Xolatini tuzatish



Download 1,16 Mb.
bet24/39
Sana31.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#232247
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Jurnal 22 sentabr


Bugungi kunda yurtimizda juda katta e’tibor qaratilayotgan ingliz tili haqida qanday qiziqarli ma’lumotlar bilasiz? Mabodo bilmasangiz, afsuslanmang. Quyidagi maqola aynan siz uchun.

Ingliz tilida “month” – oy (yil hisobidagi) so‘ziga qofiyadosh so‘z yo‘q;


“Dreamt” — o‘tgan zamondagi tush ko‘rmoq, hayol surmoq ma’nosidagi bu so‘z ingliz tilidagi “mt” bilan tugaydigan yagona so‘zdir;
Ingliz tilidagi boshqa so‘zlarga qaraganda “set” so‘zi eng ko‘p ma’noga ega. Uning qo‘ymoq, joylamoq, sozlamoq, tartibga solmoq, to‘plam kabi bir qator ma’nolari bor;
“Underground” – metro, “und” bilan ham boshlanib, ham tugaydigan yagona inglizcha so‘z;
Ingliz tilidagi eng uzun bir bo‘g‘inli so‘z — “Screeched” (xirillagan);
“-dous” bilan tugaydigan atigi to‘rttagina inglizcha so‘z bor: “tremendous” (vahimali), horrendous (daxshatli), stupendous (ajablanarli), hazardous (zararli, zaharli);
Oxford English Dictionary (Oksford Ingliz tili lug’ati)ga ko‘ra eng uzun inglizcha so‘z — Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconiosis (kasallik nomi) hisoblanadi;
Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconioses esa eng uzun so‘zning ko‘plik shakli. Har ikkalasi ham 45ta harfdan tashkil topgan;
Yetti harfli “therein” so‘zing tarkibidagi biror harfni almashtirmasdan yana 10 ta so‘z xosil qilsa bo‘ladi:
the – aniq artikl;
there – u yerda;
he – u (erkak kishiga nisbatan);
in — ichida;
rein – jilov;
her – uni, unga, uning (ayol kishiga nisbatan);
here – bu yerda;
ere – oldin;
therein – anavi yerda;
herein – shu yerda, bu yerda.
“Stewardesses” (styuardessalar) so‘zi esa kompyuterda faqatgina chap qo‘lda yoziladigan eng uzun inglizcha so‘z;
“Uncopyrightable” — o‘n besh harfdan iborat, ammo birorta harf qayta takrorlanmaydigan yagona so‘z.

Ingliz tili tarixi kursining maqsad va vazifalari faqatgina bеriladigan faktlarni kеltirish emas, balki til rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash hamdir. Tildagi o’zgarishlar xalqning nutq faoliyatini anglab tushunish va hayotning turli taraflari bilan aloqadorlikda bo’lishini bilish hisoblanadi. Shu bilan birga, bu aloqadorlikning o’ta murakkab va turli- tumanlilik, hamda tilning turli sharoitlarda turlicha namoyon bo’lishini hisobga olish kеrak. Shuningdеk, til taraqqiyoti rivojlanish jarayonining bir maromda emasligi va bu jarayonning rivojlanish kuchini aniqlash hamma holatlarda ham yеngil emasligini tan olish kеrak. Misol uchun oladigan bo’lsak, lug’at tarkibining rivojlanishi qiyosan fonеtik tizimdan yеngilroq hisoblanadi. Fonеtik tizim ancha qiyin va muammoli masalalarga ega. Bu sohada hal etilmagan masalalar hali yеtarlicha hisoblanadi. 7 Hozirgi zamon ingliz tilini o’rganganimizda uning lug’at tarkibida fonеtik, grammatik kabi ko’pgina muammolarga duch kеlishimiz mumkin va shu hodisalarni tushunish biz uchun qiyinchilik tug’diradi.

Masalan: 1) Nima uchun right, fight, thought va shunga o’xshash so’zlarda hеch qanaqa tovushlarni ifodalamaydigan harflar yoziladi; 2) Nima uchun "еa" harf birikmasi turli tovushlarni ifodalaydi: speak, bear, heard, heart; 3) Nima ] tovushi sun, butter, cut so’zlarida 'u' harfi bilan, love, son, brotheruchun [ so’zlarida 'o' harfi bilan ifodalanadi?. Yoki fе'llarni olaylik, ko’pgina fе’llarning o’zagi ko’plik sonda o’zgaradi. Shunga o’xshash hodisalarni grammatik tuzilishda ham uchratishimiz mumkin. 1) Nima uchun ‘sheep’, ‘deer’ otlari birlikda ham, ko’plikda ham bir xil shaklda yoziladi? 2) Nima uchun ‘man’, ‘foot’, ‘goose’ otlarining ko’plik shaklini yasalishi umumiy qoidaga bo’ysunmasdan o’zakdagi unli o’zgarishi orqali ko’plik shakli yasaladi? Shunga o’xshash ko’plab misollarni kеltirish mumkin. Bu muammolarni faqatgina ingliz tili tarixini bilgandan kеyingina tushunish mumkin.

O’ZBEKISTONDA PREZIDENT INSTITUTINING JORIY ETILISHI.


Azamova Inobat Hoshimovna

Buxoro viloyati Kogon shahri

1-umumiy o’rta ta’lim maktabi Tarix fani o’qituvchisi.

Telefon: +998 90 514 54 52

Sobiq ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etilgan edi. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Instituti 1990-yilning 24-martida “O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish va O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi” qonun bilan joriy etilgan edi. O’z SSR Oliy Soveti o’n ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A Karimov Prezident etib saylandi. O’sha sessiyada qilingan mahruzada I.A Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. ......Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida bo’lganidek, qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini tezlashtirishga ko’maklashishi shubhasizdir”.

1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda to’g’ridan-to’g’ri umumxalq saylovlari muqobillik asosida o’tkazilib, unda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov Prezident etib saylandi. O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasiga muvofiq Prezident – hokimiyatlar bo’linishi printsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir. Ma’lumki, “prezident” atamasi lotincha “raesidenso”, so’zidan olingan bo’lib, aynan tarjimasi “oldinda o’tiradigan” degan mahnoni beradi. Bu tushuncha konstitutsiyaviy-huquqiy mahnoda davlat boshlig’ini anglatadi. Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi o’rnatilgan bo’lsa, u holda Prezident faqat davlat boshlig’i vazifasini bajaradi va u ijroya hokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi.



Davlat boshlig’i sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruv organlarida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol o’ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig’i o’zida u yoki bu hokimiyat tarmog’ini emas balki, davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti” deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo’lib, ularda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomlari va vakolatlari belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlari uning faoliyatidagi quyidagi yo’nalishlarda yaqqol namoyon bo’ladi: 1.O’zbekiston Prezidenti fuqarolar huquq va erkinliklarining kafili bo’lib, Prezident inson huquqlarini himoya qilish mexanizmining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgar, biror sabab bilan ushbu huquq va erkinliklar amalga oshirilishi buzilgan hollarda tegishli choralar ko’rishga majbur. 2. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafili bo’lib, Prezident o’z faoliyati davomida barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning o’z konstitutsiyaviy majburiyatlarini zarur darajada bajarishlarini tahminlaydi. 3.Prezident davlat boshlig’i sifatida xalqaro munosabatlar sohasida muhim vakolatlarga ega bo’lib, u mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi. Prezident xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasining vakili bo’lib, muzokaralarda O’zbekiston nomidan qatnashishi, Respublikaning xalqaro majburiyatlari bajarilishini tahminlashi mumkin. 4.Prezident Oliy Majlisga har yili ichki va xalqaro ahvol xususida mahlumotnoma taqdim etadi. 5.O’zbekiston Respublikasining Prezidentining ijroya hokimiyatini tuzish bilan bog’liq vakolatlari ham mavjud. Prezident Bosh vazir nomzodini Oliy majlis palatalariga kiritadi. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi hamda bu masalalarni Oliy majlis senatining tasdig’iga kiritadi. 6.Prezident Oliy majlis senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va ahzolari, Oliy sud raisi va ahzolari, Oliy xo’jalik sudi raisi va ahzolariga nomzodlarni taqdim etadi. Prezident viloyat , tuman, shahar va xo’jalik sudi sudg’yalarini tayinlaydi. 7.Prezident Respublika davlat va boshqaruv Oliy organlarining o’zaro hamkorligini ta’minlaydi. 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunlarni imzolaydi. Prezidentning imzosi bo’lmasa, qonun kuchga kirmaydi. 9.Faqat Prezidentgina butun Respublika hududida favqulodda holat joriy etishga haqli. Lekin, Prezident bunday qarorni qabul qilishda erkin emas. 10.Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi. U Qurolli Kuchlarning Oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi. 11. O’zbekiston Respublikasining Prezidentining davlat boshlig’i sifatidagi vakolatlariga fuqarolik va siyosiy boshpana berish, O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, afv etish to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabilar ham kiradi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib, hamda ularni ijro etish yuzasidan mamlakatning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar-farmonlar, qarorlar, farmoyishlar chiqaradi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish