, asosiy soliq va muttasil hasharlardan tashqari yiliga bir necha bor to'planadigan turli xil to'lov va yig'imlardan tinkasi qurigan mamlakat fuqarosining arkoni davlatga, ayniqsa uning tojdori Sulton Muhammadga nisbatan bo'lgan e'timodi ham, e'tiqodi ham susayib ketgan edi.
Xorazm davlatining aholisi va ularning turli qatlamlari haqida Muhammad Bag'dodiyning kitobida quyidagicha ma'lumotlar beriladi:
1. Sayyidlar - payg'ambar avlodlari sanalib, xorazmshohlar ularni muborak nasab vakillari sifatida hurmat qilganlar hamda ularni hech narsaga muhtoj qilmaslikka intilganlar.
2. Imomlar va olimlar - davlat ishlarida bunday shaxslarning maslahatlari va ko'rsatmalariga amal qilingan. Ijtimoiy hayotda ularning mavqeyi ancha ustun bo'lgan.
3. Qozilar va hokimlar - qonunlar chiqarganlar, shariatning aholi ustidan nazoratini amalga oshirganlar.
4. Tasavvuf vakillari - islomda noortodoksal oqim vakillari bo'lib, faqirona hayot kechirganlar. Ular orasidan donishmandlar, mashoyihlar chiqqan va so'fiylarning aksariyati xalq tomonidan e'zozlangan. Hukmdorlar bunday shaxslarni hurmat qilganlar va ko'pincha ulardan duo tilagini so'raganlar.
5. Oqsoqollar - qishloq, urug'-qabila boshliqlari.
6. Amaldorlar va sipohiylar. Xorazmshohlarning joylardagi noiblari qo'li ostida xizmatda turgan shaxslar.
7. G'oziylar - islom dini uchun kurashuvchi kishilar. Mamlakat mehnatkashlarining turli qatlamlari va shuningdek, martabalar o'rtasidagi farqlar somoniylar davlatidagi singari edi.
Xorazmshohlar davrida ham qoraxoniylar davridagidek mulklar iqta tariqasida in'om etilgan. Masalan, xorazmshoh Takash (1172-1200) Naso viloyatini To'g'onshoh g'uzga iqta tariqasida beradi. Yorliqda xorazmshohlar davridagi quyidagi ijtimoiy guruhlar tilga olinadi: ruhoniylar, g'oziylar, ulamolar, davlatmandlar, hakimlar, sarkardalar, zamindorlar. Unda shihna - qishloq va muzofot hokimi, mutasarruf - moliya va xiroj ishlari ma'murlari, mirob - suv taqsimoti bilan shug'ullanuvchi, opiil ~ xiroj yig'uvchi ekanligi ko'rsatiladi. Hujjatda barzgardan ortiqcha xiroj olish xoliq va xalq oldida nomaqbul hisoblanib, o'sha nohiyadagi ayollar nomusi, molu mulk va aholi hayoti muhofaza etilishi ta'kidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |