Ish beruvchi sizni kuzatib borishi mumkinmi? Bu siz qaysi mamlakatda yashayotganligingizga bog‘liq. Buyuk Britaniyada ish beruvchi xodimlarga monitoring haqida, u nimani nazorat qilishi va bu nima uchun zarur ekanligini ma’lum qilishga majbur. Rossiyada konstitusiya insonlarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini himoya qiladi. Shunga qaramasdan, kompaniya rahbarlari xodimlarni ogohlantirgandan so‘ng ofisga videokameralar o‘rnatish huquqiga ega. Datchik va sensorlardan foydalanish esa amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan. AQShda ham shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, foydalanish va fosh etish uchun ish beruvchining roziligi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |