Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari


Buxoro Xalq Sovet Respublikasining mahmuriy-hududiy bo’linishi (1920-1924 yy.)



Download 1,83 Mb.
bet152/166
Sana12.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#657882
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   166
Bog'liq
Xiva xonligida oliy darajali saroy unvonlari va mansablari

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining mahmuriy-hududiy bo’linishi (1920-1924 yy.)



Viloyatlar

Tumanlar va kentlar

1

Boysun

Boysun, Darband, Qumqo’rg’on

2

Qarshi

Beshkent, Koson, CHim

3

Buxoro

Vobkent, Boyoviddin, G’ijduvon, Qorako’l

4

G’uzor

G’uzor, Tangatushar, Yangi, Qamashi

5

Karmana

Ziyoviddin, Karmana, Xatirchi

6

Nurota

Qo’shrabot, Nurota, Naymantopdi

7

Sariosiyo

Sariosiyo, Yurchi, Qoratog’

8

SHaxrisabz

Kitob, CHiroqchi, SHaxrisabz, Yakkabog’

9

SHerobod

Termiz, SHerobod, Kalif

10

Garm

Garm, Darvoz, Jirgitol, Xaid, Qalhai Labiob

11

Dushanbe

Hisor, Dushanbe, Fayziobod, Yavan, Yangibozor

12

Ko’lob

Ko’lob, Mo’minobod, Xovalang

13

Qo’rg’ontepa

Kobadiyon, Qo’rg’ontepa, Saroy

14

Karki

Qiziloyoq, Karki, Xaloch, Xojamboz

15

CHorjo’y

Denov, CHorjo’y, Sayot, Farob

1920 yilning kuzida Buxoro Xalq Respublikasida dastlabki mahmuriy-hududiy bo’linish o’tkazilib, u viloyatlar, tumanlar, kentlar va qishloqlarga ajratildi. Respublikaning poytaxti Buxoro shahri muhim siyosiy-mahmuriy markaz bo’lib, bu yerda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini iqtisodiy va madaniy rivojlanishini boshqaruvchi barcha tashkilotlar to’plangan edi. Tahkidlash joizki, Buxoro respublikasidagi mahmuriy-hududiy bo’linish ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatga qarab tez-tez o’zgarib turgan. Misol uchun, BXSR da 1922 yilda 7 ta, 1923 yilda 8 ta, 1924 yilda 15 ta viloyat mavjud edi.
1924 yil 1 oktyabrda Butunbuxoro MIK qarori bilan Buxoro respublikasida mahmuriy-hududiy bo’linish qayta o’tkazilib viloyatlar o’rniga quyidagi 5 ta okruglar tuzildi:
1. Zarafshon okrugi – Buxoro, Karmana, Nurota viloyatlari;
2. Qashqadaryo okrugi – Qarshi va SHaxrisabz viloyatlari;
3. Surxondaryo okrugi – SHerobod, Termiz, Boysun, Qarluq, Qobadiyon, Qo’rg’ontepa tumanlari;
4. Turkman (Amudaryo) okrugi – Karki va CHorjo’y viloyatlari;
5. SHarqiy Buxoro okrugi – Ko’lob, Boysun, Sariosiyo, Garm, Dushanbe, Qo’rg’ontepa viloyatlari.
Buxoro respublikasi Afg’oniston davlati, Xorazm respublikasi va Turkiston ASR bilan chegaradosh bo’lib, unda mustaqil davlatchilikning Konstitutsiya, bayroq, gerb, poytaxt, milliy valyuta, qo’shin kabi belgilari mavjud edi. Respublikada 1921 yil 11 martda o’zbek tili davlat tili deb ehlon qilingan.
BXSR ning oliy organi Umumbuxoro qurultoyi hisoblangan. Umumiy MIK oliy nazorat organi sifatida Buxoro Respublikasining hukumati Xalq Nozirlar SHo’rosi ustidan ham faoliyatni amalga oshirgan. Xalq Nozirlar SHo’rosi davlat boshqaruvining oliy organi bo’lib, ijro-farmoyish sohasida keng vakolatlarga ega bo’lgan. Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, kent xalq sho’rolarining kengashlari va ularning ijroya qo’mitalaridan tashkil topgan.
BXSRdagi qishloq, ovul doirasidagi mahalliy hokimiyat qishloq va ovul aholisining umumiy yig’ilishi orqali amalga oshirilgan. U oqsoqol tomonidan chaqirilgan va oqsoqol qishloq, ovul aholisi umumiy yig’ilishi tomonidan bir yil muddatga saylangan.
1921 yil 18-23 sentyabrda Butunbuxoro xalq vakillarining II qurultoyi bo’lib o’tdi va unda BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Kirish, 16 ta bob, 5 ta bo’lim va 79 moddadan iborat ushbu konstitutsiya BXSR fuqarolarining huquq va erkinliklarini qonun yo’li bilan mustahkamladi. Unda davlatni idora etish uchun xalqning barcha vakillari ishtirok etishi alohida tahkidlab qo’yildi, xususiy va savdo erkinliklari o’z ifodasini topdi.
Konstitutsiya BXSR hududida yashovchi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquqlar berdi. Konstitutsiyaga ko’ra, BXSRning oliy organi – Butunbuxoro xalq vakillari qurultoyi bo’lib, u har 2000 saylovchiga bir vakil saylanadigan 350 ahzodan iborat edi.
Qurultoy har yili bir marta chaqirilar, unda respublika konstitutsiyasini qabul qilish va unga o’zgartirishlar kiritish, hukumatning hisoboti va davlat byudjetini tasdiqlash kabi muhim masalalar ko’rilar edi. Konstitutsiyaga ko’ra, qurultoylar o’rtasida qonun chiqaruvchi va nazorat qiluvchi oliy organ Butunbuxoro MIK hisoblanib, Xalq Nozirlar SHo’rosi davlat hokimiyatini ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ sifatida o’z vazifasini saqlab qoldi. Xalq Nozirlari SHo’rosi tarkibiga rais va xalq nozirlari kirgan. Xalq nozirliklari – adliya, ichki ishlar, harbiy ishlar, maorif, sog’liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy tahminot, savdo va sanoat, moliya, dehqonchilik, davlat nazorati tarkibida tashkil etilgan.
Q.Rajabov tadqiqotlariga ko’ra, BXSRning hududi 182,2 ming km² bo’lib, 1920 yilda aholisi qarib 3-3,5 mln., 1922 yilda 2,8 mln. kishi bo’lgan. Buxoro respublikasida asosan 65% o’zbeklar, shuningdek, 14% tojiklar, 9% qozoqlar, 7% turkmanlar, 1,1% forslar va boshqa xalqlar yashaganlar.
BXSRda 1920 yil sentyabrida boshlab milliy valyuta muomalaga kiritilib, 1922 yil oxirida pul islohoti o’tkazilgan bo’lsa-da, 1923 yil yozidan boshlab milliy valyuta Rossiya rubliga almashtirildi.
BXSR hukumati jamiyatni demokratik tarzda yangilash uchun soliq tizimini isloh qildi. Amirlik davridagi turli soliq va o’lponlar bekor qilindi. 1921 yil 26 noyabrda Butunbuxoro MIK “BXSRdagi davlat soliqlari to’g’risida qonun” qabul qilib, unga ko’ra, 5 ta soliq turi – ushr (hosilning undan bir qismi), zakot (chorvaning qirqdan bir qismi), hunarmandchilik ustaxonalari uchun soliq, savdogarlardan bojxona solig’i, turli hujjat va shartnomalar tuzilganda maxsus soliq olinadigan bo’ldi.
Rossiyadagi bolg’shevistik hukumat BXSR hukumatiga doimiy ravishda tazyiq o’tkazib keldi. 1923 yil 3 iyunda Moskvadan kelgan bir guruh komissiya BXSR hukumati ishlaridan qoniqmayotganligi hamda “sotsialistik o’zgarishlarni” jadallashtirish lozimligini tahkidladilar. Buxoro hukumatida kommunistlarning tahsiri tobora kuchayib borib, hukumat tarkibi “tajribali sovet xodimlari” bilan to’ldirib borildi. Natijada 1924 yil 18-20 sentyabrda bo’lib o’tgan Butunbuxoro xalq vakillarining V Qurultoyida BXSR Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. BSSRning tuzilishi komunistlar tomonidan sunhiy tarzda amalga oshirilgan hodisa bo’ldi. Oqibatda taraqqiyotning demokratik yo’li inkor etilib, “sotsialistik yo’nalish” tanlandi. 1924 yil noyabrida BSSR tugatilib, uning hududlari O’zSSR va TSSR tarkibiga kiritildi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish