Xorazm viloyati hazorasp tumanidagi



Download 26.72 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi26.72 Kb.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

XORAZM VILOYATI

HAZORASP TUMANIDAGI

1-SON AYRIM FANLAR CHUQUR O’RGANILADIGAN IXTISOSLSHTIRILGAN

MAKTAB-INTERNATI.

ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI



RAHMONOVA NIGORANING

«Mahbub –ul –qulub»

MAVZUSI BO’YICHA YOZGAN BIR SOATLIK



DARS ISHLANMASI.

Alisher Navoiyning ,,Mahbub –ul –qulub’’ asaridan olingan

boblarni o’rganish usullari.

[6 -sinf III –chorak]

Darsning maqsadi

Ta’limiy maqsad ; A.Navoiyning ,,Mahbub –ul –qulub’’asaridan olingan boblar yuzasidan o’rganilgan bilimlarni mustahkamlash . Tarbiyaviy maqsadi ; Ajdodlar merosiga hurmat, sahovat ,muloyim tabiatlik va yahshi odatlarga amal qilish ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad ; O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish , mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish ,xotirasini mustahkamlash . Darsda foydalanilgan usullar ; ,,Zig –zag’’ o’yini , ,,Qiyin so’zlar ‘’ o’yini, ,,Klaster’’usuli , kichik sahna ko’rinishlari foydalanildi . Darsda qo’llaniladigan jihozlar ; Sinf bayramona bezatiladi. Doskada A.Navoiy portreti , ,,Hamsa’’ kitobi , albomlar , tarqatmali materiallar , ,,Assalom , Navoiy ‘’sarlavhasi , oq qog’ozlar , rangli qalamlar, akt.



Darsning borishi ;

O’qituvchining kirish so’zi Aziz o’quvchilar ! Mana biz buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodi ,shoirning ,,Mahbub –ul –qulub ‘’ asaridan olingan boblar bilan tanishdiк .Bugungi darsimiz ayni Navoiy bobomizning tavallud kunlari arafasida o’tmoqda .SHu munosabat bilan bu darsimizni ,,Assalom, Navoiy bobo ‘’ deb nomlaymiz.Darsimiz musobaqa tarzida o’tkaziladi. Biz 3 soat davomida A.Navoiy hayoti va ,,Mahbub –ul –qulub’’dan olgan bilimlarimizni musobaqa tarzida mustahkamlab olamiz . Oldingi darsimizda berilgan topshiriqlarga ko’ra sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’lgan edik. Bo’lingan guruhlar o’zlariga nom tanlashlari ,shoir ijodi haqida albom tayyorlashlari va A.Navoiy qatnashgan kichik sahna ko’rinishlarini tayyorlashlari kerak edi. Mana ko’rib turibman ,guruhlar o’zlariga nom tanlab olibdilar.

Marhamat, 1 –guruh ,,Nazm’’ guruhi.

2 –guruh ,,Zukkolar’’ guruhi.

3 –guruh ,,Topqirlar’’ guruhi ekan.

Sizlarga ma’lumki ,,Mahbub –ul –qulub ‘’ asaridan ,,Saxozat va hikmat’’, ,,Hilm’’(muloyim tabiatlik ) ,,Safarning foydalari to’g’risida ‘’gi boblarni o’rgandik. Musobaqa shartlarida aynan ana shu boblardan o’rgangan bilimlarimizni mustahkamlab , charxlab olamiz.Tayyormisizlar ? Demak, musobaqa boshlandi . Birinchi shart ,,Zig –zag ‘’ o’yini. Bu o’yinda har bir guruhga ketma –ket 5 savol beriladi , har bir to’g’ri javob 1 ball.

Marhamat ,,Nazm’’ guruhi .


  1. ,,Navoiy’’ romanini kim yozgan ?

  2. Sahovat nima?

  3. Halol molni kuydrganni kim deydilar ?

  4. Aqli bor odam nimadan qochadi ?

  5. Yolg’on gapiruvchi doimo nimada?

Marhamat ,,Zukkolar ‘’ guruhi

1. A.Navoiyning necha jildlik mukammal asarlar to’plami bor?

2 .Saxovatsiz kishi qanday odam?

3. Saxiy va ahiyning farqi ?

4. Arining g’uvillashida nima bor ?

5. Odamning asosiy imtiyozi nima ?

Marhamat , ,,Topqirlar’’ guruhi


  1. A.Navoiydan oldin ,,Xamsa ‘’ yozgan shoirlar kim ?

  2. Qanday odamni donishmand , oqil deydilar ?

  3. Tilning ofati nima ?

  4. Nima hayotlikdan asardir ?

  5. Qanday odamni pastkash deydilar ?

Berilgan javoblarga qarab g’olib guruh e’lon qilinadi. Endi 2 –shartimizni boshlaymiz .

Bu ,,Qiyin so’zlar o’yini’’ deb atalib , berilgan matndagi qiyin so’zlarga izoh berish.

1 –guruh ,,Nazm ‘’

Saxovat insoniyat bog’ining borvar shajaridur , balki ul shajarning mufid samaridir.

(Javob: borvar shajari -hosildor daraxti mufid samari -foydali mevasi)

2 –guruh ,,Zukkolar ‘’

Ulki el ko’rmaguncha bermas loimdur ,ibrom bila bergandan bermaganni yaxshiroq bil.(Javobi: laim – pastkash

Ibrom –qistash bilan

3 –guruh ,, Topqirlar ‘’

Mazlumga baxshoyish ko’rguzki , zolimdan osoyish ko’rgaysan .

(Javobi : baxshoyish -yaxshilik qilsang .

Osoyish – omonlik )

Ushbu shartni bajarguncha A.Navoiy g’azali bilan aytiladigan ,,Qoshi yosunmu deyin ‘’ qo’shig’I tinglanadi.

O’quvchilar qiyin so’zlarga izoh beradilar va yozilgan topshiriqni o’qituvchiga topshirgach ,buning ham g’olibi aniqlanadi.

Endi 3 –shartimizni boshlaymiz .

Bu shart ,,Klaster ‘’usuli bo’lib ,bunda uchta so’z berilgan . Bular : ,,Saxovat ‘’,,Hilm ‘’, ,,Safar ‘’ so’zlarining ma’nolarini yozib beradilar .

Har bir guruh yozilgan fikrni izohlab ,ya’ni A.Navoiy fikrlarining isboti sifatida og’zaki so’zlab .

Bu shart ham o’quvchilarning fikrlari va og’zaki nutqiga qarab baholanadi .

Endi 4 –shartimiz berilgan topshiriq , ya’ni A.Navoiyning hayoti haqida kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi .

Marhamat , ,,Nazm ‘’ guruhi

,,Alisher va Lutfiy suhbati ‘’ sahna ko’rinishini namoyish etdilar .

,,Zukkolar ‘’guruhi

,,Navoiy bilan mardikor ‘’ sahna ko’rinishini namoyish etdilar qildilar .

,,Topqirlar ‘’ guruhi .

,,Yaxshidan bog’ qoladi ‘’sahna ko’rinishlarini namoyish qildilar.

O’qituvchining yakuniy so’zi :

Aziz o’quvchilar ! Mana tadbir musobaqa darsimiz darsimiz ham nihoyasiga yetdi .

Buyuk bobokolonimiz A.Navoiy ijodi ulkan bir ummon bo’lsa , shu ummondan ozgina bahramand bo’ldik . Odamiylik fazilatlaridan saxovat , muloyim tabiatlik ,tilga e’tibor berish , safarning foydalari to’g’risida ko’plab fazilatlarni o’rgandik .

Bugungi darsimizda musobaqa shartlarini to’liq bajargan g’olib guruh ,,Topqirlar, ‘’keyingi o’rin ,,Zukkolar ‘’ va uchinchi o’rin ,,Nazm ‘’guruhiga nasib qildi. G’olib guruhimizga estalik sovg’alarimiz bor .

Besh asr ham o’tsada , mana

Nomingizni qo’ymaymiz tildan .

Siymongizni doim qilib yod

Sherlaringiz aytamiz dildan.

Uyga vazifa : Inson odobi bilan go’zal mavzusida uy inshosini yozish

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. I Karimov A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T. “Ma’naviyat” 2008 yil 47-bet

2. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” kitobini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma 17-bet

3. Alisher Navoiy “Mahbub-ul-qulub” (Navoiy) T. G’.G’ulom 1983 yil 52 bet

4. “Adabiyot” 10-sinf T. 2004 yil 160-bet

5. “ O’zbek xalq maqollari “ G’.G’ulom nashiriyot 1989 yil 79-bet, 172 bet



6. 6-sinf adabiyot II qism T. 2013 Cho’lpon Nashiriyoti

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa