Foyda [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib



Download 66,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi66,91 Kb.
#97789
  1   2
Bog'liq
Foyda - Vikipediya



Foyda

Foyda - [korxona], pul daromadlaridan

sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib

tashlangandan keyin qolgan qismiga

aytiladi. Korxonalarda tovar va

xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar

ularning pul tushumlari yoki pul

daromadlari deyiladi.



Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan

olingan daromadning bu tovarlarni ishlab

chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq

qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik




faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy

koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda

ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib,

uning qonunqoidalariga binoan vujudga

keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F.

kapital, ishlab chiqarish omili sifatida

tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi,

ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi

ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning

asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish

bozor iktisodiyotining rivojlanishini

taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad

(D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi

sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga

bogʻliq: a) bozorbop tovar va xizmatlarini

yarat i sh , natijada ularni sotishdan

kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning



tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar —

tushumlar miqdori (D). Tushumlar

sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga

(Q) va ulardan har birining narxi (R)ga

bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori.

Bozorda narxlar oʻzgarmay krlgan

takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni

koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni

qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi

mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat

unumdorligining ortishi xarajatlarni

kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi. Shu

sababli F.ni koʻp olish sharti — mehnat

unumdorligini muttasil oshirib borish

hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan

sharoitda F.ning daromaddagi hissasi

ortadi, aksi yuz berganda bu hissa



qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir

boʻlib, ularning bozor narxi oshsa,

oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, F.

ortadi. Narxning foydaga taʼsiri shundan

guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni

chiqarmay turib yaxshi F. koʻrish mumkin

emas. Har qanday firma F.ni eng koʻp

olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga

intiladi, F. miqdoriga taʼsir etuvchi

omillarni ishga soladi.

F.ning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi

va massasidir. F. normasi (Gʻ") nisbiy

koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday

ishlatilib, qanday F. koʻrilganini bildiradi va

u orqali F. (F) kapitalning (K) ning qanday

qismiga tengligi aniqlanadi.




F. koʻrilgan. F. normasi kapitalining

naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. F.

koʻrish tadbirkorlikning maqsadi

boʻlganidan har doim F. normasini

oshirishga intilish saklanib qoladi.

F. massasi — bu foydaning mutlaq

miqdoridir. F. massasi qanchalik koʻp

boʻlsa, F. shunchalik maksimumlashgan

hisoblanadi. Agar F. normasi goqori

boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp F. olish

mumkin, bordiyu F. normasi past boʻlsa,

kapitalni koʻpaytirib F.ni koʻpaytirish

mumkin. F. maksimumlashtirish uchun

ham F. normasi, ham kapital summasi

katta boʻlishi zarur. F. normasini pasayishi

hisobidan F. massasi qisqargan chogʻda,




bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun

investitsiyapar hisobidan kapital

koʻpaytiriladi. Olingan F.ning bir qismi

investitsiyaga aylanadi, bu bilan u

kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit

hisobidan ham pul investitsiyalanganda

kapital koʻpayadi. Natijada F. normasi

pasaygan chogʻda ham olinadigan F.

miqdori qisqarmaydi. Agar F. normasi

pasayishiga nisbatan kapital tezroq

koʻpaysa F. massasining ortishi yuz

beradi.


Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat,

tijorat, bank, servis, agrobiznes va

boshqa F. turlari mavjud. Qanday usul

bilan hosil boʻlishiga qarab oddiy va




ustama F.ga boʻlinadi. Oddiy F. erkin —

mukammal raqobat sharoitida koʻpchilik

tadbirkorlar oladigan F.dir. Us t am a F.ni

firmaning monopol mavqei, yaʼni tovarlar

taklifining tanho yoki ozchilik firmalar

qoʻlida toʻplanishi yuzaga keltiradi.

Monopol mavqe bozordagi hukmronlikni,

yaʼni narxlarga taʼsir etish imkoniyatini

beradi. Monopol firma narxlarni oshirish

hisobidan ustama F. oladi. F. nima

hisobidan yaratilishiga qarab normal,

iqtisodiy va omad F.dan iborat boʻladi.

Normal F.ni tadbirkorlik qobiliyati

yaratadi. Bu ishbilarmonlik uchun

mukofot tarzida eng kam deganda

malakali ishchi yoki mutaxassisning ish

haqiga teng boʻlishi kerak, aks holda



tadbirkorlik bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga

yollanib ishlash maʼqul boʻladi. Bundam F.

xarajatlar tarkibiga kiradi, chunki tovarlar

xarajatlarga teng narx bilan sotilganda

ham tadbirkor daromad topadi va

biznesni tashlab ketmaydi. Biznesni

boshqarish kapital sohibidan

menejerlarga oʻtgan taqdirda normal F.

ularga mukofot shaklida tegadi. Iqtisodiy

F. xarajatlar bilan daromad oʻrtasidagi

farkdan iborat, uni kapital yaratgani

sababli bu F. kapital egasiga tegadi.

Omad F.si — bu F.ni bozor

konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar

yuzaga keltiradi. Bozorda talab

vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda

omad F.si hosil boʻladi. Iqtisodiyotda



tavakkalchilik F.si ham bor. Bu

tavakkaliga ish qilgani uchun biznes

egalariga tegadigan mukofot

hisoblanadi.

F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi,

undan soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga

olinganda F.ning bir qismi foiz qarzlarini

toʻlashga ajratiladi. F.ning firmada qolgan

qismidan ishchi va xizmatchilarga

mukofot beriladi, agar firma aksiyadorlik

jamiyati boʻlsa, F.dan dividend toʻlanadi,

xayrehson ishlariga pul ajratiladi. Barcha

chegirilishdan soʻng qolgan foyda

taqsimlanmagan yoki tutib qolingan F.

hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda

qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz




mablagʻi hisobidan investitsiyalash

imkoni shunchalik katta boʻladi.

Firmaning oʻzida qolgan foyda

investitsiya orqali kapitallashadi, yaʼni

asosiy va aylanma kapitalga kelib

qoʻshiladi. Bu firmalarning iqtisodiy

salohiyatini oshiradi.

F. bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy

vosita hisoblanadi. F.ga intilish

resurslarni kerakli sohalar oʻrtasida

taqsimlanishiga olib keladi. Kapital talab

qisqargani uchun narx pasayib F. kam

olinadigan soxalardan chiqib talab

oshgan serfoyda sohalarga doimo

koʻchib turadi. Bu bilan kerakli tovarlar va

xizmatlar yaratiladi, iktisodiyot oʻsadi.




F.ning koʻp boʻlishi mamlakat iqtisodiy

salohiyatini va farovoshshgini oshirishga

xizmat qiladi.

Ahmadjon Oʻlmasov.

Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda

deb ham yuritiladi.

Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan

oʻtadi:


birinchi bosqichda foyda ishlab

chiqarish jarayonida yangi qiymatning

yaratilish chogʻida vujudga keladi.

Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi

qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy



manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq

foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;

ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish

jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni

sotilgandan soʻng olingan pul

daromadi bilan xarajatlarning farqi

koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.

Demak, tovar va 

xizmatlar

 sotilganda

ularning umumiy qiymati pul

daromadlariga, undagi qoʻshimcha

qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan

koʻrinib turibdiki, foydaning haqiqiy

manbai qoʻshimcha mahsulot yoki

qoʻshimcha qiymatdir. Odatda ishlab

chiqarish sohasidagi yirik korxonalar

tovarlarni katta hajmda ishlab chiqarib,




ularni savdo vositachilariga ulgurji

narxlarda sotadilar. Shunga koʻra, ular

tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan

yuqori boʻlgan taqdirda foyda oladilar.




Download 66,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish