40. Dulong millati (独龙族) dulong millatining aholisi 7 mingdan oshiq. ular asosan Yunnan (云南) provensiyasining shimoli-g’arbiy qismidagi Dulong daryosida yashashadi. Ular bu dengizni “sirli dengiz” (神秘的河) deb ataydilar. ular odatda dengiz qirg’oqlarida yashashadi. uylarini yog’och yoki bambukdan yasashadi. ularda bitta gap bor. oilada olov yoqilimasa, u oila emas. shuning uchun ularni uylarida olov doimo yoqiq turadi. to’quvchilik va yengil sanoat rivoj topgan. ularni o’z tillari mavjud. lekin han tilidan hozirda ko’plar foydalanikmoqda. ular tabiatga itoat kelirishadi. Milliy kachuva (卡雀哇)bayrami eng asosiy bayrami hisoblanadi. bu bayramda ular yaqin insonlarnikiga tashrif buyurishadi, bayram kechalari uyushtirib, qo’shiqlar kuylashadi.
41. Jidjou millati (基若族) jirou millati 20 mingga yaqin aholiga ega. Yunnan (云南) provensiyalarining dai (傣) millati rayonlarida yashashadi. Iqtisodini asosini dehqonchilik tashkil etadi. Qo’l mehnati san’ati turli-tumandir. Ayollari to’quvchilikka usta bo’lsalar, erkaklari oddiy bambuk poyalaridan turli narsalar yasaydilar. Bambuksozlik va choysozlik rivoj topgan. Yashaydigan uylari asosan ikki qavatdan iborat. Yuqori qavatida o’zlari tursalar pasda chorvachilik bilan shug’ullanadilar. Ularda bitta gap bor: Han millati ovqatni sovitib yeydi, dai millati botirib yeydi, jijou millati sug’urib olib sovitib yeydi. (汉炒,傣蘸,基若舂) Ular o’zlarining tillariga ega, lekin harfi mavjud emas. Xalq og’zaki ijodiga oid tarixiy hikoyalari judayam ko’p. Ko’p hikoyalarni qo’shiq orqali, maxsus musiqa asbobida chalib, ijro etishadi. Hosildorlik va yangi guruch bayrami (新米节) asosiy bayrami hisoblanadi.
42. Miao millati (苗族) Miao millati (苗族) 8 mlndan oshiq aholiga ega. Asosiy istiqomad qiladigan hududlari Guojou(贵州), Yunnan (云南)ning g’arbiy qismidan tashqari Guangsi(广西) Hainan(海南) Hubei(湖北) provensiyalaridir. Dehqonchilik iqtisodini asosiy qismini tashkil etadi. Odatda bitta qishloqda yashovchi miao millatining familiyasi bitta bo’ladi. Bitta qishloqda kami bilan 20-30 ta ko’pi bilan 100 ga yaqin oila ya’ni shuncha familiya bor. Miao millatining 130dan oshiq milliy kiyim turlari bor. O’z tili va 1950- yilda qabul qilingan yozuviga ega. lekin hozirda ko’pchilik qismi han yozuvidan foydalanishadi. Xalq og’zaki ijodi juda boy. Qo’shiqlar eng ko’p qismini tashkil etadi. Oldinlari miao millati turli dinlarda e’tiqod qilishardi. Lekin hozirda ko’p qismi xristian diniga sig’inadi. Har yili kuz faslining oxirlarida o’tkaziladigan hosildorlik bayrami asosiy bayrami sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |