Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana22.06.2021
Hajmi1,24 Mb.
#72748
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
4-1- modul- boshlangich talimda yozma ishlarni orgatish metodikasi

 

Tayanch  so‘zlar:  savod  o‘rgatish,  nutq  o‘stirish,  o‘qish  va  nutq  o‘stirish, 

grammatika va nutq o‘stirish, to‘g‘ri yozish va nutq o‘stirish 

 

Boshlang‘ich  adabiy  ta’limda  o‘quvchilarning  og‘zaki  va  yozma  nutqini  o‘stirish 



bu  bosqichning  muhim  shartlaridan  biri  hisoblanadi.  Qolaversa,  nutq  har  qanday  aqliy 

faoliyat va muloqotning asosi hamdir. O‘quvchilarning taqqoslash, tasniflash, tahlillash, 

mustaqil  va  mantiqli  mulohaza  yuritish,  tizimlash  hamda  umumlashtirish,  xulosalar 

chiqarish singari aqliy faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikmalari nutq orqali shakllanadi. Ayni 

vaqtda,  o‘quvchining  og‘zaki  va  yozma  nutqiy  faoliyatida  ham  namoyon  bo‘ladi. 

O‘quvchining  aqliy  rivojlanganlik  darajasi  og‘zaki  va  yozma  nutqidagi  mantiqiy 

tiniqlik,  qarashlarning  dalillanganligi  va  obrazliligida  ham  ko‘rinadi.  Boshlang‘ich 

adabiy  ta’limda  o‘quvchilarning  bog‘lanishli  nutqi,  ya’ni  matn  yaratishdagi 

muvaffaqiyatlari  boshqa  o‘quv  fanlarini  o‘zlashtirishdagi  imkoniyatini  ham  oshiradi. 

Bundan tashqari, o‘qish ko‘nikmalarining to‘laqonli shakllanishini va imlo savodxonligi 

ortishiga ham ijobiy ta’sir kshrsatadi. 

Nutqni  o‘stirish  o‘qish  va  imlo  savodxonligi,  to‘g‘ri  yozish  qoidalarini 




 

o‘zlashtirish  jarayonining  shakllaridan  biridir.  So‘zdan  ibora,  jumla  va  bog‘lanishli 

matn  yaratishda  to‘g‘ri  hamda  o‘rinli  foydalanish  qoidalari  ustida  ishlash,  bexato  va 

savodli  yozish,  asosan,  boshlang‘ich  sinflar  ona  tili  darslarining  vazifasi  hisoblanadi. 

Ona  tili  ta’limi  dasturi  asosiy  bandlarining  nomi  (savod  o‘rgatish  va  nutq  o‘stirish; 

o‘qish va nutq o‘stirish; grammatika va nutq o‘stirish, to‘g‘ri yozish va nutq o‘stirish) 

ham  nutq  o‘stirishning  boshlang‘ich  ta’lim  amaliyotida  qanchalar  ahamiyatli  va  zarur 

ekanini  ko‘rsatadi.  Lekin  boshlang‘ich  adabiy  ta’lim  amaliyoti  ham  nutq  o‘stirish 

ishlariga bevosida daxldordir. 

Nutq ichki fikr va qarashlarni ifodalash ehtiyojidan paydo bo‘ladi. Nutq jumlalarni 

to‘g‘ri  tuzishga  o‘rgatish,  ya’ni  so‘zlarni  qoldirmay,  ma’lum  izchillikda,  bir-biri  bilan 

to‘g‘ri  bog‘lash  va  talaffuz  qilish  so‘ngra  uni  yozma  shaklda  ifodalash  demakdir. 

O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini shakllantirishda ularga nazariy ma’lumotlar berish 

ham  maqsadga  muvofiqdir.  Ya’ni  bilim  va  ko‘nikmalar  anglangandagina  yaxshi 

o‘zlashtirilishi, nutq faoliyatida kutilgan samarani berishi mumkin. 


Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish