DARS JIHOZI
Didaktik materiallar
|
«Dunyoning ishlari » hikoyasi bo`yicha tayyorlangan tarqatma materiallar, flipchart (katta bichimli) qog`ozlari, markerlar, skotch, slaydlar, oddiy qalam (sinfdagi o`quvchilar soni bilan teng miqdorda), mavzuga oid adabiyotlar, lug`at, darslik.
|
Ta’limning texnik vositalari
|
Videoproyektor
|
Dars mazmuni
|
T/r
|
Bosqich
|
Vaqt
|
Metod va faoliyatning tavsifi
|
1
|
Tashkiliy
|
4- daqiqa
|
O`qituvchinig bugungi mavzu yuzasidan kirish so`zi.Bunda o`qituvchi darsning rejasi bilan tanishtiradi O`quvchilarni o`qituvchining o`zi bilgan usulida guruhlarga bo`ladi.
.
|
2
|
Yangi mavzu(O`tilganlarni takrorlash)
|
3- daqiqa
5-daqiqa
12-daqiqa
|
Yozuvchi ijodi bo`yicha o`qituvchining kichkina ma’ruzasi.
Har bir guruh o`tgan mavzuni eslab , o`zinig ijobiy fikrlar piramidasini yasaydi. O`quvchilar piramida yasash uchun davra bo’lib turadilar.Guruh sardorining oldinga cho`zilgan qo`li, uning asosi bo`ladi. Qolgan o`quvchilar boshlovchining qo`li ustiga qo`llarini qo`yib, “O`tkir Hoshimovning ijodi to`g`risida bir fikr aytadi .”Qancha ko`p fikr aytilsa piramidaning cho`qqisi baland bo`lib, o`rganilayotgan mavzu mustahkamlanadi.
“Ikki qismli kundalik” metodida matn tahlil qilinadi. Har bir guruhga alohida tarqatma beriladi, unda “Dunyoning ishlari” qissasining Gilam paypoq hikoyasi qismlarga bo`linib, tarqatmalarga yozilgan bo`ladi. “Ikki qismlik kundalik” metodi asosida tahlil qilinadi.
Guruh taqdimoti.
”Ikki qismlik kundalik” usulida quyidagicha tartibda ish olib boriladi.Fikr -qismida kartochkadagi so`zlar yoziladi,sharh- qismida guruh ishtirokchilari hamkorlikda matn mazmuni bo`yicha tushunchalarini izohlab yozadilar.(O`qituvchi o`quvchilar bilan hamijodkor bo`lib, barcha guruhga yordam beradi, maslahatlar beradi, lekin o`qituvchining fikri hukmron bo`lmaydi, u faqat yo`nalish beradi.)
|
3
|
Amaliy mashg`ulot
|
12- daqiqa
|
Guruh taqdimoti.
Har bir guruhdan bir o`quvchi “ikki qismlik kundalik” bo`yicha bajargan topshirig`ini taqdim qiladi.O`qituvchi boshqa guruh ishtirokchilari bilan hamkorlikda topshiriq qay darajada bajarilganligini kuzatib , to`ldirib boradilar.
|
4
|
Nazorat
|
6- daqiqa
|
3/3 metodida mustahkamlash.Bunda quyidagi ish olib boriladi.
O`rganilgan mavzu yuzasidahn topshiriq beriladi.
Topshiriq: Har bir guruh ”3/3 metodi” bo`yicha bugungi mavzu yuzasidan 3ta aniq ma’lumot va 3 ta mos kelmaydigan ma’lumotni yozadi.Ma’lumotlarni joylashtirish tartibi chalkashtirilgan bo`lishi shart.Bir guruhning ma’lumotlari ikkinchi bir guruh tekshiradi.Ular aniq ma’lumotlarga belgi qo`yishlari kerak.
Berilgan vaqt o`z nihoyasiga yetgach tekshirgan guruh taqdimotga chiqadi.Taqdimot vaqtida har bir guruh o`z ishining to`g`i yoki no`to`g`ri tahlil qilinganligini kuzatib tasdiqlab turadi.
|
5
|
Dars yakuni
|
5 - daqiqa
|
Dars o`qituvchinbing xulosasi bilan yakunlanadi.Bunda o`qituvchi “Suhbat” metodidan foydalangan holda ish olib boradi. Guruhdagi o`quvchilar takomillashtirilgan reyting tizimida ball asosida baholanadi. Uyga vazifa qilib O`, Hoshimovning ”Dunyoning ishlari ” qissasini o`qib kelish topshirig`i beriladi.
|