XORAZM VILOYAT PEDAGOG KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
TIL VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASI
SHOVOT TUMANI 1-IXTISOSLASHGAN MAKTAB INTERNATNING ONA TILI VA ADABIYOTI FANI O`QITUVCHISI ATAJANOVA ZUHRANING “XALQ OG`ZAKI IJODINI O`RGANISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDAGI ISH TAJRIBASINI
OMMALASHTIRISH
Urganch – 2014
OMMALASHTIRUVCHI: - TIL VA ADABIYOT TA’LIMI KAFEDRASINING
KATTA O`QITUVCHISI N.SABIROVA
TAQRIZCHILAR: - VPKQTMOI DOTSENTI N.MAHMUDOVA
URGANCH SHAHAR 1-MAKTAB ONA TILI VA
ADABIYOTI O`QITUVCHISI N.MATSAPAYEVA
Ushbu metodik tavsiya ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari
uchun mo`ljallangan.
Ushbu metodik tavsiya VPQTMOI ilmiy kengashining 2014 - yil _______-sonli yig`ilishi qarori bilan tasdiqlangan va tarqatishga tavsiya qilingan
Xalq og`zaki ijodini o`rganishda zamonaviy metodlardan foydalanishning ahamiyati
REJA:
I.So`z boshi.
2. Xalq og`zaki ijodi o`quvchilarni topqirlikka undaydi
3. Dars ishlanmalari va tadbirlardan namunalar.
SO`Z BO SHI
Oliy toifali, tajribali va izlanuvchan pedagog Zuhra Atajanova dars mashg`ulotlarini “Dars muqaddas” tavsiyalari asosida tashkil qilib, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda o`qitishning turli vositalari: yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar , axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanib boradi. Mavzuni o`rganish jarayonida yangiliklarni zamon va makon bilan hamnafaslikda, turli hayotiy misollar bilan uyg`unlikda , milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan hamohang tushuntirib, o`quvchilar xotirasiga chuqur singdirishga harakat qiladi.
Zulfiya Atajanova ko’p yillardan beri maktabda ona tili va adabiyot fanidan saboq berib kelmoqda.U o’zining mehnat faoliyati davomida juda samarali ishlarni bajarib, katta yutuqlarga erishgan.Uning izlanuvchanligi, har bir ishning yangi qirrasini ko’ra oladigan mohir pedagogligi darslarida o’z aksini topmoqda.
Zuhra Atajanova har bir darsiga o’zgacha mehr bilan qarab, o`quvchilarni faollashtirishga yo`naltiradigan ta’limiy o`yinlardan unumli foydalanadi.O’qituvchi ko’p yillik mehnat tajribasidan kelib chiqqan holda, darslarni o’tishda doim yangilikka intilib, dastur bilan cheklanib qolmasdan, balki o’zi ham mavzuga yondosh dasturlar va yangiliklar ishlab chiqadi. Novator o’qituvchi o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birgalikda, to’garak mashg’ulotlarini ham muntazam ravishda olib boradi.
Xalq og`zaki ijodi namunalarini chuqur o`rgatish uchun “Adabiyot” to`garagini tashkil qilib, unda ham to`garak mashg`ulotlarini o`tkazishda yangicha yondashib, ota- onalar hamda o`quvchilarning hurmatini qozonib kelmoqda.Ushbu to`garakning mazmuni milliy qadriyatlar ruhida sug`orilgan bo`lganligi sababli, ota – onalar hurmatini qozonmoqda.
U tajribali va malakali o’qituvchi sifatida hamkasblari va o’quvchilari o’rtasida alohida hurmatga sazovor.
Yangilikka o`ch bo`lgan muallima tuman miqyosidagi turli tanlovlarda qatnashib, faxrli o`rinli egallamoqdalar.
Tajribali pedagog maktab jamoat ishlarida faol ishtirok etish bilan birga, tuman va viloyat miqyosida o`tkaziladigan turli ko`rik-tanlovlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
O`qituvchimiz sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkillashtirishda ham turli yangiliklardan, o`rinli foydalanib kelmoqda.
VPKQTMOI Til va adabiyoti ta’limi kafedrasining rejasiga binoan 2012-2013 o’quv yili davomida Z.Atajanovaning darslari Shovot tuman metodika kabinetining uslubchisi bilan hamkorlikda kuzatildi.O’rganish natijasida, o’qituvchining darslari zamon bilan hamnafas ekanligi aniqlanib, 2014 -yilda ommalashtirish rejalashtirildi.
Biz, Z.Atajanovaning kelajakdagi ish faoliyatiga, sharafli va mashaqqatli vazifasini astoydil bajarishiga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Quyida novator pedagogning tajribalaridan ayrim namunalarni keltirmoqchimiz.
Sabirova Nasiba
VPKQTMOI Til va adabiyot ta’limi
kafedrasi katta o’qituvchisi.
Rajabova Oyshajon
Shovot tuman xalq ta’limi
bo’limi metodisti.
Xalq og`zaki ijodi o`quvchilarni topqirlikka undaydi
Xalq og‘zaki ijodi badiiy adabiyotning eng qadimgi shaklidir. Negaki, odamlar badiiy asarlarni dastlab og‘zaki shaklda yaratishgan va ular og‘izdan og‘izga ko‘chib yurgan. Bu asarlar qattiq ta’sir kuchiga ega bo‘lganliklari uchun ham xalqning badiiy xotirasi tufayli davrlar osha avlodlarga yetib kelgan. Kim tomonidan yaratilgani noma’lum bo‘lgani uchun ham bunday asarlarga xalq og‘zaki ijodi namunalari deyiladi. Bu asarlar davr o‘tishi bilan boyitilib, tilning taraqqiyot davrlariga moslashib boravergan. Xalq og‘zaki ijodi yozma adabiyot uchun asos vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham folklorni chuqur o‘rganmasdan turib, yozma adabiyot namunalarini to‘liq anglash mushkil.
Xalq og‘zaki ijodi tom ma’noda 5-sinfdan boshlab o‘rgatila boshlanadi. Maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertaklar bu bosqichda samara beradigan janrlardandir. 6-sinfda esa xalq qo‘shiqlariga katta e’tirbor berilgan. 7-sinfda “Ravshan”, 8-sinfda “Kuntug‘mish”, 9-sinfda “Alpomish” dostonlarining o‘qitilishi maktab o‘quvchilarining xalq ma’naviy mulkidan bahramand qiladi, ularni chinakam vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Bu matnlarni o‘quvchilarga to‘liq yetkazib berishda interfaol usullardan o`rinli foydalani, fanlararo bog`lanish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu esa o`z o`rni o‘quvchilarni topqirlikka o‘rgatsa, ikkinchidan, ularni mavzu yuzasidan bahs-munozara olib borishlarida asqotadi.
Z.Pirjonova
Mavzu:Sifat darajalari.
Darsning maqsadi:1.Ta`limiy:DTS asosida o`quvchilarda sifat darajalari yuzasidan bilim va ko`nikmalar hosil qilish;
2. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda og`zaki va yozma nutqda sifat darajalarini to`g`ri qo`llash,mantiqiy fikrlash,ijodil yondashuv malakalarini rivojlantirish;
3.Tarbiyaviy:Yoshlarni yurtga muhabbat,o`tmish ajdodlar ruhiga ehtirom tuyg`ularida kamol toptirish;
Dars uslubi:suhbat,munozara,amaliy ish;
Dars jihozi:darslik,plakat,rangli rasmlar,tarqatmalar;
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish,navbatchi axboroti,sinf ozodaligini tekshirish;
Uy vazifasini so`rash: 354-mashqning bajarilishini og`zaki tekshiramiz:”O`zbek milliy liboslari”mavzusidagi 1-2 o`quvchining matnlari o`qib eshittiriladi.Unda ishlatilgan asliy va nisbiy sifatlar izohlanadi.
(quyida o`quvchilarga beriladigan savollar taqdim etiladi)
-Qanday bo`limni o`rganayapmiz?-Sifat deb nimaga aytiladi?
-Ma`no jihatidan necha turga bo`linadi?-Tuzilishiga ko`ra sifatlar necha turli bo`ladi?-Sodda sifatlarga misollar keltiring. -Qo`shma sifatlar qanday hosil bo`ladi?-Juft sifatlar haqida ma`lumot bering.-Takroriy sifat deb nimaga aytiladi?
-Asliy sifatlarga qanday sifatlarni misol keltirish mumkin?-Nisbiy sifatlarga namunalar ayting?- -roq qo`shimchasini qaysi sifatlar qabul qiladi?
Yangi mavzu bayoni:Sifat darajalari.
Qoida:Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari,ana shunday ma`no ifodalovchi shakllar esa daraja shaklllari deyiladi.Sifatning quyidagi to`rt xil darajasi mavjud:1)oddiy daraja;2)qiyosiy daraja;3)orttirma daraja;4)ozaytirma daraja;
*2*(Bunda qog`ozlarga yozilgan”aqlli bola”,”shirin ovqat”, ”mazali qovun”; ”aqlliroq bola”, ”shirinroq ovqat”, ”mazaliroq qovun”;
” juda aqlli bola”, ”eng shirin ovqat”, ”g`oyat mazali qovun”; ”biroz aqlli bola”,”picha shirin ovqat”,”sal mazali qovun”; so`zlar plakatda berilgan bo`limlarga mazmuniga qarab joylashtiriladi)
Oddiy daraja:
Aqlli bola,shirin ovqat,mazali qovun.
|
Qiyosiy daraja:
aqlli bola, shirinroq ovqat,mazaliroq qovun
|
Orttirma daraja:
juda aqlli bola, eng shirin ovqat, g`oyat mazali qovun.
|
Ozaytirma daraja:
biroz aqlli bola, picha shirin ovqat, sal mazali qovun
|
(Shu tariqa darslikdagi 1-toshiriq sharti kengaytirilgan tartibda bajariladi,qoida mazmuni mustahkamlanadi.)
Mustahkamlash:
355-mashq.Sifatlarni toping. Ularni asliy va nisbiy sifatlarga ajrating.Darajalarini aniqlang.(og`zaki)
1.Xalqimiz qadimdan shu zaminga kuchli mehr, yuksak madanyiat ila munosabatda bo`lganlar.2.Kampirning bu so`zlarida cheksiz mehr, allaqanday nozik ichki bir dard bor edi.3.Elchi o`rnidan turib, yuzlari cho`zinchoq,ko`zlari katta,novchadan kelgan Siparganizga ta`zim qildi.4.Kelinga ko`zimiz tushadi:yumaloq,qip-qizil loladay yuzli, ko`zlari uchqunli, yaxshigina, go`zalgina qiz.5.Sadafbibi qoramag`izdan kelgan,yuzlari yumaloq,qosh-ko`zlari qop-qora.
(Asliy sifatlar: kuchli,yuksak, nozik,cho`zinchoq, katta,novcha, qizil,uchqunli, yaxshi,go`zal,qoramag`iz,qora;Nisbiy sifatlar:cheksiz, ichki,loladay;)
356-mashq.Matnni o`qing.Sifatlarni aniqlab,ularga izoh bering.(og`zaki tahlil qilinib, sifatlar izohlangan holda yozib olinadi.)
Beruniy uchlari jingalak,qalin moshguruch soqolini tutamlaganicha o`yga toldi.Tokchadagi shamlar shu`lasida uning bir-biriga tutashgan o`siq qoshlari,cho`zinchoq, qoramtir yuzi,chambarak qalpoqchasi tagidan bo`rtib chiqqan do`ng peshonasi,uzun qiyg`ir burni-butun qiyofasi qandaydir juda shiddatli ko`rinar ,zotan ,dong`i ketgan allomalardan ko`ra suronli janglarda toblangan lashkarboshiga o`xshab ketardi.
*3*(jingalak,qalin, o`siq, cho`zinchoq, do`ng,uzun, shiddatli, suronli-sodda,asliy, oddiy darajadagi sifatlar; qoramtir-sodda,asliy,ozaytirma darajadagi sifat;)Ushbu mashq bajarilganda hazrat Beruniyning portretidan foydalaniladi va shu o`rinda Beruniy haqidagi bir she`r o`quvchilardan biri tomonidan ifodali yod aytiladi.
“Beruniy bobomlar.”
Ajdodlar merosin o`rganib dildan,
Izlab tarix so`zlarin har din-u eldan ,
Teran nigoh bilan boqib moziyga
Nomini ulug`laylik biz chin ko`ngildan.
Abu Rayhon Beruniy- qomusiy olim,
Egallab fan cho`qqisin galma –gal ,bir-bir,
Mehnat qilgan, izlangan bo`lib betinim,
Shunda ham tuganmas bu olamda sir.
357-mashq. Iqtidorli o`quvchilar uchun. Sifatlarni aniqlab,ularga –roq qo`shimchasini ,juda, eng, g`oyatda so`zlarini qo`shing,ularning gap ma`nosiga qanday ta`sir etayotganini aniqlang.
Bobur temuriylar sulolasining so`nggi yirik vakili edi.U tadbirkor va jasur lashkarboshi,dono va adolatli hokim,fozil va o`qimishli inson,ajoyib lirik shoir,ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo`lgan yetuk olim edi.Uning “Boburnoma ”asari haligacha Sharqdagi voqeot janrining beqiyos namunasi bo`lib kelmoqda.
(Yirikroq, tadbirkorroq, jasurroq, donoroq, adolatliroq, fozilroq, o`qimishliroq, ajoyibroq, yaxshiroq, yetukroq, beqiyosroq;
Juda yirik,juda tadbirkor, juda jasur, juda dono, juda adolatli, juda fozil , juda o`qimishli, juda ajoyib, juda yaxshi, juda yetuk, juda beqiyos;
Eng yirik, eng tadbirkor, eng jasur, eng dono, eng adolatli, eng fozil, eng o`qimishli, eng ajoyib, eng yaxshi, eng yetuk, eng beqiyos;)
Ushbu mashq bajarilganda hazrat Boburning rangli tasvirdagi rasmidan foydalaniladi, bir o`quvchi tomonidan Bobur hazratlariga bag`ishlangan she`r aytiladi.
“Bobur-dilbar shaxs.”
Andijonda tug`ilib voyaga yetgan,
Adolatsizliklardan Hind sari ketgan,
Sog`inch nolalari Vataniga yetgan
Bobur nodir shaxsdir,Bobur- dilbar shaxs.
*4*O`zi yurt o`g`loni,qabri yot elda,
She`rlari yashaydi har bir ko`ngilda,
Ehtiromdan qasr qurganmiz dilda,
Bobur nodir shaxsdir,Bobur- dilbar shaxs.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlash
(savollar gul shaklidagi qog`ozlar ortiga yozilib,o`quvchilar javob bergach, savat ustiga guldasta ko`rinishida tartib bilan yopishtirib boriladi.Bu o`quvchilarning bobolar ruhiga hurmat-u ehtiromi-bilimlar guldastasi sifatida sharhlanadi. )
Baholash.Xayrlashish.
Sinf: 7-sinf
Fan: Adabiyot
Mavzu: Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”romani.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy:
O’quvchilarni “Mehrobdan chayon “romaning mazmuni bilan tanishtirish.Asarning bosh g’oyasini o’quvchilar ongiga singdirishga ko`maklashish.
Tarbiyaviy: Asar tahlili asosida Vatanparvarlikni, estetik qarashlar va sog’lom e’tiqod tushunchasini anglashga yordam berish.
Rivojlantiruvchi:
Guruhlarda ishlash va taqdimotlar tayyorlash asosida mustaqil fikrlashni, olgan ma’lumotlaridan xulosalar chiqara olish ko`nikmasini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi, musobaqa dars.
Dars usuli: Hamkorlikda o’rgatish, kichik guruhlarda ishlash, musobaqa darsi.
Darsning jihozlari: O’qitish vositalari:
-
7-sinf adabiyot darsligi,
-
A.Qodiriy portreti
-
Tarqatma kartochkalar
-
Adibning asarlari
-
Doska, bo’r.
Texnik vositalar:slaydlar, “Zulmatni tark etib “filmidan lavha
Texnik qurilmalar: Kompyuter, proyektor, fleshka.
Darsning texnologik xaritasi
Dars jarayoni va uning bosqichlari:
|
Ishning nomi
|
Bajriladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism
|
1. Davomatni aniqlash.
|
1. Davomatni aniqlash.
|
1 daqiqa
|
Otilganlarni takrorlash
|
O’tilgan mavzu bo’yicha “Ha, yo’q” oyini
savol-javob orqali o’quvchilarning ushbu mavzuga tayyorligi va ehtiyojlari aniqlanadi.
|
Og’zaki so’rov
|
2
daqiqa
|
Yangi mavzuning bayoni
|
1. Slaydlar asosida o’qituvchining kichik ma’ruzasi.
|
Slaydlar taqdimoti
|
6 daqiqa
|
Mustahkamlash
|
1.“Xabarchi” o’yini asosida ma’lumot olish. (8 daqiqa)
2. Filmdan lavha namoyishi (4 daqiqa)
2. O’quvchilar nimani oldindan bilar edi, dars jarayonida nimalarni bilishni xohlaydi (7 daqiqa)
3. O’quvchilar voqeaning davomini asar qahramonlari timsolida gavdalantirishi (7daqiqa)
|
Zig-zag metodi
B.B.B.
“Rolli o’yin” metodi
|
28 daqiqa
|
Baholash.Dars yakuni
|
O’quvchilar nimalarni bilib olganligini tahlil qiladi.
|
Guruhni baholash
“BBB” metodi
|
6 daqiqa
|
Uyga vazifa
|
Insho yozish.
|
Yozma topshiriq
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:Tashkiliy qism:
O’quvchilar yo’qlama qilinib ,o’quv qurollari tekshiriladi,
2.O’tilganlarni takrorlash.
“Ha, yo’q” o’yini.
1.A.Qodiriy 1894- yilda tug’ilganmi?
2. U o’limdan qo’rqqanmi?
3. Uning ota- onasi boy edimi ?
4. U ustachilik qilganmi?
5. U bog’bonlik qilganmi?
6. Unga qoyilgan ayb ,ya’ni “sho’ro rahbarlarini obro’sizlantirdi” degan gap to’g’rimi?
7. A.Qodiriy roman yozganmi?
8.A.Qodiriy uzoq umr ko’ganmi?
3. Yangi mavzu bayoni. Qodiriyning katta o’g’li Habibulla Qodiriy shifokor, yozuvchi bo’lib yetishdi.U “Otam haqida “, “Qodiriyning so’nggi kunlari kabi asarlar muallifi sifatida tanilgan. “Yozmoqqa niyatlanganim yangi zamon romanchiligi bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi , bir havasdur” A.Qodiriy “O’tkan kunlar”“Mehrobdan chayon” romani 1928-yil yozib tugatilgan. Asarda ikki yosh- Anvar va Ra’noning muhabbati yolidagi xilma-xil mojarolar qalamga olinadi.“Qo’rqinch bir jasorat” bo’limida Anvarning do’sti Sultonalini qutqarish uchun Xudoyorxon huzuriga kelishi tasvirlangan.
“…Shunda o’rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog’yurak bir yigit,va o’lim sari kulib kelguchi bir arslonni o’z tarixida birinchi marotaba ko’rdi va tong ajabda qoldi. Bu ulug’ jasorat bir necha daqiqalargacha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to’xtatdi.”
Asar qahramonlari: Anvar, Ra’no, Solih mahdum, Nigor oyim, Sultonali, Abdurahmon domla, Xudoyorxon, Safar bo’zchi va boshqalar.
4. Mustahkamlash.“Xabarchi”
Har bir guruhga quyidagi matnlar tarqatiladi.
1.Turkiston feodallarining keyingi vakili bo’lgan Xudoyorxonning o’z xohishi yo’lida dehqon ommasi, va mayda hunarmand- kosib sinfini qurbon qilishi , mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi keluvchilarga rahmsiz jazo berishi-romanning bosh mavzuidir.Bu yo’lda Xudoyorxonga birinchi yordamchilar –ulamolar, ularning axloqi , madrasa va oila hayoti, ularda insoniy hisdan asar ham qolmaganigi asarda haqqoniy tasvirlangan.
2.Xudoyorxon va uning ulamolaridan tashqari kambag’allarning axloqi , o’zini tutishi, oilasi, turmushi va bir-biriga samimiy munosabati tasvirlangan.
Asarda Xudoyorxon va kambag’allarning bir-biriga qarshi chiqishi haqqoniy aks ettirilgan.
3.Asarda yana xon xarami xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etnografik lavhalar, o’zbek hayoti, qiziqchiligi, tanqidchiligi, o’zbek xotin-qizlari orasidagi iste’dod, askiyachilik va boshqa ko’p jihatlar qamrab olingan.
Har bir guruh ishtirokchilari bu matnlarni o’qib 2tadan savol shakllantiradilar, keyin guruhdan Xabarchi saylanib ,bu Xabarchi o’z ma’lumotini qolgan 2 guruhga so’zlab tushuntirib beradi.
Keyin savol-javob o’tkazilib, guruhlar va o’quvchilar rag’batlantiriladi.
“Mehrobdan chayon “filmidan lavha hamoyish qilinadi.Doskada B.B.B. chizmasi chizilib , 1- va 2- ustunlari to’ldiriladiDarslik bilan ishlash: Parcha o’qiladi
Kambag‘al bo‘yoqchi oilasida oltinchi farzand bo‘lib tug‘ilgan Anvar bolaligidan og‘ir turmush girdobiga tushadi. Uch yoshida otasidan, yetti yoshida onasidan ajraladi. Opasi Nodiraning qo‘lida qolgan bola jonkuyar ayolning urinishlari bilan Solih maxdum maktabida tahsil ko‘ra boshlaydi. O‘n ikki yoshga yetganda, Nodiraning xonadonida yashash ham og‘irlashib, u maxdumga farzandlikka beriladi. Maktabdosh do‘sti Nasim tufayli uning saroyda amaldor bo‘lib ishlaydigan otasi bilan yaqinlashadi va bu odam Anvarni saroyga mirza sifatida ishga oladi. Tug‘ma qobiliyati va teran aqli tufayli Anvar mirzaboshilik martabasiga erishadi. Anvar domlasi Solih maxdumning qizi go‘zal va oqila Ra’noni sevadi.Madrasada o‘qimagan kambag‘al Anvarning mirzaboshi darajasiga erishganini ko‘ra olmagan kishilar Ra’noning ta’rifini Xudoyorxonga yetkazadilar va xon qizni so‘ratib, maxdumga odam qo‘yadi. Anvar va Ra’no taqdirning zo‘rligi-ga toqat qilib o‘tirishni xohlashmaydi va xon odamlaridan qochib, yashirinishadi. Xon Anvarning yashirinishida uning yaqin hamfikri Sultonalini aybdor sanab, o‘limga hukm qiladi. Roman voqealari rivojida Anvarning akasi Qobil, uning buxorolik do‘stlari hamda Safar bo‘zchi kabilar faol ishtirok etishadi.
Guruhlarga topshiriq:
O’g’il bolalar Anvar rolida , qizlar Ra’no rolida voqea keyin qanday bo’lganligini taxmin qilishadi.5.Oquvchilarni baholash B.B.B. sxemasining 3- ustuni to’ldiriladi va oquvchilar qo’lidagi rag’batlar hisoblanib , baho qo’yiladi.
6. Uyga vazifa “Darsdan olgan taassurotim” mavzusida insho yozish.
.O‘ZBEK TILIDA SO‘Z-GAPLAR
Darsning maqsadi: «O’zbek tilida so‘z – gaplar haqida» matnini mazmunini o‘zlashtirish, so‘z – gaplar mavzulari bo‘yicha o‘quvchilarning savodxonligini oshirish.
Darsning jihozi: «So‘z-gaplar» mavzusi bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar, kartochkalar, testlar, kodoskop, magnitafon.
Darsning uslubi: Musobaqa dars.
Darsning borishi: a) darsni tashkil etish: b) o‘tilgan mavzuni so‘rash.
Dars o‘qituvchi tomonidan berilgan quyidagi savollardan boshlanadi:
1. Taklif so‘z-gaplar kimlarga qaratilgan bo‘ladi?
-
Ularga qaysi so‘z-gaplar kiradi?
-
Taklif so‘z-gaplar gap tarkibida kelganda qanday tinish belgilari qo‘yiladi?
O‘quvchilar taklif so‘z-gaplar tinglovchiga qaratilishini, ular gapning boshida, o‘rtasida va oxirida kelib, vergul bilan ajratilishini aytadilar. Misollar keltiradilar, so‘ngra adabiyot darsligidan qidirib topilgan so‘z-gapli gaplarni o‘qiydilar:
1. Vo-o-o! Qanday qurganlar? («Gumbazdagi nur»)
2. O, ona Turkiston, kuylayman yonib. («Ona Turkiston» she’ridan)
3. Xo‘p, lafzimdan qaytmayman. («Dahshat» hikoyasidan)
4. Yo‘q, biz shu erning odami. («O‘zbeklar» hikoyasidan)
O‘qituvchi: Keling, darsimizni qiziqarli bo‘lishi uchun ikki guruhga bo‘linamiz. Guruh sardorlari har bir o‘quvchining to‘g‘ri javobi uchun rag‘bat kartochkalarini yig‘ib, guruhning umumiy balini jamlaydi. Birinchi shart yuzasidan guruhlarga quyidagi savollar berildi:
-
So‘z–gaplar kesimlik qo‘shimchalarini qabul qiladimi?
-
So‘z–gaplar mustaqil so‘zlardan hosil bo‘ladimi?
-
So‘z–gaplar matn va ohang bilan bog‘liq bo‘ladimi?
-
So‘z–gaplar qaysi jihatdan ixcham gaplarga o‘xshaydi?
-
So‘z–gaplar sodda gaplar tarkibida kelgan boshqa bo‘laklar
bilan bog‘lanadimi?
-
So‘z bilan gapning qanday farqi bor?
-
Ilmiy matn nima?
-
Ma’rifiy matn nima?
-
Matnda ajratilgan so‘zlarning atamaviy ma’nosini izohlang.
Navbatdagi sinovda so‘z-gaplar yozilgan kartochkalarni guruhlab, konvertlarga joylash kerak. Kartochkalarga quyidagi so‘zlar yozilgan: aftidan, shubhasiz, shekilli, to‘g‘risi, mabodo, voy, obbo, hay-hay, po‘sht-po‘sht, iya, hoy, hey, ey, ha, mayli, xo‘sh, xo‘p, mutlaqo, aslo, sira, mang, qani, marhamat. Bu topshiriqni har bir guruhdan ikkitadan o‘quvchi bajaradi.
Uchinchi shart quyidagicha bo‘lib, kodoskop orqali berilgan gaplarning qoliplari aks etadi. Guruhlar ushbu qoliplarga o‘rni bilan gap tuzishlari talab etiladi.
1. ...., chamasi, ------- ===.
2. Aytishlaricha, \\\\\ ------- ===.
3. .... mayli, - - - - - ====.
4. Labbay, - ==== ------ ......
To‘rtinchi shartda magnit lentasidan har bir guruh uchun ikkitadan topishmoq o‘qib eshittiriladi:
1. Bildirar his-hayajon, Eh, oh, voy jonga darmon.
Qanday so‘z ekan «rahmat»? Kim topsa unga rahmat!
(undov so‘zlar)
2. Shildir–shildir suv oqar
Suv tagidan hum oqar.
G‘uv-g‘uv, tak-tuk, qiy-chuvlar
Toping-chi, qanday so‘zlar? (taqlid so‘zlar)
3. Takror kelgan undov so‘z, Ham juft kelgan undov so‘z
Qanday yozilar ular? Toping, xato aytmanglar.
(chiziqcha bilan)
-
Undovjon gap boshida, Kelar goh o‘rtasida
Yo kelar oxirida, Bir narsa yo‘ldosh unga
Turishar old so‘ngida. (vergul)
Endigi shartimiz «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» o‘yini bo‘lib, unda guruhlar aytilayotgan har bir sharhga diqqatli bo‘lishlari kerak.
-
So‘z-gaplar har doim mustaqil so‘zlardan tuziladi. ( to‘g‘ri)
-
Modal so‘z-gaplar gapning faqat boshida keladi. (noto‘g‘ri)
-
So‘z –gaplar kesimlik qo‘shimchasini olmaydi. (to‘g‘ri)
-
Modal so‘z-gaplar qat’iy ishonch, gumon, taxmin ma’nolarini ifodalaydi. (to‘g‘ri)
-
So‘z gaplar faqat gap o‘rtasida keladi. (noto‘g‘ri)
-
Undovlar faqat shodlik ma’nolarini ifodalaydi.(noto‘g‘ri)
-
Undov so‘z-gaplar faqat takrorlanib keladi. (noto‘g‘ri)
-
Taklif so‘z-gaplar faqat dasturxon ustida aytiladi. (noto‘g‘ri)
-
Tasdiq va inkor so‘z-gaplarda ma’no nozikliklari yo‘q. (to‘g‘ri)
-
Tarkibida undovlar qo‘llangan qo‘shma fe’llar qo‘shilib yoziladi. (noto‘gri)
O‘qituvchi: Bolalar, so‘z-gaplar, asosan, suhbat matnida uchraydi, suhbat esa ko‘proq og‘zaki nutqqa xos. Shunday ekan, o‘zingizni gulzorda tassavvur qilib, o‘zaro gullar payrovini yaratishga harakat qiling. Bu matnda so‘z-gaplar ham qatnashsin.
-
Jahongirbek, gulmisiz, rayhonmisiz, sunbulmisiz?
-
Ziyodullabek, aytganingizman.
-
Do‘stim, bahor ajoyib fasl-da, shak-shubhasiz, bahorni
hamma sevadi, chunki olam turfa rang gullarga burkanadi.
-
Shuni ayting, do‘stim, haqiqatdan bahor ajoyib fasl-da,
lekin miya qurg‘ur sal charchaydi-da, odamni uyqu
bosaveradi.
-
Bahor sizga boshqacharoq ta’sir qilar ekan, shekilli,
rangingiz nargiz gulidek sarg‘ayib ketibdi.
-
Og‘ayni, sizga ham yomon ta’sir qiladi, chamasi, erni
yorib chiqqan boychechakdek bir ko‘rinib, bir ko‘rinmaysiz.
-
Ey, do‘stim, men bir ko‘rinib, bir ko‘rinmasam ham darsga
borsam gul yuzli qizlarimiz «qani-qani» deb kutib olishadi.
-
Hoy do‘stim, ko‘p maqtanavermang, gapingiz yolg‘on
bo‘lsa loladek qizarib qolmang.
-
Men-ku loladek qizarmayman-a, siz ko‘chirmakashlik uchun
«5» olib, doskaga chiqqaningizda dilingiz gulsafsardek
siyoh bo‘lib qolmasin.
-
Og‘ayni, gaplaringiz atirgulning tikonidek sanchiladi-ya,
mayli, do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib.
-
Oh-ho, hazilni ham tushunmas ekansiz-da, darrov
namozshomguldek yopilib olasiz. Odam do‘stdan ham xafa
bo‘ladimi?
-
To‘g‘risi, do‘stdan xafa bo‘lmaydilar, do‘stligimiz
buzilmasin sira.
Navbatdagi topshiriq test sinovi bo‘ladi.
-
Modal so‘zlar qatorini toping.
A) Ha, yo‘q, sari, oh B) Chamasi, rostdan, ham, to‘g‘risi
C) Xullas, bay-bay, tabiiy D) Marhamat
2. Xo‘sh, xo‘p so‘zlari so‘z-gaplarning qaysi turiga kiradi?
A) Undov so‘z-gaplarga B) Inkor so‘z-gaplarga
C) Modal so‘z-gaplarga D) Tasdiq so‘z-gaplarga
3. So‘z–gaplar ma’no va vazifasiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
A) 4 guruhga B) 2 guruhga
C) 5 guruhga D) 3 guruhga
4. So‘z–gaplar sodda gaplar tarkibida kelganda boshqa bo‘laklar bilan......
A) bog‘lanadi B) bog‘lanmaydi
C) Ba’zan bog‘lanadi, ba’zan bog‘lanmaydi D) to‘g‘ri javob yo‘q.
Javoblar kaliti: 1. V 2.D 3. A 4.V .
Ushbu shartimiz topqirlikka asoslanadi. Ya’ni jadvallardagi so‘z-gaplarning so‘nggi bo‘g‘inlarini topsangiz, mustaqil so‘zlar-ning dastlabki bo‘g‘inlari kelib chiqadi:
Guruhlar berilgan shartlarni o‘zaro bellashib, uyushgan holda bajarishdi. Musobaqa so‘ngida guruhlar yiqqan rag‘bat kartochkalari yordamida o‘z bilimlarini baholashdi. Eng faol o‘quvchini aniqlashda o‘quvchilarning fikri inobatga olindi.
Uyga vazifa: badiiy asarlardan, gazeta sahifalaridan so‘z-gaplarni topib yozish, ularga og‘zaki izoh berish. Modal so‘z-gaplar, undov so‘zlar, tasdiq so‘zlardan qatnashtirib o‘nta gap tuzish.
Mavzu: Shoirlikda shoh, shohlikda shoir – Bobur!
(umumlashtiruvhci dars)
Maqsad: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy faoliyatini o`rganish bo`yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ham lashkarboshi, ham shoir, nosir, ham ibratli, mehribon padar sifatidagi faoliyatini ochib berish. O`quvchilarda buyuk bobomiz yashab o`tgan hayot va ijod maktabi bilan iftixor hissini tuydirish, vatanparvarlik, mardlik, dovyuraklik xislatlarini singdirish, ma`naviy kamol toptirish, mustaqil, erkin, ijodiy fikrlashga o`rgatish.
Metod: global, interfaol, guruhlarda ishlash, klaster, sahnalashtirilgan dars.
Jihoz: Zahiriddin Muhammad Bobur rasmi, asarlari, ilmiy kitoblar, gazeta jurnallar, “Boburiylar shajarasi” haqida plakat, “O`zbekiston xaritasi”, magnitofon, rag`bat kartochkalari, slaydlar.
Shior: Vatan, to tanda jonim bor, seningdurman, seningdurman.
Tanim xok, o`lsa ham takror, seningdurman, seningdurman
Darsning borishi: Dars “Yaxshilig`” musiqa sadosi ostida boshlanadi.
“Xursandman” mashqiSo`ng guruhlarga navbat beriladi.
Guruhlar taqdimoti boshlanadi.
Guruhlar taqdimoti
“Sheryurak” – guruhimiz nomi “Sheryurak”Boburday shoir kerak!
Maqsadimiz – Bobur yashab o`tgan hayot chiziqlarini va harbiy yurishlarini yoritib berish.
Diqqat qiling!.. Tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan bitilgan shunday sahifalar bor! 1483-yil – o`z “Xamsa”lari bilan olamni egallagan forsiy shoirlarni yengib, turkiy alfozda o`zbekning nomini yuksakka olib chiqqan ulug` Navoiyning “Xamsa”si dunyoga kela boshladi. Va xuddi ana shu yili Tangri Taalo biz o`zbek xalqiga yana bir inoyat qildi – o`z salohiyati, iste`dodi, harbiy mahorati, zakovati bilan olamni lol qoldirgan shoir va davlat arbobi, mohir sarkarda va olim, tarjimon, Zahiriddin Muhammad Bobur Farg`onaning Andijon shahrida temuriylar xonadonida dunyoga keldi. Viloyat hokimi Umarshayx Mirzo – Amir Temurga evara – 4-avlod, onasi Qutlug` Nigorxonimning otasi Yunusxon esa 12 avlod bilan Chingizxonga tutashardi. Ko`rinadiki, Bobur insoniyat tarixidagi 2 buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan. Unga Bobur – arabcha “Sheryurak” deb nom qo`yishdi. Bu nom butunlay suvrati va siyratiga singib ketgan edi.
-
1494- yil Umarshayx Mirzoga qarshi o`z akasi – Samarqand hokimi Sulton Ahmad hamda qaynog`asi – Toshkent hokimi Mahmudxon o`zaro til biriktirib, yurish qiladi. Nihoyat, qaltis vaziyat yuzaga keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat otasi – Umarshayx Axsi qo`rg`onida kabutarxonasi bilan qulab, halok bo`ladi. Umarshayxdan 3 o`g`il – Bobur mirzo, Jahongir mirzo, Nosir mirzo va 2 qiz qoladi. O`g`illarining kattasi 12 yoshli Bobur taomil bo`yicha taxtga o`tiradi. Sulton Ahmadning mag`lubiyati (Ayriliq ko`z yoshlari tinmay turib, qismat unga toj-taxt minnatini kiydirdi). Sulton Mahmudxonning chekinishi.
Bobur bek atka - Mazidbek (Shayx) va Bobo Alibek, onasining yordami bilan 1-g`alabasi – Samarqandni qo`lga kiritdi.
-
Samarqandga 3 bor yurishlari, chekinish, ta`rif beriladi.
2 yil sargardonlik – temuriylarning birlashmasligi.
Lirik chekinish “Yod etmas kishini mehnatda kishi”
2) “Topmadim” g`azali o`quvchilar tomonidan o`qiladi
-
Andijonda tug`ildi. “Boburnoma” – Jahongir guruhiga
Andijon ta`rifi keltiriladi. Sheryurak
1504-yil - Afg`oniston, Pokiston, Bangladeshni qo`lga kiritishi
1507-yil – Hindistonga qiziqa boshlashi
1525-yildan Hindistonga yurish boshlashi
1526-yil Panipatda Ibrohim Lo`diy qo`shiniga qarshi olib borgan jangi va g`alabasi, 1530-yilgacha Hindistonda olib borgan madaniy-ma`rifiy va obodonchilik ishlari haqida so`z yuritiladi.
Xulosa Demak, Bobur 47 yil umr ko`rib, notinch yashagan bo`lsa ham, o`zining yuksak iste`dodi, salohiyati tufayli o`z umrini jozibali qila oldi.
“Javohir” - guruhimiz Javohir,
Bobur she`riyatda mohir.
-
Qanday asarlar yozganini ayting
-
Bobur xalqimizning har jihatdan yetuk, g`oyat iste`dodli farzandi edi. Uning hayoti faqat janglar bilan emas, ilhomiy onlar bilan ham to`la edi. U 16-17 yoshlaridan boshlab badiiy ijod bilan shug`ullana boshlagan.
-
Bobur o`zbek va fors tillarida ijod qilgan Zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she`rlarini to`plab, 1519-yilda Kobulda, 1528-29-yillarda Hindistonda devonlar tuzgan.
-
Bu 2 to`plam o`sha joylar nomi bilan “Kobul devoni”, “Hind devoni” deb atalgan. Kobul devoni topilgan emas. Mutaxassislarning fikricha, saqlanib qolgan she`rlarining soni 400 dan ortiq. Shundan 119-g`azal, 231 tasi – ruboiy. Shuningdek, shoir tuyuq, fard, masnaviy, qit`a, muammo kabi janrlarda ham ijod qilgan.
-
Bobur 20 yoshida “Xatti Boburiy” kashf etdi.
-
Musiqa bilan shug`ullanib, “Chorgoh” maqomida “savt”lar bitdi.
-
1521-yilda she`riy yo`lda soliq ishlarini tartibga soluvchi “Mubayyinul-zakot” (“Zakot bayoni”) asarini yozdi.
-
1523-25-yillarda aruz vazni haqida “Muxtasar” nomli risola yozdi.
Boburning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” asarlari hanuz topilgan emas.
-
1528-yilda naqshbandiya shayxlaridan bo`lgan Xo`ja Ubaydulla Ahrorga juda e`tiqod qilar edi, uning fors-tojik tilida yozilgan “Volidiya” asarini she`riy yo`l bilan o`zbekchaga tarjima qilgan (bu asar 1-marta 1912-yilda Istambulda “Milliy tatabbu`lar majmuasi”da bosilgan)
-
Bobur devonining katta qismi g`azallardan iborat. G`azallarning ma`lum guruhi hasbi hollik xususiyatiga ega bo`lib, shoir hayotining ma`lum lavhasi bilan bog`lanadi. Uning ko`p she`rlari ‘”ekspromt” – badiha tarzida yuzga kelgan. 1500-1501-yillarda Bobur Samarqandni 2 bor olib, yana boy beradi. Bir muddat sarson-sargardonlikda yurib xon dodasi Yunusxonning oldiga boradi, umidlari puchga chiqqach:
Jonimdin o`zga yori vafodor topmadim,
Ko`nguldin o`zga mahrami asror topmadim…
Matla`si bilan boshlangan g`azalni yozadi.
-
Yana ruhiy ezilishlar natijasida bir ruboiy yozadi:
Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi
Shod etmas emish ko`ngulni mehnatda kishi,
Ko`nglum bu g`ariblikda shod o`lmadi oh
G`urbatda sevinmas emish, albatta kishi.
“Qaddi bila ikki zulfu og`zi,
Jonimga balo bo`lubdur, Olloh!”
Ushbu baytda Bobur ijodiy mo`jizasiga tasanno o`qiydi, kishi. Yozuv sirlaridan voqif etamiz: qadi, 2 zulfi va og`zidan “Olloh” so`zini istixroj usulida yasagan.
-
Istixroj – harflardan so`z yasash san`atidir
З – qad, бб- 2 zulf, o`giz – “he” – А ga o`xshaydi – Зббе
Xulosa
Demak, Bobur biz bilgan buyuk Temuriyzodagina emas, mislsiz nozik didli shoirimiz hamdir!
“Jahongir” guruhiga navbat
Guruhimiz Jahongir,
Dunyoni zabt etgan Bobur”
-
“Boburnoma” tarixiy, badiiy, memuar asardir. “Memuar” so`zi fransuzcha bo`lib, “esdalik” ma`nosini anglatadi. Muallif o`zi ko`zi bilan ko`rgan, real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi. (M: Oybekning “Bolalik”, A.Qahhorning “O`tmishdan ertaklar” qissasi)
-
Bobur 12 yoshidan taxtga o`tirgandan boshlab, kurashlar, mag`lubiyatlar, g`alabalar, g`am-tashvish va shodliklarga to`la hayoti “Boburnoma”da aks etgan. Bu tarixiy-badiiy asar 1494-1529-yillardagi voqealarni, Movarounnahr, Xuroson, Afg`oniston, Hindistonda ro`y bergan hodisalarni o`z ichiga oladi.
-
Boburning o`z so`zi va Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”dagi ma`lumotlarga qaraganda, ‘Boburnoma” dastlab “Voqeanoma” deb atalgan. Bobur buni bir ruboiysida eslatib o`tadi:
Bu olam aro ajab sitamlar ko`rdim,
Olam elidin turfa sitamlar ko`rdim,
Har kim bu “Vaqoye”ni o`qub bilgaykim,
Ne ranju, ne mehnatu, ne g`amlar ko`rdim.
-
Bundan tashqari bir o`rinda Xo`ja Kalonga “Voqeanoma”ni yuborganini esladi.
-
Gulbadanbegim esa “Humoyunnoma”da Kobul hokimiyati haqida so`zlab, “Firdavsmakonning (Boburning) “Voqeanoma” kitobida bunga dalil bo`lguvchi fikrlar ko`p aytilgan” deydi.
-
Asar keyinchalik Gulbadanbegimning ta`rifi bilan “Boburnoma” deb yuritildi va shu nom bilan shuhrat qozondi.
-
“Boburnoma” 10 dan ziyod qo`lyozma nusxasi ma`lum. “Boburnoma”ning Boburning hayot davrida ko`chirilgan 2 nusxasi haqida ma`lumotlar bo`lsa-da, biroq ularning qayerda saqlanayotgani ma`lum emas.
-
“Boburnoma” XVII-XVIII asrlarda ko`chirilgan nusxalari Leningrad, Kalkutta, Agra, Haydarobod, Manchester, London, Edinburg kutubxonalarida saqlanadi.
-
“Boburnoma” 1586-yildayoq fors tiliga, 1705yilda golland tiliga , Djon Leyden va Erskin tomonidan ingliz tiliga, Keyzer tomonidan nemis tiliga, Pavede Kurteyl tomonidan fransuz tiliga, Palyakov, Vyatkin tomonidan rus tiliga tarjima qildi. Sho’ro davrida M.Salye tomonidan to’la tarjima qilinib 3 marta nashr qillindi.
-
“Boburnoma” birinchidan, u nodir tarixiy manbadir. Tarixiy voqealar shunday bir izchillik bilan ro’y-rost aks ettirilganki, uning mo’tabar manba sifatidagi ahamiyati ham ana shunda! Kitob muallifi har qaysi yil voqealarini alohida bir bob sifatida, ma’lum sarlavha ostida batafsil hikoya qiladi.
-
Tarixiy manba sifatida afzalligi qimmati, uning beg’araz, xolis, rostgo’y bayon etishida (gazetadan foydalanish kerak(1))
-
H.Boyqaro haqidagi fikrlar, askarlar bilan birday tutishi, sarkardaligi, sodiq beklari-Do’stbek haqida, yuzdan ortiq tarixiy shaxslar, tabiat lavhalari, badiiy asar sifatidagi qimmati.
-
Mashhur rus sharqshunosi akademik B.Bartold: “Boburnoma”ni “turkcha proza”ning eng yahshi namunasi” deb baho beradi.
-
Andijon, Samarqand ta’rifi, Ulug’bek haqidagi fikri.
Guruhning xulosa
“Boburnoma”-ma’naviyatimiz sof bulog’idir. Shuning uchun
o’rganamiz, havas qilamiz, hayratga tushamiz.
“Tojmahal” guruhiga navbatni beramiz.
Bu guruh Boburning 18 ta farzandi bo`lgani, 11 tasi turli sabablar bilan vafot etgani haqida gapiradi. 4 ta o`g`li – Humoyun Mirzo, Kamron Mirzo, Askariy Mirzo, Hindol Mirzo. 3 ta qizi: Gulbadanbegim, Gulchehrabegim, Gulrangbegimlar haqida ma`lumot beradi.
Xulosa: Bobur va uning avlodlari ibratga loyiqdir.
-
“Hamkorlik” kvadrati mashqiga o`tiladi.
Konvertlarda Bobur ruboiylaridan kesmalar beriladi, uni tez va to`g`ri tiklashga e`tibor qaratiladi.
-
“Men aktyorman” mashqi asosida “Boburning so`nggi kunlari” (“Yulduzli tunlar” romanidan parcha”) qo`yiladi.
-
“Zakovat” o`yini o`tkaziladi.
Guruhlarga 4 ta quticha savol beriladi.
1-savol: “Agar yuz ming bahor bo`lsa ham, u narsa ochilmaydi” degan edi, u nima? (G`uncha)
2-savol: Bobur u narsani ko`rganda “Vatanini ko`rganday yum-yum yig`lagan”. u narsa nima? (Qovun)
3-savol: Bobur “Vatandan ketdim, ammo unda mening nimam qoldi, degan? (Anda jonim qoldi)
4-savol. Bobur “Men qoldirgan 1 narsa xalqlar o`rtasidagi rishtani bog`laydi” degan edi. Bu narsa nima? (Boburnoma)
-
“Bahrbayt” o`tkaziladi. Har bir taqdimotdan so`ng rag`bat kartochkalari berib boriladi. Son`g dars yakunlanadi.
Uyga vazifa. Insho “Bobur – men sevgan shoir”
Muhammad Yusuf ijodi
Tadbir Muhammad Yusuf she’ri bilan aytiladigan “Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston” qo`shig`ini ijro etish bilan boshlanadi.
Ey menga ertaklar so’ylagan zamin
Ergashib orqangdan qolmasman sening
O’zgalar nazdida bogi Eraming
Jiydang yaprog’iga olmasman sening
Vatan qayda bo’lay,sen hamrohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan
Oftob kelin tushgan bog’laring ko’rkam
Yalpiz yastangan dala-dashtlaring
Osmonga tutashgan oq terak o’lkam
Ko’nglimda o’zgacha sayr-u gashtlaring
Vatan qadrim uyi, xonaqohimsan
Bobolarim yotar sajdagohimsan
Oltin beshik uzra allalar aytib,
Hamisha bedorim –onaizorim
Jilg’asi jarangi tongda uyg’otib,
Yuragimga kirib kelgan bahorim,
Vatan, kunga boqib to’ymayin kimsan,
Oh, og’rinib boqar sajdagohimsan.
Alqab meni kuzat ilhaq meni kut
Ey bir parcha bulut, ey bir parcha yo’l
Omon bo’l, sen borki dunyolar unut
Seninghuzuringga eltar barcha yo’l
Vatan,men kelsam ham kelgan yog’imsan,
Ketsam ham asqotar qarorgohimsan
Hayotning ziynati, bahri-bashoratlar,
Muhammad ummatlari, ahli musulmonlar,
Gul-yuz chehralar, mohi-tobonlar
Sohibi davronlar –assalomu alaykum.
Assalomu alaykum hurmatli uzoq –yaqindan tashrif buyurgan qadrli mehmonlar, yuzlaridan nur yo’g’ilgan, mehridaryo , qalbi qaynoq fan bog’ining bog’bonlari , tuproqdan xokisor himmati tog’lardan yuksak aziz murabbiylar,qalbiga so’z ishqi she’r ishqi tushgan she’riyat shaydolari
Mana, bugun bizning o’tkazayotgan biz o’zbek osmonida o’zining o’lmas ajdodi bilan so’nmas yulduz bo’lib dunyoga kelgan O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligiga bag’ishlangan ,,Mehr qolur, muhabbat qolur” deb nomlangan adabiy kechamizga xush kelibsizlar.
Shoir Muhammad Yusuf hayot haqida umr haqida fikr yuritar ekan , umrni bir y6o’lga o’xshatadi. U shunday yo’lki , u uzun hijron yo’li, u uzun azob yo’li , har sahar kulib chiqib ,yig’lab botar oftob yo’li, kim uchun gunoh-u , kim uchun savob yo’li deydi. Biz bugun shoirning umr yo’liga nazar tashlashga, imkon topar ekanmiz, shoir- murodi yaxshilik bo’lganlarga jonini ,qo’lida bor-u yo’g’ini berishga tayyor ekanini anglaymiz.”Ko’ngli pok shogirdimga bulbu;l zabonim beray”- deydi shoir.Bugun bu davrada shoirga o’zining chin muxlislik muhabbatlari bilan ko’ngli pok insonlar yig’ilganiga imonimiz komil. Bugunki adabiy kechamizni ochib berish uchun so’z navbati hurmat va ehtirom bilan maktab rahbari -------------------------------------------bersak.
O’zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf hayot bo’lganlarida shu bahor kunlarida ---- yosh bilan yuzlashar edilar.Shoirdan bizga yaxshi xotiralar, shoirning tafakkur mevasi bo’lmish she’riy to’plamlar qoldi.
O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki , uning bo’stonida bir-biriga o’xshamaydigan bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi.Muhammad Yusuf ham o’zbek xalqining bulbul zabon shoiridir. Aytishlaricha chinakam shoirning qalbida allaqanday sohir qush doimo sayrab turarmish Biz shoir ni chin qalbdan sevuvchi muxlislari Muhammad Yusufning yuragida ham ana shu sohir qush oshiyon qurganiga astoydil ishonamiz.Keling shoirning hayot yo’liga bir nazar tashlasak. Shoirning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni 9 –sinf o`quvchisi ---------------------------------------------------- eshitamiz.
Muhammad Yusuf ijodi haqida gap ketganda, ko`pincha qo`shiqlarini tilga oladilar. U qo`shiq yozgan ham, o`zini qo`shiqchi shoir hisoblagan ham emas. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda, o`ta jiddiy, ammo xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilgan. Shuning uchunmi hofizlar ularni qo`shiqqa solib yuboradilar. Bu qo`shiqlar qo`shiqchilikni ham baland pog`ona larga olib chiqdi. Qanchadan qancha hofizlarni elga tanitdi.
Muhammad Yusuf qo`shiqlari bilan emas , avvalo, xalq dardini barilla aytgan, el-yurt muhabbatini hech kimga o`xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. Shoirning she’rlari bilan aytiladigan qo`shiqlar barchaning ko`nglidan joy olgan. Ko`ngil to`ridan joy olgan qo`shiqlaridan biri “Mehr qolur, muhabbat qolur” deb nomlangan qo`shiqdir.
1- 8- sinf o`quvchisi -------------------------------------------------- tinglaymiz.
O`tar qancha yillar to`zoni
Yulduzlar ko`z yoshi samoni
O`tar inson yazshi yomoni
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Dasta-dasta qizg’aldoqni quchoqlab,
Ko’klamoyga lola tergim keladi,
Andijonmi, Toshkanni so’roqlab
Muhammad Yusufni ko’rgim keladi.
Soch uzun turkman qizlar ko`rdim
Xonzoda-yu Jayron yuzlarni ko`rdim
Zamondoshu, do`st-u yorlarni ko`rdim
Muhammad Yusufni ko`rgim keladi
So’rasam gar balki, topar lolajon,
Hamma dildoshimning so’zlari yolg’on
Uningdek shoirlar tug`ilar qachon
Muhammad Yusufni ko`rgim keladi
Mehrimning makoni yurakda inon
Olov yo`limda olov misra qadrdon
Qashqadaryo, Andijon o`zbek qadrdon
Muhammad Yusufni ko`rgim keladi
(Muhammad Yusuf qiyofasida bir o`quvchi chiqib “O`zbekiston” she’rini o`qiydi)
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil yanvarda “Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini Respublika miqyosida nishonlash to`g`risida” gi qarori biz adabiyot ahlini juda quvontirdi. Muhtaram yurtboshimizning mehrlari Muhammad Yusufga buyuk bobomiz Mirzo Ulug`bek haqidagi qo`shiqni eshitgan paytlaridayoq tushgan va “Xalq shoiri” unvonini mamnuniyat bilan adibga o`zlari shaxsan topshirgan edilar.
Samarqandga borsam men agar
Ulug`bekni ko`rib qaytaman.
U qon yig`lab turar har safar:
Men dardimni kimga aytaman?..
Bu she’r qo`shiqqa aylanib, ajdodlar qalbidagi og`riqni avlodlar diliga ko`chira oldi. Har gal Go`ri Amir maqbarasi haqida gap ketganda beixtiyor shu qo`shiq dilimizdan tilimizga ko`chadi.
9- sinf o`quvchisi -------------------------------------------- “Samarqand” qo`shig`ini tinglaymiz.
Haqiqiy shoir qalbi o`chmas olov deydilar. U bir marta yonadi-da, avlodlar qalbiga payvand bo`lib mangu alangaga aylanadi. Muhammad Yusuf ana shunday qalbi olov shoir edi… Uning qalbida o`t olgan alanga ko`plarning qalbiga cho`g` tashladi, uchqun soldi, yana alanga oldirdi… Bu olovning taftidan ko`plarning ko`ngil ko`zlari charaqlab ochildi.
Vatan haqida juda ko`p yozilgan, biroq yozmoq bilan yozmoqning farqi bor. Muhammad Yusuf bir she’rida “Yurtim, seni iddaolar qilmay sevaman” deb aytganlarida qanchalar haq edi. U o`z elini, xalqini, Vatanini chin farzandday sevdi, beg`araz sevdi, sidqidildan sevdi.
Ko`nglimning gavhari shu aziz maskan
Fidolar hamisha unga jon-u tan
Otalar himmatin yodi mash’ali
Onalar oq suti hurmati- Vatan
O`ping, ko`zingizga suring tuprog`in
Har so`zin muqaddas duodek seving
Qadang yuraklarga millat bayrog`in
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.
Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoir. Unga mustaqil yurtini, ozod xalqini ko`rish nasib etdi. Yurtining eng ulug`, bayramlarida uning qo`shiqlari baralla yangraydigan bo`ldi. O`zbekiston haqidagi she’rini yoshlar hatto o`z madhiyalariga aylantirib yubordilar.
( Yoshlar madhiyasi kuylanadi)
Muhammad Yusufning qay biri she’rini qaysi bir bandini o’qimang , oddiylikdan tug’ilgan buyuk mahobatga ,mahobatli oddiylikka duch kelasiz…Vatanning suvratiga o’xshaydi uning she’rlari ko’ngil suvratiga mengzaydi uning she’rlari. Hozir sahnaga shunday she’rlardan tinglash uchun ona tili va adabiyot kursi tinglovchilarini taklif qilamiz.
1.”Bor bo’lsin”- 8 –sinf o`quvchisi
2. “Biz baxtli bo’lamiz” 7 –sinf o`quvchisi
3. “Bug’doypoyalar” 6 –sinf o`quvchisi
4. Qizg’aldoq” 9 –sinf o`quvchisi
5.”O’zbek” 6 –sinf o`quvchisi
6. “Qizlar qo’shig’i” 7 –sinf o`quvchisi
7. “Armon” 8 –sinf o`quvchisi
8. “ Sodda tilak” 7 –sinf o`quvchisi
9. “Lolaqizg’aldoq” 8 –sinf o`quvchisi
10. “Ayol” 6 –sinf o`quvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |