19-asr oʻrtalarida Rossiya podsho hukumati yirik strategik mavqega ega boʻlgan Toshkentni bosib olish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu vaqtda Toshkent va Toshkent viloyatiQoʻqon xonligi tarkibida edi. 1864-yil 1 oktabrda Mixail Chernyayev boshchiligidagi rus qoʻshinlari Chimkent yoʻlidan kelib Oqqoʻrgʻon tepaligiga oʻrnashdilar va shaharni qamal qilib toʻplardan oʻqqa tutdilar. Toshkentliklar shaharni qattiq turib himoya qildilar.
Biroq 1865-yil 27-aprelda Chernyayev qariyb 2000 kishilik qoʻshin bilan yana Toshkent tomon yoʻlga chiqib, Chirchiq daryosi boʻyidagi Niyozbek qalʼasini egallaydi va shaharni suvsiz qoldirish maqsadida Kaykovus arigʻi (Boʻzsuv kanali) suv oladigan toʻgʻonni buzdirib tashlaydi. Lashkarboshi Alimqul ham oʻz qoʻshinlari bilan Qoʻqondan Toshkentga yetib keladi. Toshkentda umumiy tartibsizlik boshlanib, shaharda amalda hokimiyat barham topdi. Lekin Chernyayev qo‘shinlari bilan shahar ichiga darhol bostirib kirishga jur’at etmadi, qolgan askarlari tor-mor etilishidan qo‘rqdi, chunki shahardagi ichki ahvol hali unga noma’lum edi. Shu sababli rus qo‘shinlari yana SHo‘rtepaga qaytib, 17 maygacha o‘sha yerda turdi. Toshkentda umumiy tartibsizlik boshlanib, shaharda amalda hokimiyat barham topdi. Lekin Chernyayev qo‘shinlari bilan shahar ichiga darhol bostirib kirishga jur’at etmadi, qolgan askarlari tor-mor etilishidan qo‘rqdi, chunki shahardagi ichki ahvol hali unga noma’lum edi. Shu sababli rus qo‘shinlari yana SHo‘rtepaga qaytib, 17 maygacha o‘sha yerda turdi. Toshkent xalqi Shu asnoda Toshkent a’yonlari Qo‘qonga, Buxoro amiri Muzaffarxonga va Xiva xoniga yordam so‘rab murojaat qiladi. Qo‘qonliklar yordam berishdan voz kechib rad javobini berdi. Buxoro amiri agar Toshkent hokimiyati Buxoro hukmronligini tan olsa va yaqinda Toshkent xoni etib saylangan Sulton Saidxonni amir qarorgohiga yuborsagina Toshkentni o‘z himoyasiga olishni aytib maktub yo‘lladi Bir guruhi hamon Qo‘qonga, ikkinchisi Buxoroga umid bog‘lar edi. Uchinchi guruh asosan nufuzli savdo ahli bo‘lib, ularda savdo manfaatlari ustun edi. Nihoyat Buxoro tarafdorlari guruhi ustun chiqib, Toshkent xoni Sulton Saidxonni Buxoroga jo‘natdilar va Buxoro amirligi panohiga o‘tganliklarini izhor etdilar. Bu Toshkent himoyachilarining ruhini tushirib yubordi. Shahar o‘z qismatiga tashlab qo‘yildi. 1865 yil 6 iyundan 7 iyunga o‘tar kechasi Chernyayev shaharga hujum qilishga urinib ko‘rdi. Shaharda umumiy tartibsizlik kuchayib bordi. Bundan foydalangan general Chernyayev askarlari 1865 yil 14 iyunda shaharga bostirib kirishga muvaffaq bo‘ldi. Hujum tong saharda Qo‘qon darvozasi yonida to‘plardan o‘t ochish bilan boshlandi. Ayni vaqtda dushmanning asosiy kuchlari Kamolon darvozasidan kirib keldi.