Qizil shlyapa: emotsiyalar ,kuchi intuitsiya, his- tuyg`ular. Hislarni asoslash talab etilmaydi.Ta’lim jarayonida o`quvchilarda qanday hislar tug`ildi?
Qora shlyapa: ehtiyotkorlik. Jarayondagi salbiy holatlat. Kamchiliklar nimalardan iborat? Qanday xatolarga yo`l qo`yildi?
Sariq shlyapa: afzalliklar. Jarayonda qanday yutuqlarga erishildi. Ijobiy xuloslar chiqarish.Nima uchun bunday qilish ma’qul? Afzalliklari qanday? Nima uchun bu amalga oshadi?
Zangori shlyapa: ijodkorlik.Turli g`oyalar. Yangi g`oyalar. Takliflar. Yechimning turli variantlari.Qanday muqobillari mavjud?Jarayonni takomillashtirish yo`llari.
Ko`k shlyapa: tahlil, mulohaza. Mulohaza haqida mulohaza. Qaror qabul qilish.Nimaga erishdik? Keyin nima qilish kerak?
Ta`lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma`lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so`zlari ibratlidir:
«Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo, shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan keib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta`lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi» (I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch. T. «Ma`naviyat», 2008. 61-bet.).
Interfaol metodlarning ta`lim va tarbiya jarayonidagi o`rni va imkoniyatlari:
Interfaol metod-ta`lim jarayonida o`quvchilar hamda o`qituvchi o`rtasidagi faollikni oshirish orqali o`quvchilar bilimini o`zlashtirishni faollashtirishi, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi ko`zda tutilgan.
Interfaol metodlarni mashg`ulot maqsadiga muvofiq tanlash:
To`g`ri tanlangan metodlarni qo`llash mashg`ulotning qiziqarli va samarali bo`lishini ta`minlashi.
O`quvchi o`zi o`rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o`rgata olmaydi;
O`qituvchi o`quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi.Bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi.
Ijodiy muhit – ijodkor shaxsni shakllantirishga yo`naltirilgan bo`lib, jamoada sog`lom muhitni yaratish orqali talim sifati va samaradorligini oshirish o`zaro hamkorlik asosida muammolarning yechimlarini topish aniq maqsadli natijalarni kafolatlash demakdir. Ijodkorlik – kishining o`z qiziqishi, ijodiy namunalariga yangiliklar kiritishga keng iimkoniyatlar ochadigan mashg`ulotlar bilan shug`ullanishga intilishlarida o`z aksini topadi. Bu yo`nalish bo`yicha yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan kishilar doimo o`zlari qiziqqan sohaga ijodiy faoliyatida biron bir o`zgarish yasash, yangilik kiritishga harakat qidadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |