24. Luoba millati (珞巴族) Louba 3 mingga yaqin aholiga ega. Kam sonli millatlar ichida aholisi bo’yicha eng oxirgi o’rinda turadi. Ular Tibet avtanom rayoni(西藏自治区)ning janubiy-sharqiy qismida yashashadi. Hayotini asosiy qismini tepaliklarda o’tkazishadi. Ovchilik rivoj topgan. Ular ham asosan tibetliklar tilida suhbatlashishadi. Hozirgi kunda ular hayotida o’zgarishlar ko’p kuzatilmoqda. Hukumat ularga yordam berib maktab kasalxonalar qurishdi.ularning xalq og’zaki ijodi boy. Ularda tarixiy she’rlar juda ko’p. Lubaliklar tabiat hodisalariga ishonishadi va ularga e’tiqod qilishadi. Bu xalq ham o’zining bayramlariga ega. Nikoh kunlari lo’proq milliy musiqalar kuylashadi.