Xorazm viloyat pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,9 Mb.
bet51/71
Sana28.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#714050
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
Xorazm viloyat pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini

Ikkinchi bosqich:
Har bir guruh o`tgan mavzuni eslab , o`zinig ijobiy fikrlar piramidasini yasaydi. O`quvchilar piramida yasash uchun davra bo`lib turadilar.Guruh sardorining oldinga cho`zilgan qo`li, uning asosi bo`ladi. Qolgan o`quvchilar boshlovchining qo`li ustiga qo`llarini qo`yib, “O`tkir Hoshimovning ijodi to`g`ri sida bir fikr aytadi .”Qancha ko`p fikr aytilsa piramidaning cho`qqisi baland bo`lib, o`rganilayotgan mavzu mustahkamlanadi.
Masalan,bir guruhning “Ijobiy fikrlar piramidasi ” quyidagicha bo`lishi mumkin.
Bir o`quvchining fikri: “O`tkir Hoshimov 1941 yil tug`ilgan.ikkinchi o`quvchi : “Ustoz Said Ahmad unga bag`ishlab “Ijod va jasorat” maqolasini yozgan”Uchinchisi : “Yozuvchi bizning zamondoshimiz bo`lgani bilan faxrlanamiz” To`rtinchisi: “U hikoyalari va qissalari bilan mashhur”va hokazo kabi fikrlar bildiriladi.
Uchinchi bosqich:
Har bir guruhga alohida tarqatma beriladi, unda “Dunyoning ishlari” qissasining Gilam paypoq hikoyasi qismlarga bo`linib, tarqatmalarga yozilgan bo`ladi. “Ikki qismlik kundalik” metodi asosida tahlil qilinadi.
Guruh taqdimoti.
”Ikki qismlik kundalik” usulida quyidagicha tartibda ish olib boriladi.Fikr -qismida kartochkadagi so`zlar yoziladi,sharh- qismida guruh ishtirokchilari hamkorlikda matn mazmuni bo`yicha tushunchalarini izohlab yozadilar.(O`qituvchi o`quvchilar bilan hamijodkor bo`lib, barcha guruhga yordam beradi, maslahatlar beradi, lekin o`qituvchining fikri hukmron bo`lmaydi, u faqat yo`nalish beradi.)
Birinchi tarqatma:
Har yili dam olishga borganimda onamga gilam paypoq olib kelaman.Kavkaz tomonda ko`p bo`ladi.Juba deyishadi, jurabi deyishadi.Oyim noyob narsaga ega bo`lganidek, uzundan – uzoq duo qiladi.Shundoq mehribon o`g`li borligini aytib qo`shnilarga maqtanadi.
Ikkinchi tarqatma:
Oyimning oyog`i kasal.Salqin tushishi bilan shishib ketadi, og`riydi,
Qo`ni – qo`shnilar ahvol so`rasa, ularniyam, o`ziniyam yupatadi.
- Ha, endi keksalik-da, o`rgilay.Lekin onamning oyoq og`rig`i faqat keksalikdan emas.
Uchinchi tarqatma :
Bolaligimda ko`p kasal bo`lar edim: ko`k yo`tal, bezgak, ..Shuning uchun oshxonadagi mixda ko`k qarg`aning patidan tortib, gultojixo`rozgacha ilig`liq turardi. Oyog`im zaxga tegishi bilan tomog`im og`rishga tushadi.Oyoq bilan tomoqning nima aloqasi borligini haliyam tushunolmayman.
To`rtinchi tarqatma:
Bir kuni akalarim bilan yaxmalak o`ynab terlab ketdim. Terlab turib muz yedim.Kechqurun isitmam ko`tarildi.Tomog`im hippa bo`g`ib qo`ydi.Hushimdan keta boshlaganimda onamning chirqillab yig`laganini eshitdim
Beshinchi tarqatma:
Oyog`ingizdan ayrilibsiz-k1 – dedi Hoji buvi boshini chayqab.Oyimning kalishini ichi qorga to`la edi.Qarg`aning miyasini chaqib surmasangiz, cho`loq bo`lib qolasiz.Oyimning ikkala oyog`i qip- qizil g`o`sht edi.

  • Sovuq yegani yo`q, - dedi sekin.-Qaytaga isib ketdi.

Hoji buvi uning oyog`ini uqalab ko`rdi.

  • Sezyapsizmi?

Nimani ? – dedi oyim oyog`iga emas, menga qarab.
Masalan, bir guruhning taqdimoti quyidagicha bo’lishi mumkin.
Namuna:

Fikr

Sharh

Oyog`ingizdan ayrilibsiz-ku – dedi Hoji buvi boshini chayqab.Oyimning kalishini ichi qorga to`la edi.Qarg`aning miyasini chaqib surmasangiz, cho`loq bo`lib qolasiz.Oyimning ikkala oyog`i qip- qizil g`o`sht edi.



  • Sovuq yegani yo`q, - dedi sekin.-Qaytaga isib ketdi.

Hoji buvi uning oyog`ini uqalab ko`rdi.

  • Sezyapsizmi?

Nimani ? – dedi oyim oyog`iga emas, menga qarab.

Ushbu parchada ona o`z bolasini davolash uchun o`zini unutganini ko`ryapmiz.Qish fasli. Hammayoq qor bilan o`ralgan . Ona bolasini davolatish uchun Hoji buvinikiga qorlarni bosib kelgan.Faqat bolani o`ylagan onaizor, oyog`ini sovuqqotganini sezmagan. Hattoki qizarib ketgan, agar Hoji buvi aytmaganda, hali o`zi buni sezmaydigan darajada.Bu yerda o`zbek onalariga xos mehr – muhabbat hayotiy tarzda ifodalangan.

Guruh taqdimoti.


Har bir guruhdan bir o`quvchi “ikki qismlik kundalik” bo`yicha bajargan topshirig`ini taqdim qiladi.O`qituvchi boshqa guruh ishtirokchilari bilan hamkorlikda topshiriq qay darajada bajarilganligini kuzatib , to`ldirib boradilar.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish