Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikasiyalanishi va samaradorligini baholash
“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqim-lari” tuShunchalari bir xil ma’no anglatmaydi. Bu tuShunchalar-ning ikkinchisi birinchisiga nisbatan kengroq bо‘lib, jamiyat nuqtai nazaridan u jonli va buYumlashgan mehnatning barcha hajmini о‘zida mujassam yetadi va mahsulotning qiymatiga tyeng. “Ishlab chiqarish chiqimlari” tuShunchasi, aksariyat hollarda, iqti-sodiyotning ma’lum bir sohasi bilan bog’langan (masalan, ishlab chiqarish chiqimlari, muomala chiqimlari va boshqalar).
Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab ikki guruhga bо‘lish mumkin:
aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar;
aniq bо‘lmagan chiqimlar.
Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar XYUS tomonidan amalga oshi-rilgan aniq xarajatlardan – ish haqi, xom ashyo va matyeriallar xarajatlari, ijara uchun tо‘lov va boshqalardan iborat. Aniq bо‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qо‘ldan boy berilgan, qо‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari yesa Shu bilan bog’liqki, XYUS mahsulot ishlab chiqarish uchun kapitaldan foydalanib, Shuning о‘zida uning muqobil foydalanish imkoniyatini qо‘ldan chiqaradi. Mablag’larning cheklanganligi ularning foydalilik darajasiga qarab mavjud imkoniyatlarning variantlaridan foydalanishga XYUS ni majbur qiladi. Bunda har doim qо‘ldan chiqarilgan, boy berilgan foydalar yelementlari, dyemak, aniq bо‘lmagan chiqimlar yelementlari mavjud bо‘ladi. U yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish-ni davom yettirish yoki uni yanada kengaytirish xususida har qanday boshqaruv qarori aniq va aniq bо‘lmagan chiqimlarning hisob-kitobiga asoslanadi. U yoki bu iqtisodiy qaror о‘rtasidagi tanla-nish har doim boshqa maqsadlarga yerishish uchun ongli ravishda yо‘qotilgan yoki rad yetilgan imkoniyatlarni xarakterlaydi.
“XYUS ning xarajatlari” tuShunchasi “XYUSning chiqimlari” tuShunchasidan farq qilib, ular bevositaMoliyaviy kategoriyalar va birinchi navbatda mahsulot tannarxi bilan uzviy bog’langan. Shuning uchun ham, XYUS ning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi quyidagicha ta’rif berish mumkin: foyda olish yoki XYUS ning boshqa maqsadlariga yerishish uchun foydalaniladigan resurslarning pul qiymatiga XYUS ning xarajatlari deyiladi.
“Xarajatlar” tuShunchasi “tannarx” tuShunchasiga nisbatan kengroq hisoblanadi. CHunki tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror ishlab chiqarish xarajatlarini) о‘zida aks yettiradi.
Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)-ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xom ashyo, matye-riallar, yoqilg’i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish hamda realizasiya qilish boshqa xarajatla-rining qiymat bahosidan iborat. Amaliyotda “mahsulotning umu-miy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” tuShunchalari-dan keng foydalaniladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xо‘jali-gi, savdo, umumiy ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayot-gan mahsulotning tannarxi tarkibiga xarajatlarni aks yettirish-ning о‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga kiritiladigan xa-rajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq yetilayotgan so-liq siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli va tar-kibiy tuzilishiga bog’liq.
XYUS faoliyatining shart-sharoitlari va yо‘nalishlariga bog’-liq ravishda xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bо‘linadi:
ishlab chiqarish va realizasiya bilan bog’liq bо‘lgan xara-jatlar;
realizasiyadan tashqari xarajatlar;
Ishlab chiqarish va realizasiya bilan bog’liq bо‘lgan xarajat-lar tarkibiga, odatda, quyidagilar kiritiladi:
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va yetkazib berish, ish-larni bajarish, xizmat kо‘rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy hu-quq) larni sotib olish va realizasiya qilish xarajatlari;
asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va yeks-pluatasiya qilish, ta’mirlash va texnik xizmat kо‘rsatish, Shuning-dyek, ularni tuzatilgan holatda saqlab turish xarajatlari;
tabiiy resurslarni о‘zlashtirish xarajatlari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar;
majburiy va ixtiyoriy sug’urta xarajatlari;
ishlab chiqarish va realizasiya bilan bog’liq bо‘lgan boshqa xarajatlar.
YUqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyidagicha klassifikasiya qilinishi mumkin:
moddiy xarajatlar;
mehnat haqi xarajatlari;
hisoblangan amortizasiya summalari;
boshqa xarajatlar.
XYUS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bо‘lgan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:
moddiy xarajatlar;
amortizasiya ajratmalari;
mehnatga haq tо‘lash xarajatlari;
ijtimoiy yehtiyojlarga ajratmalar;
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining о‘zgarishi va boshqa xarajatlar;
kyelgusi davr xarajatlari;
kyelgusi xarajatlar va tо‘lovlar ryezyervlari
va boshqalar.
Realizasiyadan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqa-rish va realizasiya qilish bilan bog’liq bо‘lmaydi.
Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta’minlash uchun mahsulotning tannarxi XYUS ning alohida olingan bо‘linmalari bо‘yicha hisoblanadi. U о‘z ichiga Shu bо‘linmaning xarajatlarini olib, ma’lum davr uchun XYUS xarajatlarining Rejali hisobini, ya’ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bо‘ladi.
XYUS ning barcha xarajatlarini turli yо‘nalishlar bо‘yicha (u yoki bu klassifikasiyaning asosida nima qо‘yilganligiga bog’liq ravishda) klassifikasiya qilish mumkin. Odatda, xarajatlarning klassifikasiyasi ularning quyidagi belgilar bо‘yicha guruhlarga ajratilishini о‘z ichiga oladi:
ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;
iqtisodiy yelementlariga kо‘ra;
kalkulyasiya moddalari bо‘yicha;
mahsulot tannarxiga о‘tkazilish usuliga muvofiq;
davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;
va boshqalar.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi gu-ruhlarga klassifikasiya qilinadi:
doimiy xarajatlar;
о‘zgaruvchan xarajatlar.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bо‘lmay-di. Bu xarajatlar, hatto XYUS faoliyati tо‘xtab qolgan hollarda ham yoki uning tashkil qilinish davrida ham mavjud bо‘ladi. Bunday xarajatlarning qatoriga о‘z asosiy fondlarining amorti-zasiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim kо‘rinishlari va bosh-qalar kiradi.
О‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proporsional ravishda о‘zgaradi. Bunday xarajatlarning tarkibi xom ashyo, matyeriallar, butlovchi buYumlar va yarim tayyor mahsu-lotlar, texnologik yehtiyojlar uchun yoqilg’i va energiya, asosiy ish-chilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog’liq bо‘lgan xarajat-lardan iborat.
Bir vaqtning о‘zida XYUS xarajatlarining doimiy xarajat-lar va о‘zgaruvchan xarajatlarga bо‘linishi shartli xarakterga yega. Buning sababi Shundaki, uzoq vaqt davomida XYUSning barcha xarajatlari о‘zgaradi. Shuning uchun ham, ular kо‘p hollarda shartli-doimiy va shartli-о‘zgaruvchan xarajatlar dyeb Yuritiladi. Xarajatlarning bunday bо‘linishidan zararsizlik tahlil qilin-ganda, ishlab chiqariladigan mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda, Shuningdyek, Moliyaviy Rejalashtirishni amalga oshirishda foydalaniladi. Doimiy xarajatlar va о‘zgaruv-chan xarajatlarning yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish va ryea-lizasiya qilish xarajatlarining umumiy summasini tashkil yetadi.
Iqtisodiy yelementlariga kо‘ra xarajatlarni quyidagi guruh-larga bо‘lish mumkin:
a) moddiy xarajatlar:
– xom ashyo va matyeriallar;
– sotib olingan butlovchi buYumlar va yarim tayyor mahsu-lotlar;
– yoqilg’i;
– texnologik maqsadlar uchun elektr energiyasi;
– va boshqalar.
b) mehnat haqi xarajatlari;
v) tasdiqlangan yagona ijtimoiy soliq stavkasiga muvofiq ravishda ish haqi fondiga hisoblashlar;
g) asosiy vositalarning amortizasiyasi;
d) boshqa xarajatlar:
– ijara haqi;
– majburiy sug’urta tо‘lovlari;
– tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar;
– va boshqalar.
Iqtisodiy yelementlar xarajat kо‘rinishlari bо‘lib, ular mahsulotni ishlab chiqarish va realizasiya qilishda aniq bir vazi-fani bajaradi. Xarajatlarning iqtisodiy yelementlarga bо‘lini-shidan mahsulot barcha hajmini ishlab chiqarish xarajatlarining smetasini tuzishda foydalaniladi. Tannarxning yelementli tarki-biy tuzilmasi xarajatlar u yoki bu kо‘rinishi salmog’iga bog’liq ravishda sanoatning tarmoqlari bо‘yicha farqlanadi. Agar matye-rial sig’imli tarmoqlarda mahsulot tannarxining tarkibida mod-diy xarajatlar hal qiluvchi о‘rinni yegallasa, mehnat sig’imli tar-moqlarda asosiy hissa mehnat haqiga tо‘g’ri kyeladi. Energiya sig’im-li tarmoqlar ham mavjud bо‘lib, ularning tannarxida yenyergyetika resurslarining xarajatlari (rangli myetallurgiya, ximiya sanoati, yengil myetallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni yegallaydi. О‘z navbatida, fond sig’imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fond-larning amortizasiyasi va ularni saqlash bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarga tо‘g’ri kyeladi.
Kalkulyasiya moddalari bо‘yicha xarajatlar quyidagilarga bо‘linishi mumkin:
xom ashyo va matyeriallar;
qaytariluvchi chiqindilar;
texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i va energiya;
asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qо‘shimcha ish haqlari;
yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar;
mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari;
umumishlab chiqarish xarajatlari;
umumxо‘jalik xarajatlari;
boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;
tijoriy xarajatlar.
Xarajatlarni kalkulyasiya moddalari bо‘yicha klassifikasiya qilinishi mahsulotlarning alohida turlari bо‘yicha uning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga kо‘ra XYUS larning xarajatlari ikkiga bо‘linadi:
tо‘g’ri xarajatlar;
yegri xarajatlar.
Tо‘g’ri xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar kiradi. Ular Shu mahsulotning tannarxiga bevosita kiritilishi mumkin. Masalan, xom ashyo, asosiy matyerial xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma’lum bir turi bо‘yicha butlovchi buYumlar bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar ana Shunday xarajatlar hisoblanadi. YEgri xarajatlar butun XYUSda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir nyecha turlari-ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga tyegishli bо‘lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar Shular jumlasidandir. Bu xarajatlar konkryet turdagi buYumlar-ning tannarxiga qandaydir bir shartli asosga kо‘ra proporsional ravishda, kо‘p hollarda, tо‘g’ri xarajatlarga nisbatan tо‘g’ri propor-sional ravishda kiritiladi.
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga bо‘linadi:
mye’yorlashtiriladigan xarajatlar;
mye’yorlashtirilmaydigan xarajatlar.
Xarajatlarning bunday bо‘linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tyegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qо‘llaniladi. Mye’yorlashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan foyda-ni hisoblash maqsadida о‘rnatilgan mye’yorlar doirasidagi xarajat-lar kiradi.
CHiqimlarni kamaytirish XYUS ishi samaradorligini oshi-rishning yeng muhim yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi asosiy yо‘llari ajratilib kо‘rsatiladi:
resurslarni tyejaydigan ishlab chiqarish innovasion tyex-nologiyalarni qо‘llash;
mehnat unumdorligini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yaxshilash;
kadrlarning malakaviy darajasini oshirish;
XYUS taraqqiyotining stratyegik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan stratyegiyani aniq ijro yetish;
XYUS ni boshqarish texnikasi va texnologiyasini takomil-lashtirish, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslangan-ligini ta’minlash;
xom ashyo va matyerial xarajatlarining salmog’ini pasayti-rish, ta’minlovchi xizmatlarning uzluksiz ishlashiga yerishish;
markyeting xizmatining samarali ishlashi, XYUS ning markyeting stratyegiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
XYUS dagi yо‘qotishlarning barcha kо‘rinishlarini qisqar-tirish, chiqindilar, ikkilamchi matyeriallar va yenyergoresurslar-dan, yо‘lovchi mahsulotlardan va h.k.lardan foydalanish.
XYUS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bо‘lib byudjet-lashtirish (smetalarni ishlab chiqish, xarajatlarni Rejalashti-rish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat qiladi. Bu xarajat-larni qisqartirishdagi uzilishlarni amalga oshirish bо‘yicha XYUS turli bо‘linmalarining harakatini aniqlashga imkon bera-di, bu ishning istiqbolli yо‘nalishlarini aniqlaydi.
Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning о‘rtacha torti-luvchanligiga kо‘ra baholash), mehnat xarajatlari, amortizasiya ajratmalari va ularning boshqa kо‘rinishlarini hisoblash myetodi-kasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism sifatida maydonga chiqadi.
XYUS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bо‘ladi-gan Yuqorida sanab о‘tilgan tarkibiy qismlardan (Rejalashtirish, hisob-kitob myetodlari, byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta’kidlab о‘tish kerakki, uni yо‘lga qо‘ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji yо‘q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning doimiy va о‘zgaruvchan xara-jatlarga bо‘linishiga, XYUSning xо‘jalik Yuritish sharoitlariga bog’liq ravishda ularning xususiyatlariga asoslanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYUS ning mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini rivojlanti-rish va optimallashtirish bо‘yicha Rejali ishiga, mehnat, moddiy va Moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishiga, istye’molchi-larning talablariga va ilmiy-texnika taraqqiyoti Yutuqlariga ja-vob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni yaratishiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |