2-shart: 1-shartda har bir guruhning faol qatnashgan 1ta va faol qatnashmagan 2 ta o’quvchi ishtirokida yangi 3 ta jamoa tuzilib ushbu shart beriladi:
2 ta konvertdagi oddiy tuzilgan test beriladi har bir guruhga uchtadan test beriladi (2 daqiqa vaqtda):
O’tgan shartlar bo’yicha xulosalar, natijalar, baholar, rag’batlantirishlar e’lon qilinadi. Shunday qilib, butun guruh bilimini sinash uchun klaster usulidan foydalanib test topshirig`ini beramiz.
Yangi mavzuga tayyorgarlik:
Doskaga yangi mavzuga oid xarita, rasmlar ilinadi A4 formatdagi qog`ozga chiqarilgan testlar o`quvchilarga tarqatiladi.
Yangi mavzuni tushuntirish:
“Yevropa madaniyati XI-XV asrlarda. Maorif va Fan” mavzusining bayoni.
O’rta asrlarda dunyo haqidagi tasavvur. O’rta asr kishilarining tasavvurlari din bilan uzviy bog’liq bo’lgan. Kishilar yerdagi og’ir qismatlari uchun vafotidan so’ng jannata “haqqoniy” hayot bilan taqdirlanishga ishonganlar. Xususan, aniq vaqt haqida tushuncha faqat o’rta asrlarning so’ngida tarqala boshlaydi. Bu davr kishilari uchun vaqt: tong, kun
kech va kechadan iborat bo’lgan. Oila tushnchasi ham deyarli hech qanday ahamiyat kasb etmagan. Inson hayoti faqat yil fasllarining: qish, bahor, yoz va kuzning almashinuvi bilan belgilangan. Ayni paytda aholi tomonidan an’analar, urf-odatlar va udumlarning bajarilishiga qat’iyan rioya qilingan. Insonning o’rtacha umri uzoq bo’lmasdan, odamlar 40 yoshdan so’ng qari hisoblangan. Bolalar o’limi ko’p bo’lgan. Shaharlar va savdoning rivojlanishi bilan odamlarda dunyoni ko’rish imkoniyati tug’iladi. Salb yurushlari esa Yevropaliklar uchun dunyoga darcha ochadi. Sayohatchilar uzoq mamlakatlarda yashovchi xalqlarning urf-odatlari va madaniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar olibb kela boshlaydilar. Ulardan biri Venetsiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo edi. O’zining “Marko Polo kitobi”da sayyoh Uzoq Sharq va Xitoyda 1271- 1295-yillar davomida ko’rgan-kechirganlarini tasvirlaydi.
Maorifning taraqqoiyoti. O’rta asr maktablari antik davr an’analari davomchisi bo’lgan. Uning asosi avvalgidek “Yetti erkin san’at” deb atalgan boshlang’ich maktabda gramatika, falsafa asoslari va ritorika o’rganilgan. Yuqori bosqichda arifmetika, matematika, musiqa, geometriya va astranomiyadan bilim berilgan. G’arbiy Yevropa madaniyati XII-XIII asrlardan yuksala boshlaydi. Shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, Vizantiya va Arab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv Yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi. Shaharlarda xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi maktablar soni oshib boradi. Bunday maktab o’quvchilari dunyoviy bilimlarni cherkov maktablaridagiga nisbatan kengroq va chuqurroq olishgan. XII asrdan yirik shaharlarda dastlabki oily mktablar-universitetlar ochila boshlandi. Jumladan, Bolonya va Parijda ilk universitetlar tashkil topib, ular o’z davri uchun yuksak ma’lumot berishgan. Eng yirik universitet Parijda edi. Uning asoschisi qirol xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon bo’lgan. Qiroldan maxsus yorliq olgan universitetlar to’la mustaqil bo’lganlar.
86
XIII-XV asrlarda Yeropaning deyarli barcha mamlakatlari o’z universitetlariga ega bo’lishadi. Ularni papa va yepiskoplar, imperator va qirollar, knyazlar va shaharlar tashkil etgan. Angliyaning eng keksa universitetlari Oksford va Kembridj bo’lgan. Manbalarda yozilishicha Kembridj universiteti Fransiyadan kelgan to’rtta o’qituvchi tomonidan dastlab oddiy bostirmada tashkil qilingan. Italiyada Bolonyadan tashqari, Neapol universiteti bo’lib, unga Fridrix II asos solgan. Salamanka Ispaniyadagi eng e’tiborli universitet edi. Muqaddas Rim imperiyasidagi ilk universitet Chexiyada-Praga (1348-yil), so’ng Avstriyada-Vena (1365-yil) va nihoyat, Germaniyaning o’zida Geydelberg, Kyoln va Erfurtda ochiladi. Polshaning birinchi universiteti Krakovda, 1364-yilda tashkil topgan.
Magistr va shkolyarlar hamjamiyatlari. Universitet bu o’qituvchi va o’quvchlar jamiyatidir. U ko’p jihatdan o’rta asr sexlarini eslatadi. Sexni ustalar boshqargani singari universitetni o’qituvchilar-magistrlar boshqarishgan. Universitetlar ko’plab imtiyozlarga ega bo’lgan va mahalliy hukmdorlarga bo’ysunmagan. Agar ular bilan mojaro chiqib hal etilishi qiyin bo’lsa, magistr va shkolyarlar (talaba) boshqa joyga ketardilar. Ko’p hollarda ulardan uzr so’rab qaytishlarini iltimos qilishgan: sababi bu davrda o’z universiteti bo’lishi har qanday shahar uchun sharaf hisoblangan.
Taniqli o’qituvchilar ma’ruzalariga shkolyarlar Yevropaning turli burchaklaridan kelishgan. Ba’zida, Parijda 30 minggacha talaba baravariga to’plangan. Talabalar hayoti bir xil tabaqaga mansub shkolyarlar jamoalari birlashmalari tomonidan boshqarilgan. Omodli talabalar hozirgi yotoqxonalarga o’xshash kollegiyalarda joylashishga muvaffaq bo’lardilar. Eng qadimgi Parij kollegiyalaridan biri-Sorbonning nomi keyinchalik butun universitetga o’tadi. Angliya va Fransiyada kollegiyalar yangi o’quv muassasalari-kollejlarga asos bo’ladi.
O’qitish fakultetlarda olib borilgan, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa-saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan. Parij universitetida to’rtta: biri quyi-tayyorlov va uchtasi oily fakultet bo’lgan. Quyi fakultetda yetti erkin san’at o’rgatilgan.
San’at lotinchada “artes” deyilgan, shuning uchun fakultetni artislik uning talabalarini artistlar deyishgan. Albatta, bu artistlarning teatrga umuman dahli bo’lmagan. San’at fakultetida bir necha yil tahsil olgan shkolyar birinchi ilmiy daraja bakalavrga imtihon topshirib ko’rishi mumkin edi. Bakalavr nimasi bilandir xalfani eslatar edi: u o’qishni davom ettirar, bir paytning o’zida o’zi ham o’qita boshlardi. Artistlik fakultetida o’qishni to’liq yakunlagan bakalavr nisbatan murakkab-erkin san’atlar magistri unvoniga imtihon topshirishi mumkin edi.
Faqat magistrlar Parij universitetining uch oliy fakulteti: ilohiyot, huquqshunoslik yoki tibbiyotda o’qishlari mumkin edi. Ularning har birida yana bakalavrlikdan boshlab, hamma bosqichdan o’tgach, oily daraja-doktorlik unvonini olishi mumkin edi.
Qisqacha ma’lumotdan so’ng:
-proektor yordamida “rasmlar ko’rsatiladi;
-har bir band guruhlararo tahlil qilinadi;
-tahlil bo’yicha savol tashlanadi;
-har bir davr bo`yicha bahs o’tkziladi (ushbu sinov umumiy sinf bo’yicha o’tkaziladi):
Shundan so’ng, sinfdagi o’quvchilar (3 guruh) bo’linib
yat,
-madani
88
Tarix zarvaraqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |