51. Jing millati(京族) 20 mingga yaqin aholiga ega. Guangsi(广西)provensiyasining shimolida joylashgan orollarda ko’proq yashashadi. Ularning hayot tarzi, geografik o’rni ham Vietnam davlatiga yaqin. Ular Xitoy hududiga XVI asrlarda Vietnamdan ko’chib kela boshlaganlar. Xitoy hududida yashovchi kam sonli millatlar ichida hayoti suvga yaqin bo’lgan millat hisoblanadi. Baliqchlik iqtisodiyotini asosini tashkil etadi. Ularni harfi bor-u, yozuvi mavjud emas. Ular Guangjou shevasida suhbatlashishadi. Qo’shiq aytishni juda yaxshi ko’rishadi. Ularda Hajie(哈节) bayrami, ya’ni qo’shiq bayrami(歌节)eng asosiy bayrami hisoblanadi. Ular daosizm diniga e’tiqod qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |