Xorazm dostonlaridagi nomlarning ma’noviy guruhlari haqida yusupova Shahzoda Shonazar qizi Madyorov Shixnazar Quvondiq o’g’li



Download 26 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi26 Kb.
#598312
  1   2
Bog'liq
maqola19 shahzoda




XORAZM DOSTONLARIDAGI NOMLARNING MA’NOVIY GURUHLARI HAQIDA
Yusupova Shahzoda Shonazar qizi
Madyorov Shixnazar Quvondiq o’g’li
Folklor onomastikasi tilimizdagi atoqli otlar tizimida muhim o‘rin tutuvchi birliklardir. Chunki xalq og‘zaki ijodi asarlari tilining ham, badiiy adabiyot tilining ham barcha uslubiy, leksik va grammatik unsurlari so‘zlashuv tili (xalq shevalari) materiallari zamirida tashkil topadi, unga asoslanadi. So‘zlashuv tili juda rang-barang, uning leksikasi juda boy. Shevalardagi tafovut tildagi atoqli otlar majmuasida ham aks etadi. Ammo ayrim tadqiqotchilarning fikricha, “badiiy asar va folklorda uchraydigan atoqli otlar qanchalik qimmatli faktlar bo‘lmasin, ma’lum millat tilidagi toponim va antroponimlar bo‘yicha, boy materialni to‘liq va yetarli darajada gavdalantirmaydi, uning butun mohiyatini aks ettira olmaydi. Chunki badiiy asarlardagi kishi nomlari ko‘proq stilistik maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘shanga mos holda tanlangan simvolik xarakterdagi to‘qima nomlardan iboratdir” [3:57].
Xalq dostonlari onomastikasini kuzatish bu fikrni qisman to‘g‘ri deb qabul qilish uchun bir qator asoslar beradi. “Badiiy matnda onomastik birliklar muayyan obyektning nomigina bo‘lib qolmasdan, balki yozuvchining xilma-xil badiiy niyatlarini ta’kidlash uchun ham xizmat qiladi” [3:57]. Zero, folklor asarlaridagi atoqli otlar stilistik maqsadlardan tashqari yana boshqa bir qator o‘ziga xos vazifalarga egaki, ularni tadqiq qilish tarix, etnografiya, umuman, madaniyatimiz uchun ham juda qimmatli ilmiy materiallarni taqdim etadi. Ular bir tomondan sinxron faktlar hisoblansa, ikkinchi tomondan, juda qadimiy va ko‘hna nomlardir. Shunga ko‘ra, onomastik tadqiqotlarda nomlarni tahlil qilishda tavsifiy, tarixiy-qiyosiy hamda tarixiy-etimologik usullarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Markaziy Osiyodagi turkiy va turkiy bo‘lmagan xalqlar tilining onomastikasida muayyan darajada mushtaraklik mavjud. Bunday mushtaraklikning yuzaga kelishida o‘sha xalqlarning tarixiy ildizlari, urug‘-qabila munosbatlari silsilasidagi umumiylik va yaqin iqtisodiy-madaniy aloqalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham o‘zbek tilidagi, xususan, Xorazm xalq og‘zaki ijodidagi materiallarni ushbu mintaqadagi bir qator qardosh tillardagi ana shunday materiallar bilan chog‘ishtirib o‘rganish muhim xulosalar chiqarish uchun asos bo‘ladigan natijalar berishi mumkin.
Xorazm dostonlari tilida onomastik birliklarning turli xil ma’noviy guruhlaraga mansub ko‘rinishlari mavjud. Dostonlarda uchraydigan nomlarning katta qismini kishi nomlari va joy nomlari tashkil qiladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Xorazm dostonlari leksikasida kishi nomlari (antroponimlar) toifasiga kiritish mumkin bo‘lgan 600 ga yaqin (aniqrog‘i 592 ta) nom qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 431 tasi erkak kishilarga xos nomlar bo‘lsa, 161 tasi ayol kishilarga xos nomlar bo‘lib chiqadi. Dostonlar leksikasidan o‘rin olgan kishi ismlarining leksik-semantik tahlili shuni ko‘rsatadiki, kishi nomlarining bir qismi tarixiy shaxslar nomlari bo‘lsa, yana bir guruhi afsonaviy va mifologik ismlardir. Shunga ko‘ra, yuqorida keltirilgan kishi nomlaridan 109 ta nom real hayotda mavjud bo‘lgan tarixiy shaxslarga aloqador nomlar bo‘lsa, 483 ta nom vaziyat talabi va voqealar tasvirini shakllantirish uchun xizmat qiluvchi to‘qima (noreal) nomlar hisoblanadi.
Dostonlarda uchraydigan kishi nomlarining yetakchi qismini payg‘ambarlar hamda ularning sifatlarini ifodalovchi nomlar tashkil qiladi: Nuh, Muso, Shish, Yoqub, Iso, Umar, Ali, Abu Bakr, Shohimardon va boshqalar.
Ma’lumki, kishilarga laqab qo‘yish turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan qadimiy odatlardan biri bo‘lib, laqablar turli yo‘llar bilan paydo bo‘ladi. Buning ham o‘ziga xos sabablari bor. Ular shaxsning nasl-nasabi, yashash joyi, tashqi ko‘rinishi, xarakteriga xos bo‘lgan xususiy belgilari, kasb-kori kabi ko‘plab faktorlarga asoslanadi: Ayyori Munhiy, Sopor ko‘sa, Alibek sotquchi, Alixo‘ja eshon, Buldur qassob, Burgut sulton, Iskandar Zulqarnayn, Yozim barzangi, Ko‘kcha baxshi, Lang vazir, Mustob guppi, Rayhon arab, To‘xtamish ko‘r, Shodmon mergan va boshqalar.
Dostonlar tilida konnotatsiya ham keng o‘rin tutadi. Tilshunos olim N.Mahmudov mazkur masalaga to‘xtalib: “Tilda konnotatsiyaning mavjudligi, rang-barangligi, barqarorligi tilning nechog‘lik boyligining, qadimiy an’analarga sohibligining, ifoda imkoniyatlarining sarhadsizligining, ta’sir va tasvir quvvati o‘tkirligining shahodatidir” [4:27], – deb ta’kidlaydi. Mazkur holatni Xorazm dostonlaridagi voqeaning rivoji va vaziyatiga qarab, qo‘shimcha maqsadlar yuklatilgan afsonaviy simvolik xarakterdagi nomlarda kuzatish mumkin: Xo‘jadog‘, Yulduz dog‘i, Chor dog‘li Chondibel, Sarchaman bog‘i, Sarhovuz va boshqalar .
Dostonlarimiz tilidagi afsonaviy shaharlar, viloyatlar, tog‘lar, cho‘llar, ko‘llar va boshqa topoobyektlarning ko‘lami ham ancha keng regionlarni qamrab oladi. Ular Gurjiston, Dog‘iston, Xitoy(Chin), Rum, Ozarbayjon, Eron, Turkiya, Misr kabi hududlarga aloqador bo‘lib chiqishi mumkin. Voqealar ana shu mamlakatlardagi viloyatlarga mansub tog‘lar, cho‘llar, qishloqlar va shaharlarda sodir bo‘ladi. Xorazm dostonlari yoki boshqa folklor janrlarida uchraydigan joy nomlarining bir qismi Osiyo qit’asida mavjud ko‘pchilikka tanish bo‘lgan nomlardir. Masalan, Tehron, Eron, Istambul, Makka, Madina, Bag‘dod, Isfahon, Arabiston, Xorazm, Ozarbayjon va boshqalar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, dostonlarda uchraydigan nomlarning aksariyati ko‘pchilik uchun leksik-semantik jihatdan tushunarli bo‘lsa ham, ulardan ayrimlarining qayerda ishlatilganligi, real bir obyekt bilan bog‘lanishi lokalizatsiyalashuvini aniqlash ancha mushkuldir.
Xorazm dostonlarida ko‘plab urug‘, qabila va xalq nomlarini anglatuvchi etnonimlar ham uchraydi. Ularning ko‘pchiligi O‘zbekiston, xususan, Xorazm hududida yashagan turkiy xalqlar bilan bog‘liq bo‘lsa (turkman, takali turkman, ersari, emreli, qo‘ng‘irot, qipchoq, mang‘it, naymon), boshqa qismi turkiy bo‘lmagan xalqlarga aloqador (arab, eron, mo‘g‘ul, farang, xitoy va boshqalar).
Bulardan tashqari, dostonlar onomastikasida hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, o‘simliklarning nomlari ham uchraydiki, ularning semantik xususiyatlarni tadqiq qilish ham tilimiz tarixini o‘rganish, uning boshqa tillar bilan aloqalarini aniqlashdan tashqari, lingvopoetik jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir.
Xorazm dostonlari tilida uchraydigan nomlarni tahlil va tadqiq qilish orqali kishi va joy nomalridan tashqari boshqa turdagi onomastik birliklar ham mavjudli borasida quyidagi statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin:




Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish