Qovunchi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik topilmalar ma’lumotlariga qaraganda bu madaniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo o‘rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg‘onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi xalqlarning So‘g‘diyona, Farg‘ona va Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan.
Milodiy V asr o‘rtalariga kelib qang‘arlar yeridagi o‘troq va qisman o‘troq aholi O‘rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo‘ldilar.
Mil. avv. I ming yillikning so‘nggi choragida O‘rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |