III.Dars turi:Aralash dars
IV.O`qitish metodlari:“Reflekjsiya”, “Juftlikda ishlash”, “Har kim har kimni o`qitadi”, “YQXO`M” “Suhbat”
V. Dars jihozi: Ona tili darsligi, plakat, kartochkalar, rag`batlantiruvchi qog`ozlar, doska, rangli bo`rlar, skoch, markerlar, A3 qog`ozi, Videoproyektor.
VI.Darsning borishi:
O‘qituvchi Videoproyektor yordamida o`quvchilarga bugungi mavzuning rejasi bilan tanishtiradi.
Reja:
1. Kechagi kunga nazar.
2.“Juftlikda ishlash” orqali yangi ma’lumotlarni olish.
3. “Har kim har kimni o`qitadi”
4.Birgalikda katta xirmon to`playmiz.
5. “YQXO`M” ni tinglaymiz.
6.Davra suhbati.
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar biz siz bilan o`tgan darsda “To`liq va to`liqsiz gaplar ” haqida suhbatlshdik.Keling hozir bir daqiqa ichida o`ylanib, har biringiz o`rganilgan mavzu yuzasidan birta ma’lumotni og`zaki tarzda taqdim qilasiz.(Bunda o`qituvchi “Refleksiya ” metodidan og`zaki tarzda foydalanadi.)
O`quvchilarning javoblari quyidagicha bo`lishi mumkin:
-Gaplar o`z bo`laklarining to`la ifodalanganligi yoki ifodalanmay qolganiga ko`ra ikkiga bo`linadi.
-To`liq yoki to`liqsiz gaplar bo`lishi mumkin.
- Shoira o`zi yozgan she’rni o`qidi.(To`liq gap)
- O`zi yozgan she’rni. (To`liqsiz gap)
O`qituvchi: Hozir gapning uyushiq bo`laklari haqida suhbatlashamiz.Bunda sizlar juftlikda ishlaysizlar.Bunda har bir juftlikka bir tarqatma beriladi.Tarqatmadagi materialni o`rganib, yoningizda o`tirgan ikkinchi bir juflik bilan ma’lumot almashasizlar.(Bunda o`qituvchi “Har kim har kimni o`qitadi” metodi asosida ish olib boradi.)
O`tkazish tartibi:
1.Har bir juftlikka mavzuga oid dalil va faktlar yozilgan kartochkalar tarqatiladi.
2.Bir necha daqiqa ichida o`quvchilar mavzuga doir ma’lumotlarni daftarlariga yozadilar.(O`qituvchi sinf ichida aylanib yurib, o`quvchilar topshiriqni qanday tushunganliklarini kuzatadi.)
3. O`quvchilar to`plagan ma’lumotlarini orqasida o`tirgan sinfdoshlari bilan muhokama qilishlari taklif qilinadi.Mashq har bir juftlik ikkinchi bir juftlikka gapirmagunicha davom etadi.
4.O`quvchilar bir vaqt kesimida faqat bir juftklik bilan suhbatlashadi.Vazifa shunday qo`yiladiki , o`quvchilar yangi ma’lumotlarni boshqa o`quvchilardan bilib oladilar.
5.Mashqni bajarib bo`lganlaridan so`ng, o`quvchilar o`z o`rtoqlaridan nimani o`rganganliklari so`raladi.O`qituvchi javoblarni doskaga yoki flipchartga yozib boradi.
Bugungi mavzu yuzasidan tarqatmalar:
Birinchi tarqatma
Gapda bir xil sintaktik vazifa bajarib, bir xil so`roqqa javob beruvchi , o`zaro teng aloqada , boshqa bo`laklar bilan esa tobe aloqada bo`lgan bo`laklar uyushiq bo`laklar deyiladi.
Ikkinchi tarqatma
Uyushiq bo`laklar o`zaro teng bog`lovchilar yoki tenglasahish ohangi orqali birikadi.
Uchinchi tarqatma
Uyushiq bo`laklar bir - biridan pauza bilan ajralib, sanash ohangi bilan aytiladi.Har bir uyushiq bo`lakning o`z ayrim uyushiq bo`lagi bo`ladi.
To`rtinchi tarqatma
Gapning kesimi va egasi ham , ikkinchi darajali bo`laklari ham uyushib kelishi mumkin.
Beshinchi tarqatma
Uyushiq kesimlar: Shavkat yozdi, o`qidi va dam oldi.
Oltinchi tarqatma
Uyushiq egalar:Siz bilan biz ulug` ishga bel bog`ladik.
Yettinchi tarqatma
Uyushiq hol: Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi.
Sakkizinchi tarqatma
Uyushiq to`ldituvchi:Taram – taram olmalarni, asl nashvattilarni, po`sti yupqa luchchak shaftolilarni, quymoqqa o`xshash anjirlarni aytmaysizmi, bay-bay.
To`qqizinchi tarqatma
Uyushiq aniqlovchilar:Chaqaloq kichkina , oppoq va dumaloq qo`llarini cho`zib, menga talpinar edi.
O`quvchilar berilgan vaqt davomida topshiriqni bajarib bo`lishgach, “Har kim, har kimni o`qitadi ” metodi bo`yicha yangi o`zlashtirilgan ma’lumotlarning mustahkamlash jarayoni boshlanadi.
O`qituvchi , hurmatli o`quvchilarlar, mana bir – biringizdan ko`p ma’lumotlarni o`rgandingiz deb o`ylayman.Keling , biz ham paxtakorlarga o`xshab , bilgan ma’lumotlarimizdan katta xirmon yasashga harakat qilamiz.
Endi navbat darsimizninmg “ Birgalikda katta xirmon to`playmiz ” sahifasiga.Siz o`z o`rtoqlaridan nimani o`rganganliklaringizni aytib turasiz, men esa javoblarni doskaga yozib boraman.(Bu vaqtda barcha o`quvchilar daftarlariga doskaga yozilayotgan ma’lumotlarni yozib boradilar)
Darsimizning oxirgi sahifalaridan biri juda ajoyib nom bilan sahifalangan.
“YQXO`M” ni tinglaymiz.
“YQXO`M” metodi.
Bu metod o`quvchilarning darsdan olgan taassurotlarini tez aniqlashga imkon beradi.Uning qiziqarli nomi quyidagi so`zlarning bosh harflari yig`indisidan iborat.
Yaxshi……
Qiziq……..
Xalaqit berdi………
O`zim bilan olib ketaman…….
Mening kayfiyatim……
Bunda siz 223 – mashqni o`qib , undagi uyushiq bo`laklarni hamda mashq matnidan siz uchun Yaxshi, Qiziq, Xalaqit bergani, O`zingiz bilan olib ketadigan ma’lumotlar va Mening kayfiyatim bugungi dars yuzasidan kabi ma’lumotlarni bayon qilasiz.(Bu topshiriq ham juftlikda bajariladi.)
Bir juftlikning “YQXO`M” metodi bo`yicha taqdimoti quyidagicha bo`lishi mumkin.
Yaxshi,Salomatning singlisi, Akramning ukasi – 6- sinf a’lochilari ekanligi, chunki Salomat ham Akram ham mening sinfdoshim.Singlisi bilan ukasi uyushib kelayotgani men uchun yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |