Xoliqov Niyatilla Ergashevichning Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan “Sharq xalqlari musiqa madaniyati uslublarini maktab tizimida o‘rgatishni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi 5A111101“Musiqiy ta’limva san’at yo’nalishi” magistrlik dissertatsiyasiga
Taqriz
O’zbekistonnii ijtimoiy- siyosiy, madaniy- ma`rifiy jihatdan yanada rivojlantirishga oid davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror, buyruq va farmonlarda ta’lim tizimini ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi, interfaol texnologiyalar, eng muhimi milliy qadriyatlarimizga ustuvor ahamiyat bergan holda takomillashtirish alohida o’rin tutadi.
Sharq mamlakatlarining musiqa san’ati, madaniyatini o’rganish albatta, bu xalqlarning og’zaki va yozma manbalari, musiqiy dunyosini anglash bilan bog’liqdir. Musiqa dunyosi esa musiqachilar (xonanda va sozandalar), musiqiy cholg’ular, musiqiy janr va namunalar hamda ijrochilik an’analaridan iboratdir. Bu mezonlarni o’quvchi va talabalar e’tiboriga havola etish, jahon musiqashunoslik sohasida yaratilgan manbalar bilan tanishtirish eng muhim masalalardan ekanligini aytish joizdir. Shu bois, mazkur Dissertasiya ishida xalqimizning milliy an’analari, e’tiqodi, madaniyati va albatta musiqiy san’ati xususida dasturda belgilangan miqyosda alohida-alohida to’xtalib o’tiladi.
Mavzunin dolzarbligi: Sharq mamlakatlarining aksariyati uzoq tarixga ega ekanliklari fanda ma’lum. Ularning har biri asrlar davomida o’z madaniy aa’analarini shakllanishi va taraqqiyoti bilan bog’liq rivojlanish bosqichlariga egadir. Bizgacha yetib kelgan shakllarida esa har bir xalqning o’ziga xos musiqiy folklor janrlari, betakror mumtoz musiqiy namunalarini yuzaga kelganligini guvohi bo’lamiz. Ayniqsa, kasbiy musiqaning mukammal va murakkab tizimda tarkib topganligi maqomlar tizimining o’zida namoyon bo’lib turibdi.
Binobarin, o’zbek musiqasining xorijiy Sharq xalqlari musiqa ijodiyoti bilan mushtarakligi, umumiy ildizlari, buyuk ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur kabi mutafakkirlar va ma’rifatparvar allomalar tomonidan chuqur e’tirof etilgan. Bu haqda jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Abdurauf Fitrat o’zining “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” asarida quyidagilarni yozadi: “Bizning adabiyotimiz Sharq-islom adabiyotiga qanday bog’langan, qanday munosabatli ersa musiqamiz ham Sharq-islom musiqasi bilan shunday munosabatdadir”.
Sharq mamlakatlarining musiqa saa’ati, madaniyatini o’rganish albatta, bu xalqlarning og’zaki va yozma manbalari, musiqiy dunyosini anglash bilan bog’liqdir. Musiqa dunyosi esa musiqachilar (xonanda va sozandalar), musiqiy cholg’ular, musiqiy janr va namunalar hamda ijrochilik aa’analaridan iboratdir. Bu mezonlarni o’quvchi va talabalar e’tiboriga havola etish, jahon musiqashunoslik sohasida yaratilgan manbalar bilan tanishtirish eng muhim masalalardan ekanligini aytish joizdir. Shu bois, mazkur Dissertasiya ishida xalqimizning milliy aa’analari, e’tiqodi, madaniyati va albatta musiqiy saa’ati xususida dasturda belgilangan miqyosda alohida-alohida to’xtalib o’tiladi.
Qomusiy olimlar Al-Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Xoja Abdulqodir al-Marog’iy, Darvesh Ali Changiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida urma cholg’ularga oid ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilib, nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan edi. Abdurauf Fitrat o’zining “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” nomli tadqiqotida Sharq musiqasi bag’rida muhim o’rin
tutgan o’zbek musiqasi, milliy cholg’ulari, maqomlar mazmuni, musiqa va aruz kabi dolzarb muammolarni yoritib bergan. U mazkur risolasida, jumladan musiqa cholg’ulari haqida ham qiziqarli ma’lumotlar beradi, ilmiy fikrlarni olg’a suradi. A.Fitrat o’zbek musiqa cholg’ularining yetakchisi - doyra xususida “juda usta hofizlar [ashulachilar] cholg’usiz o’qug’anda, usulni chirmanda [doyra] bilan saqlaganlar”, deb uqtirgan ilmiy ta’riflar ham, bu masalaning hamisha muhim va teran ahamiyatidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |