Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi. 12. 14. 15 - guruh.
Mavzu: Qon ketishida uchraydigan asoratlarda bemor holatiga baho berib, parvarish qilish.
Maqsad:
1) ta’limiy: Qon ketishida uchraydigan asoratlarda bemor holatiga baho berib, parvarish qilishni o`rgatish.
2) tarbiyaviy: Talabalarga estetik va tibbiy tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: Talabalarda : Qon ketishida uchraydigan asoratlarda bemor holatiga baho berib, parvarish qilish ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Qon ketishida uchraydigan asoratlarda bemor holatiga baho berib, parvarish qilishni bilish.
Jihoz: Noutbuk, proyektor, plakatlar, slaydlar va tarqatma materiallar
Darsning borishi
I. Tashkiliy davr
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
II. Takrorlash
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Qon ketishida uchraydigan asoratlarda bemor holatiga baho berib, parvarish qilish
Qonab turgan tomirga qisqich qo’yish oyoq-qo’l, chanoq, qorin bo’shlig’ida chuqur joylashgan tomirlardan oqayotgan qonni to’xtatishning imkoni bo’lmaganda qo’llaniladi. Bunda jarohat orqali qisqich yoki kornsang kiritilib, qonayotgan qon tomirini qisib qon to’xtatiladi.
Tomir bo’ylab bosib turish. Bu usulda ayrim yirik arteriyalardan oqayotgan qonni to’xtatish tomirni o’sha tomir yaqinida joylashgan suyakka bosish yo’li bilan amalga oshiriladi: o’mrovosti arteriyasini o’mrov suyagi ostida joylashgan nuqtadagi birinchi qovurg’aga, imo-ishora mushagi to’sh suyagi dastasiga yopishish joyi tashqarisidan bosiladi uyqu arteriyasini barmoq bilan 6-bo’yin umurtqasining ko’ndalang o’simtasiga (bu imo-ishora mushagi ichki tomoni uzunligining o’rtasidagi nuqtasiga mos keladi) bosish mumkin son arteriyasi pupart boyla-midan pastroqda qov suyagining gorizontal tarmog’iga bosiladi; taqim arteriyasi taqim chuqurchasidagi to’qimalar yarimbukilgan tizza bo’g’imida bosiladi Jgut bog’lash. Bu, ayniqsa, arterial qon ketishini to’xtatishda asosiy usul hisoblanadi.
Arteriyaga qo’yilgan jgut to’g’ri solinganda oyoq yoki qo’lning jgutdan chetroqdagi qismi oqaradi, jgutdan pastda puls yo’qoladi, qon oqishi to’xtaydi. Yetarlicha tortilmaganda oyoq yoki qo’l ko’karib ketadi, puls yo’qolmaydi, qon oqishi kuchayadi. Qattiq qisib bog’langanda nerv shikastlanishi sababli oyoq yoki qo’l falajlanib qolishi mumkin. Arteriyaga qo’yilgan jgut oyoq yoki qo’lda ko’pi bilan 1,5’2 soat qoldirilishi mumkin. Shu vaqt ichida operatsiyani amalga oshirib bo’lmasa, jgut yechiladi, arteriya qo’lda bosiladi va jgut biroz yuqoriroqdan yoki pastroqdan yana qayta solinadiMaxsus jgut bo’lmaganda tasma, tizimcha, dastro’mol kabilarni ishlatish mumkin. Yasama jgutning bosish kuchini oshirish uchun unga tayoqcha suqiladi va burash yo’li bilan qon oqishi uzil-kesil to’xtatiladi. Bo’yin tomirlaridan arterial qon oqqanda bo’yinning qon oqayotgan tomoni qarshisiga egilgan Kramer shinasiga bemorning qo’li yoki taxtakach qo’yiladi va undan tirgak sifatida foydalanib, jgut solinadi
Venoz qon oqishida venoz jgut deb ataladigan jgut ishlatiladi.
Uni shikastlangan joydan pastroqqa chamasi 6 soat muddatga solinadi va u qattiq tortilmaydi. Bunda oyoq yoki qo’l ko’karadi, arteriyada puls saqlanib qoladi, qon oqishi to’xtaydi. Qon ketishini uzil-kesil to’xtatish. Xirurgik statsionarda operatsiyaga qo’yiladigan hamma talablarni hisobga olgan holda qon oqishi uzil-kesil to’xtatiladi.
Mexanik usullar.
Jarohatdagi tomirni bog’lash. Qonayotgan tomir istalgan chok materiali (ipak, lavsan, ketgut) bilan bog’lanadi. Bu eng keng tarqalgan usullardan hisoblanadi. Tomir bo’ylab bog’lash. Jarohat qattiq infeksiyada yoki jarohatdagi tomirni topish qiyinligida va texnik noqulayliklar vujudga kelganda qo’llanadi.
Tomirlarga chok solish. U yon tomonlama va aylanma (tomirning gir atrofida) bo’lishi mumkin. Maxsus chok materiali bilan travmatik ignalar yoki tantalli tayyor skobalar joylangan tikish apparatlari yordamida tomirlarga mexanik chok solinadi.
Fizikaviy usullar.
Sovuqni mahalliy qo’llash. Bu maqsad uchun aksariyat muz solingan rezina yoki polietilen xaltachalar ishlatiladi. Bu usuldan, ko’pincha, kichikroq kapillar qon ketish hollarida foydalaniladi.
Elektr koagulatsiya. Maxsus apparat qo’llaniladi. Koagulatsiya operatsiya vaqtida mayda tomirlardan qon ketishida qo’llaniladi.
Issiq fiziologik eritmani qo’llash. Izotonik eritma 60’80°C gacha qizdiriladi. Eritmaga ho’llangan salfetka qonayotgan sohaga bir necha daqiqaga qo’yiladi. Bu usul, asosan, bo’shliqlardagi (ko’krak va qorin bo’shlig’idagi) operatsiyalarda va neyroxirurgiyada qo’llaniladi.
Kimyoviy usullar.
Òomirlarni toraytiradigan preparatlar. Bunday preparatlarga adrenalin, suprarenin preparati kiradi. Preparat turiga kora mahalliy, parenteral yoki enteral holda qo’llaniladi. Qonning ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar. Shu maqsadda vodorod peroksid, kalsiy xlorid, aminokapron kislota, vikasol ishlatiladi. Vodorod peroksid mahalliy qo’llanadi. Boshqa preparatlar qon oqishi hollarida (bachadondan qon ketishida, me’daning qonab turadigan yarasida), asosan, venaga yuboriladi.
Biologik usullar.
Gemostatik vositalarni mahalliy qo’llash. Shu maqsadda o’t zardobi, gemostatik bulut, fibrin pardasi kabilardan foydalaniladi. Gemostatik vositalarni venaga qo’llash. Qon, plazma, gemofobin, antigemofil globulin (AGG) va antigemofil plazma (AGP), fibrinogen va boshqa preparatlarni kichik dozalarda bo’lib-bo’lib quyish yaxshi natija beradi.
QON KETISHIGA SABAB BOLUVCHI KASALLIKLAR
Gemofiliya qon ivish xususiyatining keskin pasayib ketishi sababli qon oqishiga moyillik bilan xarakterlanadigan tug’ma kasallik. Kasallik, deyarli, faqat erkaklarda uchraydi. Qon oqishi salgina shikastlanishlardan so’ng (lat yeyish, pichoq kesishi, tish oldirish va hokazo) paydo bo’ladi. Qon oqishi qiyinlik bilan to’xtatiladi.
Qon ivishining u yoki bu omillari yetishmasligiga ko’ra gemo-filiyaning A,B va C turlari farq qilinadi. A gemofiliyada AGG, AGP, quruq va nativ plazma quyish yaxshi foyda beradi. B va Cgemofiliyada yangi sitrat qon quyish yoki to’g’ridan to’g’ri qon, eritrotsitar massa, fibrinogen quyish, C va B vitaminlari, rutin, kalsiy xlorid yuborish yaxshi natija beradi.
QON KETISHI ASORATLARI
Hushdan ketish. Hushdan ketish deganda, bosh miya tomirlarining qisqa muddatli qisqarishi natijasida yuz beradigan 102
hushning qisqa muddatga yo’qolishi tushuniladi. Ko’p qon yo’-qotish, og’riq, charchash, psixik kechinmalar va shu kabilar hushdan ketishga sabab bo’ladi. Klinikasi. Òo’satdan hushdan ketish, teri va shilliq pardalarning keskin oqarishi, yuza nafas olish, tomir urishining sustlashuvi kuzatiladi.
Davosi. Hushdan ketish sababini bartaraf qilish lozim. Shikastlangan kishining boshini pastga qilib, oyoqlarini esa baland qo’yib yotqiziladi, novshadil spirti hidlatiladi (paxtaga tomizib). Og’ir hollarda sun’iy nafas oldiriladi, 20% li kofein yoki 1,0 ml 1% li lobelin eritmasi inyeksiya qilinadi.
Kollaps. Kollaps deb, arterial va venoz bosimning keskin tushib ketishi va aylanib yuradigan qon massasining kamayishi bilan xarakterlanadigan o’tkir yurak-tomir yetishmovchiligiga aytiladi. Kollapsga to’satdan qon yo’qotish, shikastlanish, gavda va-ziyatini gorizontal holatdan vertikal holatga tez burish (ortostatik kollaps), plevra va qorin bo’shliqlaridan suyuqlikni tez chiqarish, og’ir intoksikatsiya (ovqatdan zaharlanish, o’pka yallig’lanishi, tif va hokazo) sabab bo’lishi mumkin. Klinikasi a’zoyi badanning bo’shashishi, sianoz, sovuq ter bosishi, pulsning ipsimon bo’lishi, arterial bosimning tushib ketishi, tez-tez yuzaki nafas olish bilan ifodalanadi. Hushdan ke-tishdan farqli o’laroq bemor hushini yo’qotmaydi.
Davosi. Kollaps sababini bartaraf qilish, bemorni isitish, 0,5’0,1% li adrenalindan 1 ml, 5% li efedrin, 0,5’1% li lobelin eritmalaridan birini yuborish, kislorod berish zarur. Og’ir hollarda qon quyishga kirishiladi. Venaga 1 ml 1% li mezaton eritmasi, 1’2 ml 0,2% li noradrenalin eritmasi quyish yaxshi natija beradi.
Gemorragik shokning kelib chiqishi o’tkir qon ketishi bilan bog’liq. Ammo qon hajmi yo’qolishi bilan birga uning qancha vaqt davom etishi ham katta ahamiyatga ega. Agar kattalarda 1000’1500 ml qon asta-sekin yo’qotilsa, organizmning himoya kuchlari ta’sirida asorat ro’y bermasligi mumkin. Ammo shu miqdordagi qon qisqa vaqt ichida, ayniqsa, yosh bolalarda yo’-qotilsa bemor organizmi og’ir asoratlanadi va keyinchalik gemorragik shokka olib kelishi mumkin.
O’tkir qon ketishini tashxislash qiyin emas. Bunda bemorning rangi oqarib ketadi, taxikardiya paydo bo’ladi. Yo’qotilgan qon hajmini aniqlash birmuncha qiyin. Buning uchun tanada aylanib yurgan qon hajmini va uning tarkibiy qismlarini aniqlash kerak bo’ladi. Shu maqsadda yuqori kovak venaga polietilen kateter yuboriladi. Normada markaziy vena bosimi 35’100 mm suv ustuni (2’8 mm simob ustuni)ga teng. Uning pasayishi qonning umumiy hajmi kamayishi natijasida yurakka qonning kam oqib kelayot-ganini bildiradi, oshishi esa, avvalo, gipervolemiyadan yoki yurak dekompensatsiyasidan darak beradi.
Emboliya. Qon tomiriga havo kirib qolishi emboliya deyiladi.
Avval bu asorat yirik vena tomirlari shikastlanganda ro’y beradi va bemorni og’ir ahvolga solib qo’yadi. Ko’pincha bo’yinturuq vena, o’mrov va shuningdek, qo’ltiqosti venasi, nomsiz venalarda havo emboliyasi paydo bo’ladi. Bunga aytib o’tilgan vena tomirlarining yurakka yaqinligi sabab b’ladi. Devorlari qo’shni a’zo to’qimalariga birikkanligi tufayli shikastlanganda puchayib qolmaydi va nisbiy bosimning pastligi sabab bo’ladi. Oz miqdordagi havo qon tomirlari orqali o’ng yurak bo’lmachasidan o’pkaga o’tadi va qon tomiriga havo ko’p tushadigan bo’lsa unga zarar yetkazmaydi. Bunda o’ng yurak bo’lmachasi kattalashib, uch tavaqali klapanlar yetishmovchiligi paydo bo’ladi, bu esa yurakning falajlanishiga olib keladi. Bemor rangsizlanib, ko’karib ketadi, qon bosimi pasayadi.
Pulsi sekin urib, nafas olishi to’xtaydi. Ba’zida tirishish belgisi paydo bo’ladi. Agar havo emboliyasi belgilari asta-sekin boshlansa, bemor sovuq terga botadi, tomir urishi sekinlashib, es-hushi yo’qoladi, ko’z qorachiqlari kattalashadi. Yurakka yaqin venalar shikastlanganda tomirga so’rilayotgan havo hushtaksimon tovush chiqaradi. Bunday holda nafas chiqarilayotgan paytda qon havo aralash chiqadi. Havo emboliyasiga davo qilish murakkab bo’lib, bunda tomirga havo kelishini to’xtatish chorasini qilish kerak bo’ladi. Bunda vena tomirining markaziy periferik uchlari bog’lanadi, o’ng yurak bo’lmachasiga nina bilan punksiya qilinadi.
Qon ketishi asoratlaridan yana biri pulsatsiyalovchi gematoma hisoblanadi. Bunday asorat yig’ilib qolgan gematoma bevosita shikastlangan qon tomiri atrofida bo’lganda yuzaga keladi. Vaqt o’tishi bilan gematoma atrofi biriktiruvchi to’qima bilan qoplanadi. Shuningdek, operatsiya paytida qon tomirlari yaxshi bog’lanmasa ham qon to’planib qolib, gematoma hosil qiladi. U yiringlab, keyinchalik og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Qon ketganda tibbiy yordam ko’rsatilmasa, qonning o’z-o’zidan to’xtashi yoki ko’p qon yo’qotish natijasida miya qonsizlanib, yurak-tomirlar ishi buzilishidan bemor o’lib qolishi mumkin.
Qon ketishini to’xtatuvchi dori-darmonlar. Hozirgi kunda qon ivishini kuchaytiradigan moddalardan quyidagilar ishlatiladi: 10% li kalsiy xlorid, 10% li kalsiy glukonat, 1% li gemofobin eritmasi. Kapillarlardan qon ketganda ularning devorini mustah-kamlovchi moddalardan 12,5% li etamzilat (ditsinon), 0,025% li adroksan ishlatiladi. Qonning fibrinolitik faolligi oshishi natijasida qon ketishi ro’y bergan bo’lsa, gipoplastik anemiya, operatsiyalardan oldin, yo’ldosh tushganda, jigar kasalliklarida fibrinolizni kamaytiruvchi E-aminokapron kislota (1’5% li eritmasi) yuboriladi. Giyohlardan tashkil topgan qon ivishini tezlashtiruvchi moddalar ‘ lagoxilus (qichitqio’t) eritmasi va boshqalar tayinlanadi.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
V. Uyga vazifa. Savollarga to’liq javob yozib kelish, mavzuni konspekt qilib, gapirib berishga tayyor holda darsga kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |