Xorazm viloyatida 2021 yil davomida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobo t


Farmonga asosan viloyatda Ziyorat turizmni rivojlantirish



Download 0,53 Mb.
bet6/6
Sana17.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#817273
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2021yil hisobot 05 01 2021

Farmonga asosan viloyatda Ziyorat turizmni rivojlantirish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
Ziyorat turizmi yo‘nalishida Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab alohida 3 kunlik, 2 kunlik va 1 kunlik turizm mashrutlari ishlab chiqildi.
Ushbu marshrutlar orqali ichki ziyorat turizmi bo‘yicha mahalliy sayyohlar quyidagi tartibda jalb qilinadi:
- Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan yangidan tashkil etilishi ko‘zda tutilgan avia va temiryo‘l qatnovlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda Toshkent-Samarqand-Buxoro viloyatlari bilan birgalikda kombinatsiyalashgan turlar orqali jalb qilinadi (2022 yilda - 588 ming nafar sayyohlar jalb qilinadi);
- Toshkent shahri va viloyati, shuningdek Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlaridan mavjud doimiy avia va temiryo‘l reyslari, shuningdek qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinadi (2022 yilda 616 ming nafar sayyohlar jalb qilinadi);
- Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan mavjud temir yo‘l qatnovi va qo‘shimcha avtobus hamda mikroavtobuslar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etiladi (2022 yilda 144 ming nafar sayyohlar jalb etiladi).
Ushbu mashrutlar bo‘yicha aniq targ‘ibot hamda hududlar kesimida turistlar oqimi rejasi ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlar vaqtini yanada mazmunli tashkil etish va ularning qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida 11 ta yirik ommaviy tadbirlar, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari namoyish qilindi.
Ma’lumot uchun: “Bahorgi turistik mavsum boshlandi! Sayohatga marhamat!” chorlovi ostidagi “Yoshlar sayli” - 18.03.2021 yil , Navro‘z bayramiga bag‘ishlab “Sumalak party” nomli sayl – 25.03.2021, “Ichki turizm kuni” loyihasi doirasida bayramona motoparad – 25.04.2021, “Ichki turizm haftaligi” doirasida “Ipak yo‘li” an’anaviy go‘zallik festivali hamda “G‘ovuk ko‘l” atrofida milliy liboslar, milliy taomlar ko‘rgazmalari, o‘yin, raqs, konsert dasturlari – 02.06.2021 yil, tatar xalqining Sabanto‘y bayrami – 20.06.2021 yil, “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniy forumi – 14-15.09.2021 yil, “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan viloyat bo‘ylab turli madaniy-sport va boshqa ommaviy tadbirlar – 27.09.2021 yil, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali – 29-30.09.2021 yil, Xiva tumani “Xiva Qora ko‘l” eko-turistik majmuasida gostronomik turizmni targ‘ib qilish maqsadida “Baliq taomlari” festivali -01.12.2021, “Rieka – Yevropa madaniyati poytaxti” nomli fotoko‘rgazma – 03-05.12.2021, Farovon mehmonxonasida mediatur – 20.12.2021.
Xorazm viloyati ichki va ziyorat turizm xamda yondosh infratuzilmalarni rivoilantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturi ishlab chiqilib, Farmon doirasidagi chora-tadbirlarga muvofiq turizm mavsumi boshlanganligini inobatga olib, 2021-yil 18-mart kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida “Bahorgi turistik mavsum boshlandi! Sayohatga marhamat!” chorlovi ostida turizmning bahorgi mavsumining ochilishi Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departementi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Yoshlar sayli” bilan boshlandi. Unda yoshlar uchun kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar va milliy o‘yinlar musobaqalari, polvonlar bellashuvi, milliy taomlar festivali, va bir qancha tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etildi. “Yoshlar sayli” davomida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan tanlovlar, konferensiyalar, loyihalar va aksiyalar tashkil etildi. Shuningdek, milliy sport o‘yinlari g‘oliblariga diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari, 2021 yilning 1-choragida hududning turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida 2021 yilning 25 mart kuni Shovot tumani “Beshmergan” mahallasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab “Sumalak party” nomli sayl o‘tkazildi. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni milliy so`zlarimiz, karnay-surnay va doira sadolari ostida kutib olinib, tadbir ishtirokchilariga milliy taomlar namoyishi (osh, tuxum barak, qo‘tir barak, kurdik, ko‘kdan tayyorlanadigan taomlar, bo‘g‘irsoq va qatlama va x.k.z) hamda ularni tayyorlashdagi mahorat darslarini, milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi, konsert dasturlari, ko‘ngilochar tomoshalar, milliy sport o‘yinlari va musobaqalari, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari (yor-yor, kelin tushirish udumi, kelin salom,chaqaloqni beshikka belash udumi, alla aytish, lachak o‘rash udumi) kabi turli xil ko‘ngilochar tadbirlar namoyish etildi. Tadbirda 3000 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.
Farmonning ijrosini ta’minlash, “Ichki turizm oyligi”, “Ichki turizm haftaligi” hamda “Ichki turizm kunlari”ni tashkil etish turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalarida ixtiyoriy mavsumiy chegirmalar joriy etish, loyiha doirasida ommaviy ko‘ngilochar, madaniy va sport tadbirlari hamda viloyatda motosport turini rivojlantirish, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol va jismonan yetuk qilib tarbiyalash, viloyat yoshlar terma jamoasiga iqtidorli motosportchilarni saralab olish, viloyatlararo do‘stlik va sport aloqalarini mustahkamlash, yoshlarning motosportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlarini mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni sportga jalb qilib, sog‘ligini mustahkamlash shuningdek, respublikamizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, pandemiya sharoitidan kelib chiqib, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda joriy yil 25 aprel kuni “Ichki turizm kuni” loyihasi doirasida bayramona motoparad bo‘lib o‘tdi.
Motoparadda turli xil viloyatlar va tumanlardan 100 dan ortiq ko‘ngilli motosikl haydovchilari, “Retro” avtomobil ishqibozlari ishtirok etdilar. Shuningdek har xil konsert dasturlari, ko‘ngilochar tomoshalar namoyish etildi, yoshlarning teykvondo sport yo‘nalishi bo‘yicha chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari loyiha doirasida sayyohlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 2021 yil uchun “Ichki turizm oyligi” “Ichki turizm haftaligi”, “Ichki turizm kunlari”ni tashkil etish va o‘tkazishni belgilash va uning doirasida turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda joylashtirish vositalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalarida ixtiyoriy mavsumiy chegirmalar joriy etish bo‘yicha chora- tadbirlar rejasining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator imtiyoz hamda chegirmalar taqdim qilindi. Jumladan:
- mehmonxona va mehmon uylari xizmatlari hamda umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlarga ixtiyoriy ravishda 50% gacha;
- transport vositalari xizmatlari uchun 30% gacha;
- turizm maskanlariga (ziyoratgoh, madaniy meros ob’ektlari va muzeylar) kirish chiptalari uchun 50% gacha chegirmalar joriy etildi hamda sayohatlarni maroqli o‘tkazish maqsadida namunaviy sayohat dasturlari ishlab chiqildi.
Tadbirni xorijdan kelgan sayyohlarimiz (Indoneziyaning “Clickpict Indonesia Ltd” kompaniyasi tasvirga olish guruhi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Mystery Box” kompaniyasi ijodkorlaridan iborat delegatsiya a’zolari) ham katta qiziqish bilan kuzatib borishdi.
Shuningdek, xalqimizning boy moddiy-ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari, milliy hunarmandchiligi, tasviriy-amaliy san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, ularni respublikamizda va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish shuningdek, sayyohlik, hunarmandchilik va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarini takomillashtirish, viloyatlararo do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlarning go‘zallik san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida joriy yil 2-iyun kuni Xiva shahar “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi “Ko‘hna ark avgustdoni”da “Ichki turizm haftaligi” doirasida “Ipak yo‘li” an’anaviy go‘zallik festivali hamda “G‘ovuk ko‘l” atrofida milliy liboslar, milliy taomlar ko‘rgazmalari, o‘yin, raqs, konsert dasturlari tashkil qilindi.
Ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, har bir tuman va shaharning turizm salohiyati va resurslaridan kelib chiqqan holda viloyatimizga turistlarni jalb qilish bo‘yicha hududlarda turizm turlarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi va hozirda ushbu yo‘riqnomada belgilangan vazifalar bo‘yicha ishlar tashkil qilinmoqda.
I. Turizm turlari bo‘yicha:
Ta’lim turizmi
Viloyatimizda ta’lim turizmini yanada rivojlantirish, ta’lim muassasalarining xorijiy talabalar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida Xorazm viloyatida joylashgan ta’lim muassasalari (Urganch davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali)ning “Ta’lim turizmi” bukletlari ishlab chiqildi.
Agro va ekoturizm
Mazkur yo‘nalishlarni rivojlantirish maqsadida, bir qator idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda quydagi ishlar amalga oshirildi.
- Agroturizmni rivojlantirish maqsadida viloyatdagi salohiyatli agroturizm ob’ektlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘rganildi va ro‘yxati (pasportlari ishlab chiqildi) shakllantirildi;
- Ekoturizmni rivojlantirish maqsadida viloyatdagi salohiyatli o‘rmon xo‘jaliklari va salohiyatli ekoturizm maskanlari o‘rganildi va ro‘yxati (pasportlari ishlab chiqildi) shakllantirildi;
- Xorazm milliy tabiat bog‘ida ekoturizmni rivojlantirish maqsadida turistik marshrutlar ishlab chiqildi.
II. Ichki turizm bo‘yicha:
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mamlakatimizda ichki turizmga ruxsat berilgani munosabati bilan sayohatlarni tashkil qilishda sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda viloyatimizda ichki turizmni qayta tiklash va faollashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Bunda, hududlar kesimda mahalla, yoshlar va mehnat jamoalarining sayohatga chiqish grafik jadvali tasdiqlandi, turoperatorlar tomonidan sayohatlarni tashkil etishi uchun kerakli tavsiyalar berib borilmoqda, shuningdek, sayohatlarni tashkil etishda aholi orasida, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot ishlari olib borilib, viloyatning turizm salohiyati haqidagi ko‘rsatuv va videoroliklar namoyishlari tashkil etildi.
Aholining jismoniy faolligini oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida viloyatimizning tuman va shaharlar kesimida mamlakat bo‘ylab sayohatga chiquvchilar uchun 2 va 3 kunlik sayohat rejalari (turmarshrutlar) ishlab chiqilib OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot ishlari olib borildi.
Ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, sayyohlarga ziyorat qilish odobini tushintirish maqsadida ziyorat odobi aks ettirilgan ma’lumotlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) ishlab chiqilib ziyorat turizmi maskanlari mas’ul xodimlari o‘rtasida targ‘ib qilinib ziyorat odobi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish