Xomashyo sifatidagi don mahsulotlarni saqlash omborlarini o‘lchamlarini va qabul qilish hajmini hisoblash



Download 220,5 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi220,5 Kb.
#760344
Bog'liq
don mahsulotlarni saqlash


Xomashyo sifatidagi don mahsulotlarni saqlash omborlarini o‘lchamlarini va qabul qilish hajmini hisoblash.
Don massalari uyum holida, ochiq va yopiq maydonlarda, omborlar-da, ombor bo‘limlarida, qoplarda va buntlarda (vaqtinchalik) va polimer “yenglarda” saqlanadi. Don massalarini saqlashda uch xil rejimdan foydalaniladi:
1) quruq holda, ya’ni saqlanayotgan don massasida namlik kritik nuqta-da bo‘ladi. Quruq don massasida erkin namlik bo‘lmaganligi uchun barcha iziologik jarayonlar juda sekin kechadi. Odatda, boshoqli va dukkakli ekin-larning quruq don massalarini namligi 13–15%, moyliligi 25–30% bo‘lgan kungaboqar urug‘larining namligi 10–11% va moyliligi 50% dan yuqori bo‘lgan kungaboqar urug‘larining namligi 6–7% bo‘lishi kerak.
2) sovitilgan holda (bunda don harorati eng past ko‘rsatkichlargacha tushiriladi, chunki quyi haroratlar don massasi komponentlarining muhim hayotiy funksiyalarini sezilarli darajada sekinlashtiradi). Don massasini sovitilgan holda saqlash nam va yetilmagan don uchun muhim ahamiyatga ega, chunki har qanday namlikdagi don massasi haroratini 5–10 ºC ga tushirish uni uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi. Kung-aboqar urug‘lari saqlashga nihoyatda chidamsiz hisoblanadi. Ularni hato 6–8% namlikda, 0–10 ºC haroratgacha sovitilgan holatda ham 3–6 oydan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi. Nam va yetilmagan don massasini 10 ºC dan past haroratgacha sovit-ish donning urug‘lik xususiyatlariga salbiy tasir qiladi. Nam don urug‘i uchun bahor oylaridagi havo o‘zgarishi (harorat ko‘tarilishi) ayniqsa xav-lidir [1].
3) havosiz holda (germetik holda) saqlash. Muhitda kislorod yo‘qligida anaerob nafas olish boshlanadi, bunda don uyumlarining bar-cha tirik komponentlari asta-sekin nobud bo‘ladi. Mikroorganizmlar, kana va boshqa hasharotlar hayot faoliyati to‘xtab, asosiy don massasi va begona o‘tlar urug‘larining nafas olish darajasi keskin kamayadi.
Donlarni havosiz usulda saqlash uch xil yo‘l bilan amalga oshiriladi.
– don massasining tirik komponentlarini nafas olishi natijasida tabiiy yo‘l bilan kislorodning (O2) kamayishi va karbonat angidridning (CO2) to‘planishi. Bunda saqlash obyekti don bilan to‘ldirilgan
bo‘lishi kerak.
– don saqlash omborida havoni so‘rib olish yo‘li bilan vakuum hosil qilish;
– don massasiga CO2 , azot yoki ularning aralashmasini kiritish va O2 ni siqib chiqarish.

Donlar yig‘ib-terilgandan so‘ng, ishlov berish va saqlash jarayonlarida don massasini namlik va iloslanish darajasidan kelib chiqib o‘zgaradi. Quritish va tozalash jarayonlari don sifatini yaxshilash bilan bir vaqtda uning izik massasini kamaytiradi, ya’ni yo‘qotilishlarni keltirib chiqaradi.Donning nafas olishi va transportirovkalashdagi mexanik chang-lanish (sochilishi) natijasida don quruq moddasining kamayishi tabiiy yo‘qotilish deyiladi.Don va uning qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek moyli urug‘larni saqlashdagi tabiiy yo‘qotishlar me’yori (saqlanayotgan don massasidan% da) O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining № 3 sonli 2009 yil 14 yanvardagi, O‘zbekiston Respublika-si Adliya vazirligidan № 13359 – tartib raqami bilan ro‘yhatdan o‘tgan “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari, moyli urug‘larni saqlash ja-rayonidagi tabiiy yo‘qotishlar me’yorlarini belgilash” buyrug‘i bilan tas-diqlangan.Tarkibida 30% dan 50% gacha va 10% dan 30% gacha don bo‘lgan aralashmalar don massasidan alohida hisoblanadi.Donlarni sifat-miqdor hisobi yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar tomonidan don va uni qayta ishlash mahsulotlarini hisobga olish shakllari bo‘yicha olib boriladi.Don va uni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash jarayonida sifat va miqdor o‘zgarishlarini belgilash uchun korxona rahbari tomonidan tashkil etilgan komissiya quyidagilarga tayanadi:

  1. don va uni qayta ishlash mahsulotlarini namligi o‘zgarishi bilan bog‘liq yo‘qotishlar qiymati (X,%) donni qabul qilish va chiqarishdagi namligi o‘rtasidagi farq qiymatidan oshmasligi kerak (formula bo‘yicha hisoblanadi).


Bu yerda:
A – donni qabul qilishdagi o‘rtacha namlik,% da;
Б – donni chiqarishdagi o‘rtacha namlik,% da;
Quritilmagan va alohida saqlangan don partiyasining qisman yoki to‘liq realizatsiyasida namlik hisobiga yo‘qotilish hisobga olinmaydi.
Donlarni saqlash sharoitlariga amal qilinmaganda don partiyasining namligi ortishi hisobiga don massasining og‘irligi ortadi. Don massasin-ing ortishi (Xn) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

b) don massasining begona aralashmalardan tozalash hisobiga ka-mayish qiymati (X1
,%) don partiyasini qabul qilish va chiqarishdagi begona aralashmalar o‘rtasidagi farq qiymatidan oshmasligi kerak va quyidagi formuladan aniqlanadi:

Bu yerda:
В – donni qabul qilishdagi begona aralashmalar o‘rtacha miqdorda,% da;
Г – donni chiqarishdagi begona aralashmalarning o‘rtacha miqdori,% da;
X – don namligi kamayishi hisobiga massaviy yo‘qotilish.
v) don va uni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash jarayonidagi tabiiy yo‘qotilish miqdori don, donni qayta ishlash mahsulotlari va moyli ekinlarni saqlash jarayonidagi belgilangan tabiiy yo‘qotishlar miqdoridan (6-jadval) oshmasligi va saqlash muddatidan kelib chiqib hisoblanishi kerak. Don partiyasi o‘rtacha uch oygacha saqlanganda, tabiiy yo‘qotilish miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:

Download 220,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish