Ayritom ko‘hna shahri bo‘lib, u Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Termizdan 20 km sharqda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Ayritom ko‘hna shahri mil.avv. II asrdan mil. III asrga qadar uch tarixiy bosqichda rivojlanadi. Bular: so‘nggi grek-baqtriya davri, yuyechji-kushon davri va kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib borilgan uzoq yillik (1932 yilda boshlangan) tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari majmualari, qabriston, ko‘plab haykallar va baqtriya yozuvi topilgan va o‘rganilgan. Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari aniqlanmagan.
Bu davrda
Do'stlaringiz bilan baham: |