Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinik manzarasi.
Qizilo’ngachning unchalik katta bo’lmagan o’smalari 
simptomlarsiz o’tadi va me’da-ichak yo’lini rentgenologik tekshirishda, 
operatsiyalar yoki ochish vaqtida tasodifan topiladi. 
Lewis va Maxjiela adabiyotda qizilo’ngach leyomiomasining 155 ta 
hodisasini yig’ib tasvirlaganlar; ulardan 47 tasi operatsiya vaqtida, qolganlari 
autopsiya vaqtida aniqlangan. 96 hodisada o’smalar simptomlarsiz o’tgan, 46 
tasida u yoki bu simptomlar bo’lgan. 
Eng ko’p uchraydigan disfagiya simptomi odatda vaqti-vaqtida yuzaga 
chiqadi va ko’p yillar ichida juda asta-sekin orta boradi (bu hodisa rakda juda 
kam uchraydi). To’sh orqasidagi og’riq, bosilish va to’lib ketish sezgisi, 
dispeptik hodisalar bundan keyingi o’rinda turadi. Poliplar va 
gemangiomalardan ba’zan profuz qon ketishi ehtimoli bor. Qizilo’ngachning 
proksimal bo’limida joylashadigan uzun oyoqchali poliplar qayt qilishda og’iz 
bo’shlig’iga, halqum va hiqildoqqa chiqib qolishi mumkin. Polip halqum yoki 
hiqildoqqa tushganda qattiq yo’tal xuruji, asfiksiya, ba’zida o’lim yuz berishi 
mumkin. 
Qizilo’ngachning katta xavfsiz o’smalari traxeo-bronxial shoxni bosib 
qo’yishi va o’pkaning yallig’lanish kasalliklariga, atelektazlar rivojlanishiga olib 
kelishi mumkin. Traxeya, bronxlar, nervlar, yurak va ko’ks oralig’idagi boshqa 
a’zolarning qizilo’ngach devoridan tashqarida o’sayotgan o’smadan bosilishi 
natijasida nafas qisishi, yo’tal, yurak urishi, yurak sohasida og’riq va boshqa 


276 
buzilishlar paydo bo’lishi mumkin. Qator hollarda o’sma ustidagi shilliq pardada 
nekroz, yallig’lanish va yaralar hosil bo’lishi kuzatiladi.
Qizilo’ngach xavfsiz o’smalarining xavfli o’zgarishga o’tishi imkoniyati 
ham ehtimoldan xoli emas.
Ba’zi bir mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, qizilo’ngachning xavfsiz 
o’smalari ko’pincha uning peristaltikasi buzilishlari bilan o’tib, diafragmaning 
qizilo’ngach teshigi churralari vujudga kelishi uchun shart-sharoitlar hozirlab 
beradi. 
Rentgenologik tekshirish.
 
Qizilo’ngach polipozi qizilo’ngachning varikoz 
kengaygan venalari rentgenologik manzarasini eslatishi mumkin. Polipning 
rentgenologik belgilari quyidagilar: 
1) unchalik katta bo’lmagan yumaloq yoki oval to’lish nuqsoni; 
2) oyoqchasi bo’lganda bu nuqsonning muayyan chegaralarda siljishi; 
3) qizilo’ngach peristaltikasi buzilmagan; 
4) qizilo’ngach devorlarining qayishqoqligi saqlanib qolgan; 
5) qizilo’ngach bo’shlig’ining polip sathida duksimon kengayganligi; 
6) ko’krak oralig’i soyasining kengayganligi.
Qizilo’ngachning shilliq parda ostidagi qavatida joylashgan juda kichkina 
lipomalar (0,2-0,3 sm) rentgenologik jihatdan aniqlanadigan o’zgarishlar hosil 
qilmasligi mumkin. 
Katta o’lchamdagi lipomalar tipik to’lish nuqsoni bilan qizilo’ngach 
bo’shlig’ining bekilib qolishiga sabab bo’ladi. Ezofagoskopiyada o’sma odatda 
osonlikcha aniqlanadi. Shilliq parda o’zgarmagan, biroq uning ovqat bo’lagidan 
shikastlanib turishi sababli yallig’lanish va yara-chaqalardan asarlar qolishi 
mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish