Yurak ishemik kasalligini jarrohlik usulida davolash.
Yurak ishemik
kasalligining patogenetik asosi miokardning kislorodga extiyoji bilan uning
arterial qon bilan toj arteriyalar bo’ylab tushishi o’rtasida disbalans ekanligini
hisobga olib, uni jarrohlik usulida davolash, avvalo yurak mushagining qon
bilan ta’minlanishini yaxshilashga qaratilishi lozim. Yurak ishemik kasalligida
jarrohlik usulida ikkita asosiy guruhini tafovut qilish mumkin:
1) miokardning bilvosita vaskulyarizatsiyasini yaxshilash;
2) miokardning bevosita vaskulyarizatsiyasini yaxshilash.
Birinchi guruhga perikard va epikard o’rtasida bitishmalar hosil bo’lishiga
qaratilgan amaliyotlarni kiritish mumkin. Shu maqsadda epikardni skarifikatsiya
qilish yoki kardioperikardiopeksiya (perikard bo’shlig’iga talkni purkash)
o’tkazish taklif kilingan edi. Miokardni revaskulyarizatsiya qilish uchun to’qima
transplantatlaridan foydalanish amaliyotlari: epikardga charvini, o’pka
to’qimasini, ko’krak mushagini, mediastinal yog’ni, teri laxtagini, ingichka
ichak bo’lakchasini tikib qo’yish shunday amaliyotlar guruhiga kiradi. Bundan
tashkari, miokardni bilvosita revaskulyarizatsiya qilish maqsadida ichki ko’krak
arteriyalarini bog’lash, toj sinusini arterializatsiya qilish, ichki ko’krak
arteriyasini miokard bag’riga implantatsiya qilish bajarilgan. Biroq miokardni
bilvosita revaskulyarizatsiya qilishga qaratilgan hamma amaliyotlar o’zini oqlay
105
olmadi, ularning ko’pchiligi kam ta’sirchan yoki umuman foydasiz bo’lib
chiqdi, shu sababli ulardan hamma joyda voz kechildi.
Miokardni
to’g’ridan-to’g’ri
revaskulyarizatsiya
qiladigan
operatsiyalarning ikkinchi guruhi g’oyat ta’sirchanligi bilan ajralib turadi va
butun dunyoda yurakning ishemiyasi bo’lgan bemorlarni davolashda tobora ko’p
qo’llanilib kelinmoqda.
Birinchi marta 1962 yilda D. Sabiston tomonidan bajarilgan aortokoronar
shuntlash amaliyoti keng tarqalgan amaliyot bo’lib, bunda ateroskleroz bilan
zararlangan va toraygan qismni chetlab o’tib, aorta bilan koronar tomir o’rtasida
shunt vujudga keltirishdan iborat. 1964 yilda birinchi marta V.I. Kolesov
bajargan mammarokoronar anastomoz miokardni bevosita revaskulyarizatsiya
qilishning ta’sirchan usuli hisoblanadi. Operatsiyalarning bu guruhiga birinchi
marta 1957 yilda S. Bailey bajargan va keyinchalik autovenoz va autoperikardial
plastika bilan to’ldirilgan koronar arteriyadan endarterektomiyani kiritish
mumkin. Biroq bu operatsiya natijalari qoniqarsiz va o’lim darajasi yuqori
ekanligidan hozirgi vaqtda amalda qo’llanilmaydi. Koronar arteriyadan
endarterektomiya aortokoronar shuntlash bilan birga bajariladi. Koronar
etishmovchilikda miokardning xirurgik revaskulyarizatsiyasining turli usullarini
prof. V.I. Burakovskiy, V.S. Rabotnikov va B.V. Shabalkinlar faol ishlab
chiqqanlar va bu usullar bugungi kunda keng qo’llanilmoqda.
Hozirgi vaqtda ko’pgina mualliflar dori-darmonlar bilan davolashga
rezistent yoki berilmaydigan tinch turgandagi va zo’riqish vaqtidagi
stenokardiyani, aortokoronar shuntlash operatsiyasini o’tkazishga ko’rsatma deb
hisoblamoqdalar. Koronarografiya ma’lumotlari bo’yicha toj arteriyalarining
zararlanishi xirurgik davolashga ko’rsatma hisoblanadi. Miokardning qisqarish
faoliyatini baholashga katta ahamiyat beriladi. Aortokoronar yoki
mammarokoronar shuntlash amaliyotlari harakatsiz yurakda sun’iy qon
aylanishi va bemor tana harorati 28-30°S gacha pasaytirilgan sharoitlarda
bajariladi.
106
Do'stlaringiz bilan baham: |