Toshkent eski foto surat
1865 yil 17 iyunda ertalab toshkentliklar dushman hujumlariga bardosh bera olmay taslim bo‘ldilar. Shundan so‘ng shahar a’yonlari Toshkentning 12 darvozasi rasmiy oltin kalitlarini Chernyayevga topshirdilar. Shunday qilib, shaharda va unga qarashli atrof yerlarda chor Rossiyasining hukmronligi o‘rnatildi.
1866 yil avgust oyida Rossiya imperatorining Toshkent Rossiya tobeligiga olinganligi haqida rasmiy farmoni e’lon qilindi. 1867 yil esa Sirdaryo va Yettisuv oblastlarini o‘z ichiga olgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, general Kaufman gubernator etib tayinlandi. Toshkent shahri Turkiston general-gubernatorligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |