, Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo'jaligini
Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti, Toshkent
Annotatsiya.
Ushbu maqolada xalq og’zaki
ijodining yorqin namunasi maqollarning tavsifi va nemis
va o’zbek tillaridagi maqollarning qiyosiy tahlili yoritilgan.
Kalit so’zlar:
xal
q og’zaki ijodi,
maqollar, qiyosiy tahlil
Аннотация
.
В статье представлены наиболее яркие образцы фольклора и сравнительный
анализ пословиц на немецком и узбекском языках.
Ключевые слова:
фольклор, пословицы, сравнительный анализ
Abstract. This article describes the brightest examples of folklore and comparative analysis of proverbs
in German and Uzbek.
Keywords: folklore, proverbs, comparative analysis
Xalq og’z
aki ijodi xalqning buyuk tarixini, urf-odatlari-
yu an‘analarini o’zida saqlab keladigan bebaho
ma‘naviy merosdir. Xalq og’zaki ijodining asrlar osh
a, avloddan-
avlodga, tillardan tillarga o’tib, kamol topib
kelayotgan o’ziga xos janrlaridan biri bu –
xalq m
aqollaridir. Ular ko’p asrlar davomida xalqning ijtimoiy
-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari, hayotiy kuzatishlari asosida yuzaga keladi. Ulu
g’ rus yozuvchisi L.N.
Tolstoy maqollarning xalq hayoti, ruhiy dunyosi bilan naqadar yaqin ekanligi haqida to
’xtalib: “Har bir
maqolda men shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko’raman”
- deb yozgan edi.
Maqollar xalq og’zaki
ijodining boshqa janrlaridan
quyidagi xos xususiyatlariga ko’ra farqlanadi:
1) ifoda tarzidagi o’ziga xoslik. Maqol o’zining shakliy ixch
amligi va mazmuniy teranligi bilan ajralib
turadi;
2) ma‘nolarini ifodalashdagi xususiyat. Maqolda ham o’z, ham ko’chma
ma‘no saqlangan bo’ladi;
3
) qo’llanish doirasidagi belgisi. Maqollarning qo’llanilish doirasi ancha keng. Uni ishlab chiqarish
sohasida ham, axloqiy-
ma‘naviy sohada ham muayyan harakatni bajarishga da‘vat yoki harakat mavridini
be
lgilashda ham qo’llash m
umkin.
Nemis tilida maqolga
nisbatan qo’llanadigan ―sprichwort termini, ushbu terminning kelib chiqish tarixi
va u anglatgan ma’noni nemis olimi F.Zayler chuqur o’rgangan. U o’zining keng hajmdagi asari bo’lmish
“Nemischa maqollar ta’limoti” asarini frazeologiya muammolariga bag’ishlaydi. U maqol so’zining kelib
chiqishi haqida shunday yozadi: “Maqol o’rta nemis tilida ham “Sprichwort” bo’lgan va u “men gapiraman”
ma’nosini anglatgan.
Sh.Imyaminova va Sh.Kamolovalar nemis tilidagi maqollarning kelib chiqishida asosan qadimgi
german mi
fologiyasi o’z ta’sirini o’tkazganligini, bundan tashqari xalqning din haqidagi qarashlari, ularning
dostonlari, afsonalari asosida ham maqollar shakllana borganligini, shuningdek, qadimgi german urf-odatlari
maqollarning gullab-
yashnashiga o’z ta‘sirini o’tkazganligini ta‘kidlab o’tadilar. Xuddi o’zbek adabiyoti
singari nemis yozma adabiyotida ham yozuvchi, shoirlar nemis maqollaridan foydalanishlarini kuzatishimiz
mumkin.
Masalan, buyuk nemis yozuvchisi
Geotening ―Faust asarid
a shunday misra keladi:
Grau, teurer Freund, ist alle Theorie,
Und Grun des Lebens goldner Baum
(J. W. Goethe, Faust, S. 122)
E.Vohidov tarjimasi:
Nazariya
–
quruq og’ochdir,
Ammo yashnar hayot daraxti. (Faust, b. 60)
Yuqorid
agi qanotli so’z o’zbek
tiliga Posho Ali Usmon tomonidan shunday tarjima qilingan:
Nazariya, do’stim, quruq, yo’q gashti,
Yashildir, hayotning oltin daraxti [Faust, S. 79]
Bunday misollarni yana ko’plab kuzatish mumkin. Ularda nemis xalqining o’ziga xos
fikrlashi, ibratli
hayot xulosalarini kuzatishimiz mumkin.
Nemis tilidagi maqollarning muqobillari
1.
Erinchoq ikki ishlar, oxir barmog’in tishlar.
Das Nichtstun macht den Menschen dumm.
2.
Dangasaning kosasi oqarmas
Das Heute soll dem Morgen nichts borgen
3.
Ishlikning ishi bitar, ishsi
zning kuni o’ta
r.
Faul kriegt wenig ins Maul.
4.
Bugungi ishni ertaga qo’yma.
Faulheit lohnt mit Armut
Do'stlaringiz bilan baham: |