O‘tgan yilgi tadqiqot turli ma’lumotlarni kuzatib borish orqali xodimlar mehnat unumdorligini oshirish o‘ylab chiqilgan va nozik yondashuvni talab qilishini ko‘rsatdi. Shifoxonalar bemorlari yonida o‘tiruvchi yordamchi xodimlarning zarur bo‘lgan paytlarda qo‘l yuvishini tekshirish uchun tajriba o‘tkazildi (Odatda smena oxiriga kelib, ular charchab mazkur gigiyena prosedurasiga amal qilmay qo‘ygan). Ular kuzatilayotganligi haqida xabardor etilgan.
Tadqiqotchilar uch yil davomida 42 ta shifoxonaning 5,2 ming xodimini kuzatib bordi va monitoring davomida qo‘l yuvish takroriyligi ikki yil mobaynida oshganligi, monitoring susaytirilganda esa u kamayib ketganligini aniqladi. Kuzatuv butunlay to‘xtatilganda esa qo‘l yuvish takroriyligi tajriba boshlangan paytdagidan kam pastroq darajaga tushib ketdi.
«Kuzatuv qisqa muddatli kelajakda qoidalarga rioya qilishga majbur qilishi mumkin, biroq odatlarni shakllantirmaydi. Bundan tashqari, u hatto qo‘l yuvish uchun odatiy ichki stimullar, jumladan, bemorlarni infeksiyalardan himoya qilish istagi o‘rnini egallashini ham istisno etib bo‘lmaydi», — deydi Vashington universiteti tadqiqotchisi Xenxen Day.
Kompaniyalar xodimlarining elektron pochtalari va telefon orqali suhbatlarini allaqachon tekshirib borish imkoniyatiga ega. Biroq rivojlangan texnologiyalar xodimlarni boshqa sohalarda ham hech bir to‘sqinliksiz kuzatish imkonini beradi.
Kompaniyalar xodimlarining elektron pochtalari va telefon orqali suhbatlarini allaqachon tekshirib borish imkoniyatiga ega. Biroq rivojlangan texnologiyalar xodimlarni boshqa sohalarda ham hech bir to‘sqinliksiz kuzatish imkonini beradi.
PayEye datchiklari u yoki bu stolda kim o‘tirganligi va u nima bilan mashg‘ul ekanligini aniqlay olmaydi. Ushbu qurilmani ishlab chiqaruvchi Cad-Capture kompaniyasi savdo va marketing bo‘limini boshqaruvchi Nil Stilning so‘zlariga qaraganda, datchiklar kompaniyalarga ko‘chmas mulkdan samarali foydalanishga yordam beradi.
Ko‘plab firmalar xodimlar pochtasi va telefon suhbatlarini tekshirish imkoniyatini zarur xavfsizik chorasi sifatida qarab chiqadi. Bunda manfaatlar mojarosi, insayderlik savdolari, maxfiy ma’lumot bilan oshkora bo‘lishish va kompaniya obro‘siga boshqa tahdidlarning oldini olish maqsadi ko‘zlanadi. Kompaniya obro‘sini himoya qilish esa uning daromadlarini himoya qilish bian teng (Deloitte kompaniyasi tadqiqotlariga ko‘ra, brendga yetkazilgan zarar bilan bog‘liq 41 foiz holatlar kompaniya daromadlarining pasayishiga olib keladi).
Undan keyin — mehnat unumdorligi. Britaniyaning face2faceHR kompaniyasi xodimlar bo‘yicha konsultanti Kirsten Smit xodimlar xatti-harakatlarini kuzatish nafaqat kompaniya obro‘sini saqlashga yordam berishi, balki xodimlar ularga yuklatilgan vazifalar ustida ishlayotganligiga ishonch hosil qilish imkonini berishini ta’kidlaydi.