Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti



Download 44 Kb.
bet3/5
Sana13.07.2022
Hajmi44 Kb.
#790209
1   2   3   4   5
Bog'liq
XVI - XVIII asrda Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti

Vazir shahri


Vazir Xorazmning shahar-qal’alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, - shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’rtalarida asos solingan.
XVI asrda shayboniylarning o’zaro urushlari shaharni vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558- yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: «Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor».
1593-1598- yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi. Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan.
Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o’z kasbini to’ng’ich o’g’liga o’igatgan. Ayrim hollarda, ishda qo’shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o’rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o’zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o’z mahoratini namoyish etishi kerak bo’lgan. Sinovdan o’tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi.
Hunarmandlar o’z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo’1 bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o’tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi.
Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona - do’koniga ega edi. Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi.

Qishloq xo’jaligi


Xonlik aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining ikki asosiy sohasi edi.
Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. g’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’1 hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh.
Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so’zlar manbalarda saqlanib qolgan: «Men Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman». Don ekinlari ichidajo’xori ekish bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko’p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtirilgan.
Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo’lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug’i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog’dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo’lgan.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish