23. Menba millati (门巴族) 9 mingga yaqin bo’lgan menba xalqi Tibet avtanom rayoni(西藏自治区)ning janubiy-sharqiy zonasida hayot kechiradi. Iqtisodiyotining asosiy qismini dehqonchilik,chrvachilik, ovchilik tashkil etadi. XX asrning 50-yillarida o’rmonsozlik sanoati ham rivoj topa boshladi. Hozirgi kunda yog’ochga ishlov berish san’atining mahsulotlari juda ko’p. Manba aholisining ko’p qismi tibetliklar bilan birga yashashadi va tibetliklar menba hayot tarziga katta ta’sir o’tkazgan. Asosiy istiqomad qiladigan dini Buddizm. Menba xalqining dinga bog’liq afsonalari juda ko’p. Ularni turadigan uylari asosan qishloqlarda bir necha o’n xonada bir necha o’n oila yashaydi. Menba xalqining o’z tili bo’lib, lekin ular Tibet tilidan foydalanishadi. Bu xalq boy adabiyotga ega. Ular ichida qo’shiqlar alohida o’rin egallaydi. Asoasn qo’shiqlar yoshlik va aroq haqida bo’ladi. “Zanglinian”(藏历年) bayramida ular “Soumu”(错木)qo’shig’ini kuylashadi.