Nomonetar nazariya
tarafdorlari esa, tex-
nologik o ‘zgarishlar, yangiliklar, ixtirolaming ahamiyatini alohida
ta’kidlab,
pul
jamg'arishning
ko'payib
ketishidagi
rolini
ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar yo'nalish o'rtasidagi farq
uncha katta emas, biri ikkinchisini to'ldiradi.
H ar ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faol-
likning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab
bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy
sikllarni
iste’mol
tovarlariga
talabni
o'zgarishiga bog'lab, akseleratsiya tamoyiliga e ’tibor qarati-
ladi. Bu tamoyil mohiyatiga ko'ra, texnik sabablar tufayli
iste’mol tovarlariga bo'lgan talabning ozginagina o'zgarishi
ishlab chiqarish uchun zarur tovarlarga talabning keskin
o'zgarishiga olib keladi.
Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi.
Bu nazari
yaning m ohiyati ko'proq jam g'arib, samarali darajada
iste’mol qilmaslik jam iyat siklli rivojlanishining sababi qilib
ko'rsatiladi.
542
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. M ablag'ni jam g ‘arish, boshqacha aytganda, xazinaga
aylantirish tu rg ‘unlikka olib kelishi m um kin, chunki bu
m ablag1 investitsiyalash uchun foydalanilmaydi.
2. Pulni ja m g ‘arish iste’mol tovarlariga talabning qisqar-
ishiga olib keladi, chunki u iste’molga sarflanmaydi.
3.
N atijada
investitsiyaga
nisbatan
pul
shaklidagi
jam g ’arish hajmi o'sib borib, iste’mol tovarlariga talab ka-
mayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol
tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.
Jamg‘arish nazariyasi.
Bu nazariyaga koYa, iqtisodiy sikl ish
lab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar
ishlab chiqarish bilan bogMiq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab
chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o ‘rastida katta farq bor.
Kundalik iste’mol mollari doim iy ravishda iste’mol qili-
nadi. U larning iste’mol miqdori o ‘zgargan taqdirda ham
uncha katta o ‘zgarishlar sodir boMmaydi.
Uzoq m uddat foydalaniladigan tovarlar doim iy ravishda
xarid
qilinm aydi.
Balki
ular
iste’molchi
darom adi
ko'paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq m uddat foy
dalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqar
ishni davom ettirish uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish
zarur.
Iste’mol o'sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi.
Bunda ishlab chiqarish tarkibida nom utanosibliklar yuz
beradi, y a’ni iste’mol tovarlari, uzoq m uddat foydalaniladi
gan va kapital tovarlar o'rtasida nisbatlar buziladi.
Inqirozning sababi pul yetishmasligi, bank rezervlarining kam-
ligi tufayli emas, balki ana shu nisbatlaming buzilishidir. Lekin
ko‘pchilik iqtisodchilar yetarli darajada iste’mol qilmaslik inqi
rozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb ta’kidlaydilar.
Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘arishga ajrat-
ganlaridan emas, balki toMov qobiliyatining yetarli emasligidan,
ya’ni xarid qilish uchun pulning yo‘qligidan kelib chiqadi.
543
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |