Xorazm viloyatida 2021 yil davomida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobo t


Turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish hamda marketing bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar



Download 0,53 Mb.
bet4/6
Sana17.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#817273
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2021yil hisobot 05 01 2021

3. Turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish hamda marketing bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

3.1. Tadbirkorlarga berilgan imtiyozlarning turizm sohasidagi o‘rni.
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining turizm tarmog‘iga bo‘lgan ta’sirini yumshatish uchun Davlat rahbari tomoningizdan qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar tufayli Xorazmda ham turizm sohasida ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda. Xususan, joriy yilda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 avgustdagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6002-sonli Farmoniga asosan Davlat tomonidan qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatish maqsadida, xususan, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
- joylashtirish vositalarini qurish uchun turizm sohasi sub’ektlariga avval berilgan kreditlar bo‘yicha 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismini subsidiyalashni belgilab berilgan.
- mazkur farmonga asosan joylashtirish vositalari va turoperatorlarning pandemiya vaqtida xodimlarini saqlab turish uchun ajratilgan bir martalik ssuda ajratish belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farmonga asosan 2021 yilda jami 7 ta joylashtirish vositalariga mehmonxona xizmatlarini qo‘shimcha subsidiyalash bo‘yicha 1.2 mlrd.so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Bundan tashqari, ushbu Farmonga asosan jami 25 ta joylashtirish vositalariga ajratilgan 36,4 mlrd.so‘m miqdoridagi avval berilgan kreditlarning 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda foiz xarajatlarini Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismini, ya’ni jami 2,4 mlrd.so‘m subsidiyalash belgilandi.
Shuningdek, 2020 yil 1 oktabrdan boshlab joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovini 18 oydan 24 oygacha uzaytirish bo‘yicha ham imtiyoz berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil davomida viloyatdagi barcha joylashtirish vositalari va turoperatorlik tashkilotlariga 56 mlrd. 253 mln. so‘mlik soliq imtiyozlari berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-4095-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 3 yulduz toifasiga ega mehmonxona tashkil qilganligi uchun Xiva shahridagi “Said Islom xo‘ja” mehmonxonasiga 2 mlrd 280 mln. so‘m miqdorda subsidiya ajratildi.
Shuningdek, Turizm faoliyati sub’ektlarini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash, mintaqaning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholining bandligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda oilaviy mehmon uylari tashkil qilish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu qaror bo‘yicha soddalashtirilgan tartibda sertifikatlashtirilishi natijasida har bir tadbirkorlar 10 mln. so‘mgacha mablag‘ tejalgan hamda bir qator qulayliklarga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda viloyatda 83 ta oilaviy mehmon uylari (291 xona, 764 o‘rin) mavjud bo‘lib, joriy yilning yanvar-dekabr oylari davomida 8 ta oilaviy mehmon uylari (34 xona 80 o‘rin) tashkil qilindi.
Bundan tashqari, ushbu oilaviy mehmon uylari tashkil qilishda tashabbuskorlarga 1.5 mlrd. so‘mdan ortiq uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Ma’lumot uchun:
Urganch shahrida 12 ta, Urganch tumanida 1 ta, Tuproqqal’a tumanida 1 ta,
Xiva tumanida 1 ta, Xiva shahrida 68 ta, shundan, “Ichan qal’a”da 51 ta.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish