Mahsulot realizatsiya qilinadigan bozorlarni o‘rganish davrida, ularni to‘rt guruhga bo‘ladilar:
siz ishlab chiqaradigan mahsulotingizni iste’molchilar bilmaydigan bozorlar;
ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan mahsulotingizni iste’molchilar bila-digan, lekin sotib olmaydigan bozorlar;
sizning raqobatchingiz mahsulotini sotib oladigan bozorlar;
iste’molchilar sizning mahsulotingizni sotib oladigan bozorlar.
Ana shu bozor turlari chuqur tahlil qilingandan keyin loyiha mahsulotini qaerda va necha so‘mdan sotish kerakligi aniqlanadi.Bozorda sizning mahsulotni raqobatda ustuvorligi aniq bo‘lsa shunday bozorda daromad olish imkoniyatingiz ko‘proq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |