Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositayi robitayi olamiyondur.
Gʻayri tilni saʼy qiling bilgali yoshlar,
Kim ilmu hunarlar bilingki ondin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni gʻayrat eting, foydaga kondur.
Bu gʻazal bugun yozilgandek, davr kun tartibiga qoʻygan buyuk ishlar haqida fikr yuritayotgandek bizga xizmat qiladi.
Avaz Oʻtarning hajviy asarlarida esa chor chinovniklari va mahalliy amaddorlar, davlat orttirish yoʻlida aldamchilik, riyokorlik kiluvchi boylar, sudxoʻrlar va shularga oʻxshash razil shaxslarning qilmishlari fosh etilgan.
Avaz Oʻtar bir qator asarlarida ijtimoiy tengsizlikni vauning keskinlashib borayotganligini haqqoniy tasvirlab, falakni “gʻaddor”, zamonani esa “kaj” deb ataydi. Shoir ijtimoiy ruhdagi sheʼrlarida oʻzining ozodlik, baxtli hayot haqidagi qarashlarini bayon qilgan. “Hurriyat”, “Sipohiylarga”, “Xalq”, “Topar ekan qachon?”“Fidoyi xalqim”, “Ulamolarga” kabi qator asarlarida Avaz Oʻtarning kelajak xususidagi fikrlari oʻz aksini topgan.
Avaz Oʻtar ijtimoiy sheʼriyati zamirida zulm va zoʻravonlik hisobiga toʻplangan boyliklarga nafrat, ikki tomonlama zulm ostida qolgan mehnatkash xalq hayotiga achinish tuygʻusi yotadi. Shoir oʻsha jamiyatda yashab turgan kishilar oʻrtasidagi tafovutlarni, qarama-qarshiliklarni roʻy-rost ochib tashlaydi.
Chor Rusiyasining birinchi jahon urushiga qoʻshilishi xorazmliklar boshiga ham yangidan-yangi kulfatlarni yogʻdirdi. Mehnatkash xalq ahvoli battar ogʻirlashdi, soliqlarning koʻpligidan xalqning tinkasi quridi. Avaz Oʻtar och-yalangʻoch ahvolga tushib qolgan xalq hayotini qoʻrib qattiq achinadi:
Yoʻq jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq,
Zulm tigʻi birla boʻlgʻan bagʻri yuz ming pora xalq…
Ey Avaz, boʻlmas muningdek barho ovvora xalq.
Avaz Oʻtar oʻz ijodining dastlabki davrlarida xalqning azob-uqubatda yashaganligini koʻrib zorlangan va ozodlikka chiqish yoʻllarini tushunib yetmagan boʻlsa, endi ikki tomonlama zulm va qoloqlikdan qutulish mumkin ekanligini angladi. Uning ijodida ozodlik, erkin-farovon hayot haqidagi fikrlar birinchi oʻringa chiqdi. Xivada 1917 yil aprel oyida xalq ozodlik uchun chorizm siyosatiga qarshi kurashga otlandi. Avaz Oʻtar bu voqealarga bagʻishlab oʻzining “Hurriyat” sheʼrini yozdi:
Siyosat mahv boʻldi, yashasun olamda hurriyat,
Bori el ittifoq ila jahonni aylasun jannat…
Shoir sheʼrda hurriyat natijasida xalq boshiga tushgan kulfatni, adolatsizlikni kuyinib kuylaydi. Isfandiyorxon hurriyat natijasida “sodiq fuqarolarima idorai mashrutiya berdim. Olar oʻzlari tilagancha mamlakatni idora qilsun, ham fuqarolarning maslahati bilan saylov qilib huqumat ishlarini xalq tilagan odil odamlarni tayin qilsunlar” deb farmon chiqaradi. Lekin chorizm bunga qarshi general Mirbadalov qoʻshinlarini Xivaga yubordi va ular Idorai mashrutaga saylangan vakillarni mahv qildilar, qoʻzgʻalon koʻtargan xalqdan qattiq oʻch oldilar. Bunda Avaz xalq manfaatlarini himoya qilib sheʼrlar yozdi. Elning orzu-umidlarini hamma narsadan yuqori qoʻydi. Xalq saodati uchun kurashishni baxt va ezgulik deb bildi. Bu ezgu ish uchun jonini qurbon qilishga ham tayyor edi:
Fidoyi xalqim oʻlsun tanda jonim,
Boʻlub qurbon anga ruhi ravonim,
Gar oʻlsam darbadar mazlumlar uchun,
Buddur maqsadi qalbi notavonim.
Mani solsa fano yoʻliga davron,
Yurur ustimdan avlodi zamonim.
Na yaxshi oʻylakim maʼqulu manzur,
Avaz, xalqim uchun toʻkulsa qonim.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Avaz Oʻtar oʻzining butun ijodiy kuchini xalqiga xizmat qilishga bagʻishladi. Shoir kishilarga baxt-saodat, ozodlik haqida yonib kuyladi. Shu boisdan boʻlsa kerak, oʻzining devoniga ramziy maʼnoda “Saodat ul-iqbol” deb nom qoʻydi. U vafotidan sal ilgari yozgan sheʼrlaridan birida:
Xush oʻl, koʻnglum, kelar bir qun baxt bogʻidagi raʼno,
Do'stlaringiz bilan baham: |